12-Мавзу Mаrkаziy Оsiyodа ilk еr egаligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishi


Mavzuni o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish va uning ahamiyati


Download 147.5 Kb.
bet6/8
Sana02.05.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1422353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ЭФТАЛЛАР

2.3. Mavzuni o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish va uning ahamiyati.

Mustaqil Vatanimizda shakllanayotgan milliy g’oya bosh Qomusimizda e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishining yuqori bosqichlariga ko’tarish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashiga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.


Mazkur maqsadlarning ijobiy natijalarga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamioni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Vatanimizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashimizga bog’liqdir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”15. Bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham belgilab olingan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tatbiq etib kelinayotgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jatumanining mohiyati to’laqonli tarzda ochib berilgan. Malakali kadrlar tayyorlash jatumanining har bir bosqichi o’zida ta’lim jatumanini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim. Xususan, mazkur jatumanning uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi y illar)da “... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o’quv tarbiya jatumanini yangi o’quv uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash”16 kabi dolzarb vazifalar ijobiy xal etilmog’i lozim17.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli xal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog o’qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlari mohiyatidan xabardorliklari hamda ulardan ta’lim jatumanlarida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta’lim jatumanini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda yurtimiz ta’lim muassasalari faoliyati jatumaniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat jahonning bir qator yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan, AXELS, IREX, JICA hamda KOICA kabi tashkilotlar tomonidan olib borilgan faoliyat o’zining samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Keyingi yillarda yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlarning ko’magi va rag’bati asosida Respublikamizning bir qator yetakchi oliy o’quv yurtlari qoshida innovasion (pedagogik texnologiya) markazlar tashkil etildi. Mazkur markazlar tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminar, qisqa va uzoq muddatli kurslarda oliy o’quv yurtlari, akademik loisey va kasb hunar qollejlari hamda ummuiy o’rta ta’lim maktiablarining pedagog xodimlari ishtirok etib, pedagogik texnologiya va undan ta’lim jatumanlarida foydalanish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’ldilar.
Busiz ma’nan yetuk insonni shakllantirib bo’lmaydi. Mana shu olamning yaratilishida ustoz muallimlarning o’rni beqiyosdir. O’qituvchi tarixning asosiy ijodkorini, yaratuvchisini, yaratuvchisi ekanligini anglab etgan va muhimi o’z vatani, uning taraqqiyoti uchun mas’ul insonni tayyorlaydi. Mazkur jatuman maxorat bilan boshqarilsa, insonning o’zligini anglash uchun negiz yaratiladi, beriladigan bilimlar esa asosiy vosita hisoblanadi. Agar shunday bo’lmasa ta’lim o’zining asl qimmatini yo’qotadi. Shuning uchun ham o’qituvchi darsning ijodkori, u tayyor texnologiyalarning oddiy ijrochisiga aylanmasligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’z yo’lini, izlanishi va zakovatini namoyon etib, faoliyatga kirishishi lozim. Zero, “Zargarning o’z hunariga ishqi, - deb yozgan edi Jaloliddin Rumiy, - moddaning haqiqiy sifatlarini anglashga, binobarin unga ishlov berishning usul va vositalarini egallab olishga yetaklaydi. Bu jatuman zargar uchun o’z o’zini anglash jatumani hamdir”18. Darhaqiqat, inson qaysiki kasb sohibi bo’lishidan qat’iy nazar o’z ishiga, mashg’ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning butun sir asrorini, usul va vositalarini mukammal egallaydi, shu bilan birga o’z-o’zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. O’qituvchi kimni o’stirsa, tarbiyalasa o’zi ham o’sadi, ulg’ayadi, donishmandlik kasb eta boradi.
Ta’lim texnologiyasi bu – ta’lim maqsadiga erishish jatumanining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jatumanini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishi yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jatumanini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishini ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jatumanining mazmunidir19.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni mujassam etadi:
1.Pedagogik texnologiya pedagogik jatumanni takomillashtirish, optimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim – tarbiya jatumanini samarali, maxoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi.
3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jatumanining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jatumandir.
4. Pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5. Pedagogik texnologiya – shaxsiylik xususiyatiga ega bo’lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jatumanida qo’llashga nrisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qo’yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarni inobatga olgan xolda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkuoniyatiga ega.
6. Pedagogik texnologya o’zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi20.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo’lgan pedagogik jatumanni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jatumanida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.

Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling