12-Мавзу Mаrkаziy Оsiyodа ilk еr egаligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishi


Eftaliylar davlatining inqirozga uchrashi va barham topishi


Download 147.5 Kb.
bet5/8
Sana02.05.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1422353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ЭФТАЛЛАР

2.2. Eftaliylar davlatining inqirozga uchrashi va barham topishi.

Jamiyatda feodal munosabatlar paydo bo’la borishiga qaramasdan, quidorlik tuzumi va hatto ibtidoiy jamiyatning qoldiq sarqitlari ham saqlanib qolgan. Quilar mehnatidan foydalanish davom etgan. Xalqning urf-o’tdi va turmush tarzida, eski tuzum, davrining sarqitlari keng qo'llanilgan. Oily tabaqa vakillarida, patriarxal tuzum urf-odatign ko’ra ko’p xotinlilik hukm surgan.


Oddiy efhiliy vafot etganda tuproqqa qo'yilgan, boylarning murdasini esa maxsus tayyorlangan tosh dahma (yodgorlik toshi, maqbara) ga ko'mishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagi o'zgarishlar munosabati bilan eski tartibdagi shaharlar inqirozga uchrab yangi qo'rg'on, qal'alammg mustahkamlanishi ko'zga yaqqol tashlanadi. Bundan tashqiri yangicha tipdagi shaharlar, shahar-qaPalar yuzaga keladi. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar bilan keng ko'lamda savdo aloqalari olib borganlar, eichilik munosabatlari o'rnatganlar. Savdoda Xitoy va Vizantiya asosan ipak, oyna, turii meva-chevalar, qimmatbaqo toshlar, bo’yoqlar va boshqalar bilan muomala qilar edi. Bu savdo jarayoni da sosoniy tangalar bilan bir qatorda mahalliy tangalar ham qo'llanilgan buxorxudotlar tangasi, so'g'diy tangalar- Xorazm tangalari va hokazo.
Tarixiy yozma manbalarda eftaliylarning kundalik turmush va madaniyati haqida deyarii hech qanday ma'lumotlar saqlanmagan. Xitoy manbalarida ko'rsatilishicha, eftaliylar cho'qmorlar bilan jang qilganlar (forslar — kamonlar, arablar — nayzalar bilan), ular nihoyatda bahodir, jangovar va mard xalq bo’lishgan. Eftaliylarning liii haqida yuqorida eslatganimiz singari, aniq bir xulosaga ega emasmiz. Eftaliy podsholigida so'g'd tilining keng qo'llanilganligi to'g'risida manbalar yetarii darajada ma'lumot beradi. So'g'd yozuvidan tashqari, undan bir oz farq qiluvchi bug’or yozuvi, xorazmiy va eftaliy yozuvi keng tarqalgan. Eftaliylar davri xalq qo'shiqlari va eposlari Firdavsiy «Shohnoma»sida tasvirlangan. Eftaliylar podsholigida har g’il diniy g'oyalarga e'tiqod qilish davom etgan. Bunga asosiy sabab eftaliylamingjuda Ko’p xalqlami siyosiy birlashtirganligidir. Bu yyerda Zardushtiylik Erondagiga nisbatan boshqacharoq shaklga ega bo’lgan. U Anaxit va Siyovushga ehtirom ko'rsatish bilan qo'shilib ketgan. IV asrda Navro'z (Yangi yil) kuni Zardushtiylar erta tongda Siyovushning Buxorodagi qabriga kelib xo'roz so'yib qurbonlik qilganiar. Bundan tashqari Vaxsh, Mitra, Anaxit (quyosh)ga sirinish ham mavjud bo’lgan. Manixeizm, Mazdak ta'limoti (Eronda), buddizmning yoyilishi o'z yo’lida davom eta berdi.
Eftaliylar davri tarixiga oid ba'zi bir moddiy madaniyat yodgorliklari mamlakatimiz hududida saqlanib qolgan. Bular Xorazm viloyati hududidagi Firqal'a (Qiyot - Beruniy yaqinida), Buxoro viloyatida Poykand va boshqalardir. Bu tarixiy obidalar xalqimizning eftaliylar davri madaniy va turmush hayoti to'g'risida qimmatii xulosalnr chiqarish imkoniyatini beradi.
Eftaliylar clavrida shuhrat topgan yirik shaharlardan biri Paykent (Baykend) dir. Tarixchi Narshahiy Baykendni «Buxoro shahridan qadimiyroq» deb hisoblaydi. Bu shahar xarobalari va uning o'tmish tarixi ham yetarii darajada o’rganilgan emas. Yoki Bolaliktepa ibodatxonasidagi binoning devorlariga ishlangan suratlar rang-barangligini aytmaysizmi, Qo'llarida qadahlar ushlab o'tirgan erkak va xotinlaming qiyofalari rangli bo’yoqlarda jonii bir suratda hayratomuz o'z ifodasini topgan. Bu daliliy ashyolar qadimgi ajdodlarimizning buyuk aql, tafakkur va ijod egalari bo’lganligini ko'rsatadi. Ammo markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda hukmdorlarning raqobatlari natijasida VI asming o'rtalariga kelib Eftaliylar davlati asta-sekin yemirila boshladi.



Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling