Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Iqtisodiy madaniy ahvol, madaniy hayot tarzining “sovetlashtirilishi”. J Afg‘onistonda maorif va madaniyat


Download 0.9 Mb.
bet41/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Iqtisodiy madaniy ahvol, madaniy hayot tarzining “sovetlashtirilishi”.
J Afg‘onistonda maorif va madaniyat. Angliya imperialistlarining Afg‘onistonda ko‘p yillar davom etgan hukmronligi bu mamlakat xalqlarining madaniy jihatdan taraqqiy topishiga xalaqit berib kelgan. 1925-1929 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra Afg‘oniston xalqining 95% savodsiz deb ko‘rsatiladi. 1934yilda Afg‘onistonda “Umumiy boshlang‘ich ta’lim” to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lsa ham, mamlakatda ishlayotgan maktablarning miqdori shu qadar kam bo‘lganki, bu maktablar o‘quv yoshida bo‘lgan bolalarning hammasini o‘qishga jalb qilishiga imkon bermagan.
Sovet davlati bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqalar qayta tiklanishi bilan, ushbu hududda ham iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada o‘zgarishlar qilishga harakat boshlandi. Avvalo, sotsialistik mafkurani asos qilib olgan SSSR Afg‘oniston o‘lkasiga ham bu g‘oyani kiritish, o‘lkani sovetlashtirish uchun harakatlar boshladi. Butunittifoqda uchinchi bosqich madaniy inqilob amalga oshirilgandan so‘ng, uning ta’siri qo‘shni hududlarga ham ko‘zga tashlanadi. Shu bois, XX asr birinchi yarmi o‘rtalarida Afg‘oniston hukumati aholining madaniy qoloqligini tugatishga katta e’tibor bera boshlaydi va shu maqsadda ko‘plab, maktablar, ayniqsa ko‘plab boshlang‘ich maktablar quriladi. Shuni aytib o‘tish lozimki, agar Afg‘onistonda 1949-yilda 279 ta boshlang‘ich maktab qurilgan bo‘lsa, ularda 75 mingga yaqin bola o‘qigan (shundan 3 minggi qiz bolalar). 1958-yilga kelganda Afg‘onistondagi maktablar 850 taga, ularda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar soni 123,1 mingga, qiz bolalar soni 12,5 mingga yetadi. Boshlang‘ich maktablarda olti yillik ta’lim joriy etilgan. Biroq, o‘qituvchilar yetishmasligidan faqat shaharlardagina olti yil o‘qitilgan. Ko‘p qishloq maktablarida o‘qish muddati ko‘pincha uch yoki to‘rt yil bo‘lgan. Eng muhimi, davlat tashkil ushbu ta’lim markazlarida o‘qish bepul qilib qo‘yilgan.
Shunga qaramay, 1952-yilda 12 miln aholi uchun mamlakatda hammasi bo‘lib 285 tagina maktab bo‘lgan. Bu maktablarda esa atigi 85 mingta o‘g‘il bola, shu jumladan 4,5 ming qiz bola o‘qir edi. Buni O‘zbekiston SSRdagi maktablarning soni bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, o‘sha vaqtlarda Afg‘onistonda xalq maorifi ishining naqadar past ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan 6 miln aholiga ega bo‘lgan Sovet O‘zbekistonida 1951-1952 yillarda 5,5 mingta maktab bo‘lib, bularda 1 miln 240 ming bola o‘qigan.
Kattalar orasida savodsizlikni tugatish uchun shahar va qishloqlarda kurslar tashkil qilinadi. 1958-yilda bunday kurslar 500 dan ortiq edi. Boshlang‘ich ta’lim bilan bir qatorda, O‘rta va professional tehnik ta’lim ham rivojlanadi. Afg‘onistondagi o‘quv yurtlari ikki turdagi maktabdan, to‘liqsiz va to‘liq (litseylar deb ataladigan) maktablardan iborat bo‘lgan. 1950-1951-yil o‘quv yilida Afg‘onistonda 285ta boshlang‘ich ta’lim maktablari bo‘lgan. “Habibiya”, “Najot”, “G‘ozi” kabi litseylari ham mavjud bo‘lgan. Kobuldagi Maktabi Nesvon” nomli xotin qizlar maktabida o‘qish o‘n bir yil bo‘lgan.
Afg‘onistonda 30 ta o‘rta va ixtisoslashtirilgan maktab, 3 ta oliy o‘quv yurti – Kobul universiteti, pedagogika instituti va oliy xotin qizlar pedagogika maktabi faoliyat ko‘rsatgan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling