Markaziy osiyo xalqlari tarixi
-mavzu. URUSHDАN KЕYINGI (1945-1985) YILLАRDА MАRKАZIY ОSIYO ХАLQLАRINING ХO‘JАLIKNI QАYTА TIKLАSHI, IJTIMОIY-SIYOSIY, IQTISОDIY VА MАDАNIY HАYOTI
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
14-mavzu. URUSHDАN KЕYINGI (1945-1985) YILLАRDА MАRKАZIY ОSIYO ХАLQLАRINING ХO‘JАLIKNI QАYTА TIKLАSHI, IJTIMОIY-SIYOSIY, IQTISОDIY VА MАDАNIY HАYOTI.
Reja: 1. Mintaqada urushdan keyingi qurilish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va rivojlanish muammolari. 2. Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi va iqtisodiy turg‘unlik. Tayanch so‘z va iboralar: Markaziy Osiyo, qatag‘onlar, ijtimoiy-siyosiy hayot, ma'naviy hayot, Sanoat, qishloq xo‘jaligi, tanazzul, turg‘unlik, Kompartiya MQ si, qayta qurish, Aprel plenumi, tashqi siyosat, ichki siyosat, yadro poligoni, Orol muammosi, neft sanoati, islohotlar, iqtisodiyot, ma'muriy-buyruqbozlik sistemasi. S Mintaqada urushdan keyingi qurilish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va rivojlanish muammolari. J To‘rt yil davom etgan mashaqqatli urushning g‘alaba bilan tugallanishi kelajakka katta umid uyg‘otdi, butun kuch-g‘ayratni faqat tinch hayot maromini tiklashga, iqtisodiyotni tinch hayotga moslashtirishga, urush oqibatlarini barham toptirishga yo‘naltirish imkonini berdi. Vazifa nihoyatda murakkab bo‘lib, uni urushdan keyingi g‘oyatda og‘ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sharoitda xal etish lozim bo‘lgan. Urushdan keyingi yillarda hukmron kommunistik partiyaning siyosiy mavqyei yanada oshdi. U davlat ustidan mutlaq xukmron bo‘lgan organga aylanib, diktatorlik bilan mamlakat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, iqtisodiy sohada ham o‘zining ma'muriy-buyruqbozlik va totalitar zug‘umini o‘tkaza boshladi. Markaziy Osiyo respublikalari o‘z hududidan ancha olisda - Markazda ishlab chiqilgan ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar va rejalar iskanjasiga olindi. Bu rejalarni ishlab chiqarishda respublikalarning imkoniyatlari va milliy manfaatlari mutlaqo hisobga olinmas edi. Urush tugagach, oradan ko‘p o‘tmay mintaqa bo‘ylab yana bir yalpi qirg‘in to‘lqini yelib o‘tdi. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillar boshidagi qatag‘onlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. Markaziy Osiyo respublikalari Kompartiyasi MQsi Markazning yo‘l-yo‘riqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Respublikalarda, jumladan o‘zbek ijodkor ziyolilardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Hamid Sulaymonov, Muhiddin Qori Yokubov va b. 1951 yilda «sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati» olib borganlikda ayblanib, qamoqqa olindi va 25 yilga ozodlikdan maxrum etildi. Qozoq xalqining farzandlari, respublika ma'naviy hayotida o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan olimlar, ziyoli va shoirlar, yozuvchilari qatag‘onlarga uchradi. 50-yillar boshlarida tarixchilar ye.Bekmaxanov, M.Auezov, K.Satpaev, ye.Ismailov, X.Jumaliev, A.Jubanov va boshqa ko‘plab qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman farzandlari qatag‘on qurbonlari bo‘lishdi. Ular «xalqlar otasi» I.V.Stalin vafot etgach, 1955 yildan oqlanib qamoqdan qaytishdi. XX asrning 30-50 yillarida qatag‘on qilingan ayrim davlat va siyosat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, olimlar va san'atkorlar oqlandi. Lekin bu jarayon sovet davrida ziddiyatli tarzda kechib, mantiqan oxiriga yetkazilmadi. Buning ustiga qatag‘onlarning yangi to‘lqini doimiy ravishda insonlar yuragiga g‘ulg‘ula va qo‘rquv solib turdi. Urushdan keyingi yillarda boshqa respublikalarda bo‘lganidek Qozog‘istonda ham xo‘jalikni tinch yo‘lda rivojlantirishga o‘tildi. Shunday bo‘lsada, respublika sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash borasidagi ishlar orqada qolaverdi. Aholining keng tabaqasini xanuzgacha qashshoq va och yupun hayot kechirishi davom etdi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarida hukmron partiyaning ma'muriy-buyruqbozlik sistemasi, zo‘ravonlik tizimi saqlanib qoldi. Qozog‘istonga ko‘proq xom ashyo yetkazib beruvchi o‘lka sifatida qarash davom ettirildi. Qozog‘istonning ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga doir har qanday dastur mahalliy sharoitni e'tiborga olmay markazning inon ihtiyoriga topshirib qo‘yildi. Urushdan keyingi yillarda Qozog‘istonda Semipalatinsk yadro poligoni qurib ishga tushirildi. Bu yerda 1949 yilda birinchi sovet atom bombasi, 1953 yilda bo‘lsa birinchi termoyadro bombasi sinovdan o‘tkazilib, portlatildi. Semipalatinsk poligonida birgina 1949-1963 yillarda amalga oshirilgan yadro quroli sinovlarining umumiy quvvati Xirosimaga tashlangan atom bombasi quvvatidan 2500 marta oshib ketdi. Mintaqaga sezilarli ravishda ekologik zarar yetkazildi. Poligonga tutash va yaqin bo‘lgan hudud aholisi turli xil kasalliklar va radiatsiya nurlanishiga duchor bo‘lishdi. 1955 yilda Qozog‘istonda Boyqo‘nur harbiy poligoni qurilishi boshlanib ketdi. Bu yer 1957 yilga kelib sayyoraning birinchi kosmodromi bo‘lib qoldi. Shu yerdan birinchi bo‘lib yerning suniy yo‘ldoshi parvozi amalga oshirildi, 1961 yilda bo‘lsa birinchi kosmonavt koinotga parvoz qildi. Keyingi yillarda bu yerdan minglab sun'iy yo‘ldoshlar va raketalar parvozi amalga oshirildi va mintaqa ekologiyasiga jiddiy zarar yetkazaverdi. SSSR mudofaa vazirligi tomonidan Qozog‘iston hududida ko‘plab harbiy bazalar va tajriba maydonlari bunyod etildi. Bular jumlasiga Sari-Shagan, Omega-2, Terra-3, Emba-5 va Kambala, Karas, Lugovaya, Uchorol, Chagan, Derjavinsk, Tyura-tam, Jangiz Tobe kabi strategik aerodromlar, tajriba maydonlari va Balxashda Daryal-U nomli maxfiy strategik ob'ekti ishlab turdi. Akmolinsk shahridan 200 km shimoliy-sharqda Stepnogorsk yopiq shahar bunyod etildi va bu yerda ikki kombinatda maxfiy ravishda ko‘plab yadro va bakteriologik qurollar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek bakteriologik qurollarni maxfiy sinovlari Orol dengizidagi orollarda ham davom ettirildi. Harbiy ishlab chiqarishga zo‘r berish, turli rusumdagi raketalarni ko‘paytirish, qurolli kuchlarga jalb etish natijasida paxtaga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. Natijada Janubiy Qozog‘iston va O‘zbekistonda paxta monokulturasining kuchayishi, Orolga oquvchi Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan haddan tashqari, vahshiylarcha foydalanish oqibatida dengiz qisqa vaqt ichida qurib qoldi va nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi uchun, balki bugungi kunda dunyo uchun xavf solayotgan Orol muammosini keltirib chiqardi. Qariyib to‘rt yil davom etgan urush tugashi bilan Turkmaniston xalq xo‘jaligini tinch qurilish yo‘liga o‘tkazish va uni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishga o‘tildi. Respublika sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat mag‘sulotlari va keng iste'mol sanoat mollari bilan ta'minlash uchun yoqilg‘i, elektr energiyasi, xom ashyo, shuningdek malakali ishchi va injener texnik xodimlarga tanqislik sezildi. Bu muammolarni hal etishda Turkmanistonning milliy an'analari, qadriyatlarini hisobga olish zarur edi, biroq urushdan keyingi yillarda ham ijtimoiy, iqtisodiy hayotning barcha sohalarida saqlanib qolgan partiyaning totalitar hukmronligi, yo‘l-yo‘riq va farmoyish beradigan zo‘ravonlik siyosati bunga yo‘l bermadi. Turkmanistonning ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga doir har qanday dastur mahalliy sharoitni e'tiborga olinmay Ittifoq markazida ishlab chiqilaverdi. Turkmanistonga faqat xom ashyo yetkazib beruvchi o‘lka sifatida qaralishi, uning iqtisodiyotini bir tomonlama rivojlanishiga olib keldi. Shunday bo‘lsa-da, turkman xalqining urushdan keyingi yillarda fidokorona mehnati sababli bu sohalarda sezilarli ishlar amalga oshirildi. Masalan, Qoraqum kanalining dastlabki 3 navbati qurilgach, 1960-1973 yillarda ekin maydoni 62 % ga ortdi. Paxta yetishtirish 1961-1975 yillarda deyarli 3 hissa ko‘paydi. Sanoat mahsulotining hajmi 1975 yilda 1913 yilga nisbatan 70 marta, 1940 yilga nisbatan 10,4 marta ko‘paydi va 1974 yilda yalpi iqtisodiy-ijtimoiy mahsulotning 50 % i sanoat hissasiga to‘g‘ri keldi. Ittifoq xalq xo‘jaligida Turkmaniston neft, gaz, kimyo, mashinasozlik, oyna-shisha ishlab chiqarish hamda gilam to‘qish sanoatining rivojlanganligi bilan ajralib turdi. Qishloq xo‘jaligida paxta, ayniqsa ingichka tolali paxta, qorako‘l, pilla yetishtirishda ixtisoslashdi. Turkmaniston neft qazib olish bo‘yicha ittifoqda 4-o‘ringa chiqib, Vishka-Krasnovodsk, Cheleken-Krasnovodsk neft quvurlari qurildi. Gaz qazib olish bo‘yicha 3-o‘ringa chiqib, elektroenergetika tez sur'atlar bilan rivojlandi. Kuch va mablag‘larni Turkmaniston uchun an'anaviy bo‘lmagan sohalarga, eng avvalo og‘ir sanoatga jam qilish, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlari bilan resurslarining nomutanosibligi salbiy oqibatlarga olib keldi. Lekin urushdan keyingi dastlabki yillarda respublika oldiga qo‘yilgan iqtisodiy vazifalar har qalay bajarildi. Korxonalarning ko‘pchiligi hayot uchun kerakli mahsulotlarni ishlab chiqishga kirishdi. Partiya qarorini so‘zsiz bajarish uchun qo‘shimcha paxta ekish uchun sug‘oriladigan yerlar ajratildi. Paxta yakkahokimligi respublikada go‘sht chorvachiligi, bog‘dorchilik, polizchilikni cheklab qo‘ydi. Ayni vaqtda xom ashyosi arzon narxda chet elga olib ketiladigan pillachilik va qorako‘lchilikka e'tibor berildi. Katta Turkman kanalini qurishda mahbuslar mehnatidan foydalanilganligidan guvoh beruvchi matbuot materiallari. Katta Turkman kanali O‘zbekiston va Turkmanistonni sug‘orish va melioratsiyalashning keng ko‘lamli yakunlanmagan loyihasi bo‘lib, uning qurilishi 1950 - 1955 yillarda olib borilgan va 1955 yilda to‘xtatilgan. Uning uzunligi 1200 kilometr bo‘lishi va u Nukusdan 10 km beriroqda bo‘lgan Taxiatosh qirrasidan boshlanib Krasnovodskgacha borishi, biroq Kaspiy dengiziga suvning quyilishi rejalashtirilmagan edi. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra kanalga 17-35 kub. km. suv uzatilishi va bu O‘zbekiston iqtisodiga, Orol dengizi ekologiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi kerak edi. Kanal trassasi bo‘ylab suv to‘g‘onlari, shlyuzlar, suv omborlari, gidroelektrostansiyalar va bir ming kilometrdan ko‘proq temir quvurlar tizimini yaratish mo‘ljallanib kanal boshida Taxiatoshda gidroelektrostansiya bilan moslashadigan katta to‘g‘on qurilishi lozim edi. Amudaryo suvining 25 % yangi kanalga quyilishi belgilanib, Orolning sathi pasayishi, dengiz chekinishi natijasida paydo bo‘lgan yerlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish ko‘zda tutilgan va hisob kitoblarga ko‘ra Amudaryo quyi oqimining sho‘rlanishi kamayish kerak edi. Kanalni qurishdan maqsad paxtachilikni rivojlantirish, Qoraqalpog‘istonda va Qoraqumda yangi yerlarni o‘zlashtirish, shuningdek Volga daryosidan Amudaryogacha kema qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘lgan. Kanal qurilishida o‘n minglab samosvallardan, buldozerlardan, ekskavatorlardan foydalanish rejalashtirilgan. Kanalning eni – 100 metrdan ko‘proq, chuqurligi esa 6-7 metr bo‘lib uning atrofida 10 ming kilometrlik magistral va taratish (uzatish) kanallarini, 2 ming suv havzasi, har qaysisi 100 ming kilovatt kuchga ega bo‘lgan 3ta GES qurilishi loyihalashtirildi. Qurilishni 1957 yilda tugatish ko‘zda tutildi. Kanal qurilishi 1950 yildagi sentyabridan keyin boshlandi, yangi tuzilgan va Urganchda joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining (MVD) “Sredazgidrostroy” boshqarmasi olib bordi va u yergacha temir yo‘l qurildi.Bu qurilish asosan mahbuslar kuchi bilan bajariladi. 1950 yil noyabr oyidan boshlab 2000 mahbusga mo‘ljallangan lagerlarni qurishga kirishildi. 1950 yil dekabrida Taxiatosh qirrasida Taxiatosh shahriga asos solindi. Shaharda 1500 mahbusga mo‘ljallangan ikki lagerning qurilishi boshlandi. Shu yilning kuzida Taxiatosh shahrining qurilishi boshlandi ammo quruvchilarnig yashash sharoitlari juda yomon bo‘lib ular brezent palatkalarda joylashgan edilar. Siyosiy mahbuslarning Taxiatosh lageri – TaxiatoshLAG QoraqumLAGning tarkibiga kirgan. 1953 yilning 1 yanvariga kelib 7ta lager bo‘limlarida 9823 siyosiy mahbus tutqinda ushlab turilgan. Nukus qurilish uchastkasining mahbuslari gidrotexnikum, avtoyo‘l texnikumi binolarini va O‘zSSR FA bo‘limini qurish jarayonida QoraqumLAG bo‘yicha ikki marta ko‘chma bayrog‘ini qo‘lga kiritishgan. Ular 1952 yil uchun bo‘lgan 7230 ming so‘mlik yillik rejani 8111 ming so‘mga bajarishgan. TaxiatoshLAG mahbuslari va Katta Turkman kanali ishchilari energetiklar shahrida yozgi kinoteatr, hammom, oshxona, sartaroshxona, do‘kon, o‘rta maktab, bolalar bog‘chasi va sport stadionlarini bunyod etishgan. Mahbuslar aylanma kanal va issiqlik energostansiyasini qurishda qatnashganlar. 1953 yil 7 iyunda mahbuslarni ozod qilish boshlandi. Birinchi bo‘lib Afg‘oniston, Eron, Iroq, Suriya fuqarolari bo‘lgan 612 – chet ellik mahbuslar repatriatsiya qilindi. Ushbu mahbuslar “aksilinqilobiy faoliyati” va “shpionaj” uchun 10 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgandi va ular sobiq SSSRning Oliy Soveti Prezidiumining 1953 yil 27 martdagi qaroriga ko‘ra amnistiyaga tushdilar. Mustabid tuzum tomonidan asossiz qatag‘on qilinganlarni oqlash 1956 yilda boshlandi, lekin bu jarayon tugallanmay qoldi. Sanoatning rivojlanishida qing‘irliklar ro‘y berdi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullari va iqtisodiyotni qattiq rejalashtirish prinsipi urushdan keyingi yillarda Ittifoqda, jumladan, Turkmanistonda vaziyatni mushkullashtirib yubordi. Bu xalq xo‘jaligini rivojlantirishning urushdan keyingi rejalariga ham taalluqli edi. Bu rejaga ko‘ra, iqtisodiyotga davlat tomonidan ko‘plab kapital mablag‘ ajratilib, uning kattagina qismi og‘ir industriya sohasiga berilsa ham yangi texnologiya, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish ko‘zda tutilmadi. Rejalarga muvofiq yengil sanoatga ajratilgan kapital mablag‘lar samara bermadi. Xo‘jalikning bu sohasida turg‘unlik holati yuzaga keldi. Asbob-uskunalar o‘n yillar davomida yangilanmas, yangi texnologiyalar to‘g‘risida esa so‘z ham bo‘lishi mumkin emasdi. Qirg‘iziston xalqi oldida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayotini tinch qurilish yo‘liga o‘tkazishdek katta vazifa ko‘ndalang bo‘lib turdi. Endilikda mamlakatda xalqni oziq ovqatlar, kiyim kechaklar bilan ta'minlash, sanoatni rivojlantirish va uni aholi xizmatiga jalb qilishdek vazifalar turar edi. Ammo ushbu vaziyatda ham ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan, markazdan turib boshqariladigan va taqsimlanadigan siyosat yurituvchi sovet hukumati qator masalalarda o‘z bilganidan qolmadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda agrar sohaga alohida ahamiyat berilib, mamlakat oldingi davrlardagidek qoloq agrar respublika maqomida qolaverdi. Qirg‘iziston respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti boshqa Markaziy Osiyo respublikalaridan farq qilmadi. Respublikaga faqat xom ashyo yetkazib beruvchi o‘lka sifatida qaraldi. Qirg‘iziston tabiiy qazilma boyliklariga boy bo‘lishiga qaramasdan, markaz bundan xalqning unumli foydalanishiga yo‘l bermadi. Mustamlaka maqomiga ega bo‘lgan Qirg‘iziston o‘zining yer osti boyliklarini mustaqil tasarruf qilishdan mahrum etildi. Rangli metallurgiyaning yirik korxonalari Ittifoq vazirliklariga bo‘ysunar edi. Ko‘plab turdagi foydali qazilmalar markazga tashib ketilar edi. Konchilik va kimyo sanoatining ko‘pchiligi aholi zich joylashgan hududlarda qurilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida atrof muhitga, ekologiyaga va inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirir edi. Qirg‘izistonda sanoatni rivojlantirish harakatlari bilan bir paytda transport-kommunikatsiya tarmoqlariga ham e'tibor berishga harakat qilindi. Biroq barcha transport turlari tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirish negizida umumittifoq ahamiyatiga ega deb atalmish Markaz manfaatlari yotardi. Bundan maqsad respublikalarning iqtisodiy jihatdan bir biriga va ayniqsa Markazga qaramligini kuchaytirishdan iborat edi. Buyruq bilan zo‘ravonlik o‘tkazish, irodani bo‘g‘ish, to‘rachilikning avj olishi sharoitlarida industriyadagi jamoat mulki amalda egasiz mulkka aylandi. Ishchilarning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashtirilishi misli ko‘rilmagan xo‘jasizlikka, mehnat va ijtimoiy hayotda faollikning pasayib ketishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ham qator kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Agrar respublika bo‘lib qolayotgan Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi texnikalariga bo‘lgan talab yuqori, ta'minot bo‘lsa o‘ta past darajada bo‘lib qolaverdi. Texnika xo‘jaliklarga yuqoridan belgilangan baland narxlarda sotildi. Dehqonlarning moddiy ahvoli yaxshilanmadi. Ularning shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari, chorva mollari soni cheklab qo‘yildi. Qirg‘izistonda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi belgilangan fiziologik normadan kam bo‘lishiga qaramay respublika shu mahsulotlarni umumittifoq fondiga yetkazib berishi majbur edi. Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligida 1980 yillarda tanglik xolati vujudga keldi. Hosildorlik va yalpi hosil, chorvachilikdagi imkoniyatlar pasayib ketdi. Shahar bilan qishloq o‘rtasidagi iqtisodiy almashinuv tengsizlik asosida amalga oshirilib kelindi. Mablag‘lar agrar sektordan buyruqbozlik asosida tortib olina boshlandi. Xo‘jaliklarda mablag‘larni tortib olish, ularga sifatsiz texnika, o‘g‘it, omuxta yem, binokorlik materiallarini keskin qimmat narxlarda sotish, xom ashyoni esa past narxlarda olish yo‘li bilan amalga oshirildi. Urushdan keyingi yillarda Tojikiston iqtisodiyotini ko‘tarishda qator to‘siqlar mavjud ekanligi ko‘rinib qoldi. Jumladan Tojikiston Ittifoqning paxta yetkazuvchi asosiy bazasi bo‘lib qoldi. Kuch va mablag‘larni Tojikiston uchun an'anaviy bo‘lmagan sohalarga, og‘ir sanoatga jam qilish, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlari bilan resurslarning nomutanosibligi salbiy oqibatlarga olib keldi. 1950 yillarga kelib respublikada paxta ekiladigan maydon urushdan oldingi darajaga yetdi. Respublikada paxta yakkaxokimligi avj oldi. Paxta xom ashyosini yetishtirish ko‘payib ketdi. Paxta ekiladigan maydonlar ortdi. Tojikiston markazga ko‘plab miqdorda paxta, ipak, qorko‘lteri yetkazib beruvchi o‘lkaga aylandi. Sanoatning rivojlanishida ham qing‘irliklar ro‘y berdi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullari va iqtisodiyotni haddan tashqari rejalashtirish urushdan keyingi yillarda Tojikistonda vaziyatni mushkullashtirib yubordi. Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham uning ixtiyoridan tashqari xal qilish uchun Tojikiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotni o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga markazdan har xil yugurdaklar yuborildi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy oqibatlari ayniqsa ijtimoiy sohada ko‘proq namoyon bo‘ldi. Asosiy e'tibor ishlab chiqarish vazifalariga qaratilib, ijtimoiy muammolar orqa o‘ringa surilib qo‘yildi. Bu sohaga qoldiq mablag‘lar sarflanib, aholi qashshoqlanishiga olib keldi. Go‘sht, sut, tuxum kabi mahsulotlarni iste'mol qilish qishloq joylarda boshqa respublikalarga qaraganda 3-6 baravar kam bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida Markazning ma'muriy-buyruqbozlik sistemasi asosidagi boshqaruv shakllari saqlanib qolaverdi. Bu esa respublikalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatib qolaverdi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling