Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi va iqtisodiy turg‘unlik. J


Download 0.9 Mb.
bet50/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi va iqtisodiy turg‘unlik.
J XX asrning 70-yillariga kelganda Markaziy Osiyo respublikalarida ijtimoiy rivojlanish muammolari ularning hal qilinishidan ko‘ra tezroq ko‘payib, keskinlashib bordi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullari va iqtisodiyotni qattiq rejalashtirish prinsipi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu hol sanoatni rivojlantirishni ham qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Mustabid tizim va uning zo‘ravonlik usullari, iqtisodiyotning qattiq markazlashgan holda rejalashtirilishi Markaziy Osiyo respublikalari rivojlanishida jiddiy ziddiyatlar kelib chiqishiga olib keldi. Sovet imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan, ham siyosiy, ham iqtisodiy huquqga ega bo‘lmagan respublikalar Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va besh yillik rejalarda aks ettirilgan yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishga majbur edilar. Urushdan keyingi besh yilliklar ana shunday tarzda rejalashtirilgan bo‘lib, ularga mahalliy sharoitda respublikalar rahbariyati tomonidan ba'zi aniqliklar kiritish ham Markazning ruhsati bilan qilinar edi. Sanoatni rivojlantirishda Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston respublikalari metropoliyaning sanoat jihatidan rivojlangan mintaqalarining paxtaga bo‘lgan ortib boruvchi ehtiyojini ta'minlashidek yaramas konsepsiyaga qat'iy amal qilinardi. Shuningdek bu respublikalar boshqa qishloq xo‘jalik xom ashyosi bilan bir qatorda strategik xom ashyo ham yetkazib berishi lozim edi. Biroq bu respublikalar sanoatiga bildirilayotgan yuksak talablar bu yerda yangi texnologiyalarni, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini joriy qilish bilan hamoxang emasdi. Bu esa muqarrar ravishda belgilangan rejaning bajarilmasligiga va boshqa nomutanosibliklarga olib kelardi, bular ayniqsa sanoatning yengil, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarida aniq ko‘zga tashlanar edi.
Yengil va oziq-ovqat sanoatiga qaraganda, ko‘p tarmoqli mashinasozlik industriyasi traktorsozlik, neft, ko‘mir, gaz, kon-ruda, oltin qazib olish, va energetika sanoatlari rivojlantirildi. Markaziy Osiyo respublikalari bo‘ylab yangi elektr stansiyalari qurildi. Mashinasozlik va metallga ishlov berish Qozog‘iston, O‘zbekiston sanoatining eng muhim tarmoqlariga aylandi. Turkmaniston, Tojikiston respublikalarida to‘qimachilik va boshqa sohalar rivojlanishiga asosiy e'tibor qaratishga harakat qilindi. Mintaqada boshqa sohalarga bo‘lgan e'tiborni ham susaytirmaslikka harakat qilindi. Jumladan, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirish, pillachilik va chorvachilikdagi jarayonlarni ko‘tarish tomon urinishlar bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, mustabid tuzumning mustamlakachilik iskanjasida siqib qo‘yilgan Markaziy Osiyo respublikalari o‘z zaminlaridan olinadigan birorta boylikning asl xo‘jayinlari emasdilar. Eng muhim sanoat yoki ishlab chiqarish sohasiga oid karxonalar ittifoq vazirliklariga bo‘ysindirib qo‘yilgan edi.
XX asrning 70-80 yillariga kelib ushbu respublikalar sanoat ishlab chiqarish rivoji, uning hajmi va mehnat unumdorligi sur'atlari pasayib, mahsulotlar sifati, boshqa eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashib ketdi. Markazlashtirilgan rejalashtirish, ishlab chiqarish va taqsimot Markazning qat'iy nazoratida bo‘lishi xalqning tashabbuskorligi va ijodini tobora bo‘g‘ib qo‘ya boshladi. Mavjud qiyinchiliklarni yengish imkonini bermadi. Respublikalarda chaqiriqlar, chiroyli shiorlar va majburiyatlar bilan niqoblangan muammolar hal etilmasdan qolaverdi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, qo‘yinki, barcha respublikalar sanoatida va butun iqtisodiyotida turg‘unlik tamoyillari muqarrar ravishda ortib, sanoat sekinlik va katta uzilishlar bilan ishlay bordi. 70-80 yillarda Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalarida Markazning buyrug‘i bilan paxtaga ixtisoslashuv qattiqlashishi munosabati bilan aholining manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olmasdan turib sanoat ishlab chiqarishi tarkibida buzilishlar sodir bo‘ldi.
Iqtisodiy muammolardan tashqari yangi ijtimoiy, milliy, ekologik va boshqa muammolar ham vujudga keldi. Bu omillar umumiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston, balki barcha Markaziy Osiyo respublikalari, Ittifoq va hatto jahonning global muammosiga aylandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi ekologik muammolar bunga yaqqol misol bo‘lib xizmat qiladi. Biroq Markaziy Osiyo mintaqasidagi bu hol ittifoq rahbariyatini kamroq qiziqtirdi, chunki mahalliy xalqning manfaatlari, ularning ehtiyojlari va talablari ularga begonalik qilardi. Respublika rahbarlarining kadrlar masalasini o‘z xalqi manfaatlari yo‘lida har qanday, hatto jur'atsizlik bilan to‘g‘irlashga bo‘lgan ozgina urinishi Markaz tomonidan millatchilik ko‘rinishi, umumittifoq manfaatlarini pisand qilmaslik deb baholandi. Buning o‘rniga Markaz har bir respublikalarning boshqaruv organlariga o‘zlarini “desant”chilarini yuborib, ularni yuqori rahbarlik organlarida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib qo‘ydilar.
1985 yil Aprel plenumi Ittifoq miqyosida, jumladan Qozog‘istonda ham qayta qurish nomli siyosatni boshlab berdi. Sovet hukumatining bu siyosati bilan davlatni yemirilishdan saqlab qolishga bo‘lgan bu urunishini qozoq xalqi qo‘llab-quvvatlamadi. Qozog‘istonda zo‘rayib borayotgan boshboshdoqlik, iqtisodiy tanglik aholini noroziligini oshirib bordi. Butun mamlakat bo‘ylab markazning olib borayotgan siyosatiga qarshi keng chiqishlar va namoyishlar tashkil etildi. Unda qozoq xalqi o‘zining asriy orzusi mustaqilligini talab qila boshladi.
Plenum sovet jamiyatini qayta qurish, bu jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e'lon qildi. Demokratlashtirish va iqtisodiy qayta qurish jarayonlari vaqt e'tibori bilan uzilib qolib, poyoniga yetmagan islohotlardan farq qilib, 1985 yil jamiyatni kompleks tarzda yangilashga o‘tish zaruriyati e'tirof etildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish deb e'lon qilindi. Qayta qurishning dastlabki davrida sho‘ro tuzumini saqlab qolish maqsadida bir taraflama ish olib borildi. Ko‘proq zohiriy natija olish ko‘zlandi. Biroq sovet hukumati tomonidan sistemani saqlab qolishga bo‘lgan urunish o‘z samarasini bermadi. 1990 yillarga kelib, Turkmanistonda, uning xalqi boshchiligida mustaqqillik sari qadamlar tezlasha bordi.
Qirg‘izistondagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi bunday keskinliklar xalqning sabr kosasini to‘ldira boshladi. Sovet hokimiyati partiyasining aprel (1985) plenumida Markaz respublikalarga erkinlik berish, demokratik o‘zgartirishlarni o‘tkazish, o‘z o‘zini taqdirini belgilash kabi huquqlarni berish haqida bong urdi. Ammo endi, qirg‘iz xalqining ongida uyg‘onib bo‘lgan tushunchalarni o‘zgartirib bo‘lmas edi. Qayta qurish yillarda Sovet Ittifoqining barcha milliy hududlari bo‘ylab bir tomondan milliy uyg‘onish o‘sishi, ikkinchi tomondan bo‘lsa millatlararo keskinlikning ortishi holati kuzatila boshlandi.
Plenum sovet jamiyatini qayta qurish, jamiyat hayotida yig‘ilib qolgan barcha ushbu illatlarni yo‘qotishdek vazifalarni ilgai surdi, ammo zo‘rayib borayotgan iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik ijtimoiy adolatga siyosiy yo‘l bilan erishish mumkinligiga ishonchsizlik uyg‘otdi. Shu sababli tojik xalqining asosiy qismi ro‘y berayotgan siyosiy hodisalarga befarqlik bilan qaradi.
Ushbu plenum sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e'lon qildi. Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, jamiyatda oshkoralik va demokratiyani qaror toptirish, xullas, KPSS MQ Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan ilgari surilgan qayta qurish siyosati vaqt e'tibori bilan 1953-1956, 1964-1965, 1982-1983 yillardagi islohotlardan keskin farq qilib, 1985 yilda sovet jamiyatini kom­pleks tarzda yangilash zaruratini e'tirof etgan edi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish e'lon etildi.
XX asrning 80 yillari oxiridan boshlab Markaziy Osiyo respublikalarida islom dini, uning mohiyati, tasavvuf va sufiylik masalalari, is­lom dini allomalari faoliyatiga oydinlik kiritila boshlandi. Amir Temur va turkiy sulolalar faoliyati, Turkistonning Rossiya imperiyasi tomoni­dan bosib olinishi, jadidchilik harakati, Oktyabr to‘ntarishi, Turkiston muxtoriyati hukumati, «bosmachilik», «Hujum» kompaniyasi va sovet tuzumi davridagi qatag‘onlar yangicha tafakkur asosida talqin etila boshlandi.
Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to‘planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda, mil­latlararo munosabatlarga o‘z ta'sirini o‘tkazmasligi mumkin emas edi.
O‘z tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo bo‘ylab yoyish orqali ta'sir doirasini kengaytirish asosi­da qurgan SSSR 1979 yil 25 dekabrda o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritgan edi. Bu dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. 1989 yil fevralda sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketildi. Ko‘p yillik urush mamlakatga katta zarar yetkazdi. 14 mingdan ziyod sovet jangchisi halok bo‘ldi.
Shunday qilib, XX asrning 80 yillariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda ma'muriy-taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada boshqa respublikalarida bo‘lganidek Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalarida ham ishlab chiqarishning o‘sish sur'atlari, yalpi mahsulot xajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi yanada ortib bordi.
15-mavzu. MАRKАZIY ОSIYO RЕSPUBLIKАLАRIDА XX АSR SO‘NGGI CHОRАGIDА SIYOSIY HАYOT. QАYTА QURISH DАVRI VА MАRKАZIY ОSIYO RЕSPUBLIKАLАRNING АHVОLI. MАRKАZIY ОSIYO ХАLQLАRINING XX АSR IKKINCHI YARMIDАGI IJTIMОIY АHVОLI.


Reja:
1. Markaziy Osiyo respublikalarining qayta qurish siyosatiga jalb etilishi.
2. Qatag‘onlarning yangi to‘lqinining boshlanishi. “Paxta ishi”, “o‘zbek ishi”ning o‘ylab topilishi. Mintaqada milliy o‘zlikni anglash jarayonining kuchayishi.
3. Respublikalarning Markaz tomonidan totalitar boshqarilishi. Milliylik uchun kurashning kuchayib ketishi.
4. Iqtisodiy munosabatlarning izdan chiqishi. Respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy hayot.
5. ”Sotsializmning to‘la va uzil-kesil g‘alaba”si deb atalgan nazariy masalaning sun'iy mohiyati.
6. Mintaqada madaniy hayot, adabiyot va san'at (1945-1985 yillar).



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling