Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Afg‘oniston intellegensiyasi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afg‘onistonning ishchilar sinfi
Afg‘oniston intellegensiyasi (aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar) juda ham kam. Bu intellegensiya asosan feodal-pomeshchik va burjua muhitlaridan kelib chiqqan kishilardan iborat bo‘lib, xalq bilan bog‘langan emas. Faqat so‘nggi yillarda afg‘on intellegensiyasi boshliqlari orasida progressiv guruhlar paydo bo‘lib, ular sotsial iqtisodiy reformalar o‘tkazishni talab qila boshlaydilar. Afg‘onistondagi ishchilar, xizmatchilar va chinovniklar ancha ko‘pchilikni (qariyib 70 ming) tashkil qilgan. 1931-yilda Afg‘onistonda jami 60 ming xizmatchi va amaldor bo‘lib, ular oilalari bilan birgalikda mamlakat ja’mi aholisining 3,5 %ni tashkil etgan.
Afg‘onistonning ishchilar sinfi son jihatidan ham ko‘pchilikni tashkil qilmagan. 1952-yilning oxirida Afg‘onistonda ja’mi bo‘lib 16 minggacha sanoat ishchisi bo‘lganligi qayd eti o‘tiladi. Bularning ham asosiy qismi (10 ming kishi) endi vujudga kela boshlagan to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida ishlar edi. Afg‘oniston kustar sanoatida ishlovchi ishchilar guruhi ancha ko‘proq bo‘lib, ular 80 ming kishiga yetgan. Afg‘onistonda intellegensiya toifasi (erkin kasb egalari va aqliy mehnat kishilari) son jihatidan 1927-yildan ko‘paya boshlaydi. Ya’ni bu vaqtdan oliy ixtisosli ma’lumot olish uchun amir Omonullaxon tomonidan Yevropa, Turkiya va Hindistonga yuborilgan afg‘on yoshlarining dastlabki to‘dalari qaytib kela boshladi. So‘nggi yillarda bu intellegensiya qatorlari Kobil universiteti, pedagogika instituti va litseyni tamomlagan yoshlar hisobiga ham ko‘paya bordi. Intellegensiya deyarlik butunlay mamlakatning yirik savdo markazlarida, ko‘proq poytaxt Kobul shahrida to‘plangandilar. Universitet va Afg‘onistonning boshqa oliy hamda o‘rta o‘quv yurtlari shu yerda bo‘lgan. Bundan tashqari Kobulda ikkita kundalik va to‘rtta vaqti-vaqti bilan chiqib turadigan gazeta va o‘ndan ortiq turli jurnallar chiqib turgan. “-Intellegensiya hech qachon sinf bo‘lgan emas va bo‘lolmaydi, deydi, I. V. Stalin, “U o‘z a’zolarini jamiyatning hamma sinflari orasidan terib oladigan tabaqa edi va shunday bo‘lib qoladi.” Afg‘onistonda 20-yillar oxirida “na siyosiy partiya van a biror ommaviy tashkilot yoki biror uyushma bo” deb ko‘rsatilgan asarda. Kobil va boshqa yirik shaharlar (Qandahor, Hirot, Maymana) ning intellegensiyasi “Anjumani Tarixiy” degan tarixiy jamiyatga, shuningdek, “Milliy Gazetalar” deb atalgan progressive gazetalar atrofiga uyushgan. Sharqiy Turkiston iqtisodiy madaniy ahvol, madaniy hayot tarzining “sovetlashtirilishi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek 30-yillardan boshlab Xitoyning yirik provinsiyalarida, jumladan Sharqiy Turkistonda ham pomeshchik yerlari musodara qilinib, o‘sha yerlarda ishlayotgan ijarachilarga berila boshlandi. Bu siyosat o‘z navbatida soliq munosabatlarini tartibga solishga ham imkon beradi. Xitoy sovetlari siyosatining eng muhim qismi soliq masalasiga bag‘ishlangan. Dehqonlar o‘z hosilining 70 % ni soliq tariqasida hukumatga bergan. Sovetlar bu tizimni yo‘qotib, uning o‘rniga daromadga qarab oshadigan soliq siyosatini qo‘lladilar. 50-yil oxirlariga kelganda dehqonlarning qishloq xo‘jaligidagi soliqning atigi 5 %ini to‘laganlar. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling