Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Mustaqil respublikalarning Konstitutsiyalari. J


Download 0.9 Mb.
bet68/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Mustaqil respublikalarning Konstitutsiyalari.
J Davlat hokimiyatini tashkil etishning muhim prinsplaridan biri davlat suvereniteti hisoblanadi. Davlat suvereniteti, davlatning o‘z ichki ishlari va tashqi siyosatini olib borishdagi to‘la mustaqilligidir. Bunda albatta qonunchilik ustuvor bo‘lishi ta'minlanishi darkor. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib Markaziy Osiyo respublikalari o‘z mustaqilliklarini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq Konstitutsiyalarini ishlab chiqishga kirishdilar.
Tojikiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 1994 yil 6 noyabrda umumxalq referendumida qabul qilingan. Bungacha 1931, 1937, 1978 yillardagi Tojikiston SSRning Konstitutsiyalari mavjud edi. 1997 yildagi Umumiy bitimga muvofiq, Konstitutsiyaga 1997 yil 26 sentyabrda umumxalq referendumi asosida jiddiy o‘zgartirildi: ikki palatali professional parlament tuzildi, prezidentlik vakolati to‘rt yildan yetti yilga uzaytirildi, demokratik, ateistik va diniy tusdagi siyosiy partiyalar tuzish huquqi berildi.
1994 yilgi Konstitutsiyaga muvofiq, Tojikiston – suveren, demokratik, huquqiy, dunyoviy va unitar davlatdir (TR Konstitutsiyasi 1-modda). Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyili mustahkamlab qo‘yilgan (TR Konstitutsiyasi 9-modda). Boshqaru shakli bo‘yicha Tojikiston – prezidentlik respublikasidir. Tojikistonning oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi besh yil muddatga saylanadigan parlament-Majlisi Oliydir. U ikki palata, Majlisi milliy (yuqori) va Majlisi namayondogon (quyidan) iborat. Majlisi namoyondagon bevosita saylovlar asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi va doimiy hamda professional asosda faoliyat yuritadi. Har bir palata o‘z vakolatlariga ega, biroq ular qo‘shma majlisda: Prezidentning harbiy va favqulodda holat e'lon qilish to‘g‘risidagi farmonlarini, Prezidentning Bosh vazir hamda hukumat a'zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. Prezident saylovini belgilaydi va uning daxlsizligi masalasini hal qiladi.
Turkmaniston Oliy Kengashi 1992 yil 18 maydagi XIV sessiyasida qabul qilingan amaldagi Konstitutsiya sobiq SSSR hududidagi birinchi Konstitutsiya edi (Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomini belgilagan; 1995 yil 27 dekabrdagi o‘zgartirish va to‘ldirishlar bilan). Shungacha 1937 va 1978 yillarda qabul qilingan Kostitutsiyalar amal qilib kelgan bo‘lib, ular RSFSR va SSSRning Asosiy Qonunlarining nusxalari edi.
1992 yil Konstitutsiyasi (1 – moddasi)ga binoan, Turkmaniston demokratik, huquqiy, dunyoviy va doimo betaraf davlat bo‘lib, unda davlat boshqaruvi prezidentlik respublikasi shaklida amalga oshiriladi. Prezidentlik lavozimi 1990 yil oktyabrda joriy qilingan.Turkmanistonda Konstitutsiyaga muvofiq hokimiyat organlarining tizimi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu yerda vakillik hokimiyati bilan davlat hokimiyati o‘rtasida farq o‘tkazilgan.
Konstitutsiyaga binoan, Xalq maslahati xalq hokimiyatining oliy vakillik organi hisoblanadi. Xalq maslahati hokimiyat piramidasining cho‘qqisida turadi, uning mavjudligi an'anaviy turkman qadriyatlarining ro‘yobga chiqishi, qadriyatlarni hurmat qilish, mahalliy yetakchilar bilan keng maslahatlashish sifatida ko‘riladi. Xalq maslahati tarkibiga Turkmaniston prezidenti, Majlis deputatlari, har bir etrap (tuman)dan bir nafardan saylanadigan xalq vakillari, oliy sud raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokuror, viloyat ma'muriyatlarining boshliqlari, shaharlarning hamda etraplarning ma'muriy markazi hisoblangan qishloqlarning archin (hokimlari) kiradilar. Xalq maslahatining vakolati muddati besh yil.Turkmanistonning qonun chiqaruvchi organi Konstitutsiyaga ko‘ra Majlis (parlament) hisoblanadi. U umumiy to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov yo‘li bilan besh yilga saylanadi va 50 nafar deputatdan iborat. Majlis referendum qaroriga ko‘ra, deputatlar belgilangan sonining kamida uchdan ikki qismining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan Majlis qaroriga binoan, Majlisning rahbar organlari olti oy mobaynida shakllantirilmaganida yohud Vazirlar Mahkamasiga 18 oy davomida ikki marta ishonchsizlik bildirilganda Prezident tomonidan tarqatib yuborilishi mumkin. Majlis vakolatiga Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga o‘zgartirish kiritish, ularni sharhlash, Prezident, Majlis, xalq vakillari saylovini tayinlash, saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya tuzish, Vazirlar Mahkamasining faoliyati dasturini ma'qullash, unga ishonchsizlik bildirish, Oliy sud raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri, Adliya vaziri lavozimlariga nomzodlarni ma'qullash yoki rad qilish, shuningdek, ularni lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnomalar berish, Turkmaniston davlat byudjetini va uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash, davlat mukofotlarni ta'sis etish, Prezidentga davlat mukofotlari va faxriy unvonlar berish, harbiy unvonlar va nishonlar berish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining normativ hujjatlarini Konstitutsiya va qonunlarga mosligini aniqlash kiradi.
Qirg‘iziston Respublikasi 1993 yil 5 mayda Jokorgu Kenesh tomonidan qrbul qilingan. Referendumlar natijasida 1995, 1996 va 1998 yillarda unga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. 1993 yildagi Konstitutsiya 1978 yil 20 apreldagi Qirg‘iziston SSR Konstitutsiyasini almashtirdi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, Qirg‘iziston dunyoviy – huquqiy prinsiplar asosida shakllanayotgan mustaqil, unitar, demokratik Respublika. Boshqaruv shakliga ko‘ra Prezident kuchli hokimiyatga ega bo‘lgan (ayniqsa, 1996 yil o‘zgartirilishlar kiritilganidan so‘ng) Prezident – parlament boshqaruvi respublikasidir. Konstitutsiyaga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasining parlamenti-Jogorku Kenesh vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. U besh yil muddatga saylanadi. Jogorku Kenesh Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritadi. Qonunlar qabul qiladi. Konstitutsiya va qonunlarni rasman sharhlaydi. Qirg‘iziston Respublikasi chegaralarini o‘zgartiradi. Konstitutsiyaviy sudni, Markaziy saylov komissiyasi tarkibining uchdan bir qismini, Hisob palatasi auditorlarining uchdan bir qismini saylaydi. Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qiladi. Urush va tinchlik masalalarini hal qiladi. Harbiy holat joriy qiladi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Prezident Jogorku Keneshga qonun loyihalarini taqdim etadi, qonunlarni imzolaydi yoki ularni o‘z e'tirozlari bilan takroran ko‘rib chiqish uchun qaytaradi, qonunlarni e'lon qiladi. Konstitutsiyaviy sudga qonunlar yoki Qirg‘iziston Respublikasi ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar yuzasidan protest keltirishga haqli. Mamlakatdagi ahvol to‘g‘risidagi yillik bayonnoma bilan xalqqa murojaat qiladi. Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari hujjatlarining amal qilinishini bekor qilish yoki to‘xtatib qo‘yishga haqli. Dolzarb tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini hal qiladi, ayrim hollarda qonunlar qabul qilish yo‘li bilan qonun chiqarish vakolatlarini amalga oshiradi.
Mustaqil Qozog‘iston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi 1993 yil 28 yanvarda qabul qilingan. Ungacha esa, 1937 va 1978 yillarda SSSR va RSFSR konstitutsiyalari namunasidagi Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasi Konstitutsiyalari qobul qilingan edi. Hozir 1995 yil 30 avgustdagi referendumda qabul qilingan Qozog‘iston Konstitutsiyasi (1998 yil 7 oktyabrdagi o‘zgartirishlar bilan) amal qiladi.
1995 yil Konstitutsiyasiga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasi o‘zining eng oliy qadriyatlari inson, uning hayoti, huquqi va ozodligi (1 – modda) bo‘lgan demokratik, dunyoviy, huquqiy va ijtimoiy davlat deb e'lon qilgan. Konstitutsiyada, shuningdek, Qozog‘iston prezidentlik boshqaruvi shaklidagi davlat ekanligi ta'kidlangan (2 – modda).
Konstitutsiyaga ko‘ra Qozog‘iston ikki palatali qonun chiqaruvchi organi parlament deb ataladi. Palatalardan biri Senat, boshqasi Majlis deb ataladi. Senat olti yilga, Majlis esa besh yilga saylanadi. Senat bilvosita saylov huquqi asosida shakllantiriladi, uning tarkibiga har bir viloyatdan, respublika miqyosidagi shaharlar va Qozog‘iston poytaxtidan ikki kishidan hamda Qozog‘iston Prezidenti tayinlagan yetti deputat kiradi. Majlis 77 nafar deputatdan iborat bo‘lib, ulardan 67 nafari ma'muriy hududiy saylov okuruglari bo‘yicha o‘tkaziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov yo‘li bilan, o‘n nafari esa, partiya ro‘yxati bo‘yicha vakillikning mutanosib tizimi bo‘yicha saylanadi. Parlament komissiyalarining qo‘shma majlisi Qozog‘iston prezidentining taklifiga binoan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, konstitutsiyaviy qonunlar qabul qiladi, ularni to‘ldiradi va o‘zgartiradi, Respublika byudjetini, Hukumat va respublika byudjetining ijrosini ijrosini nazorat qiluvchi Hisob qo‘mitasi hisobotlarini tasdiqlaydi, shuningdek byudjetga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritadi.
Sovetlar tuzumi davrida Markaziy Osiyo respublikalari Konstitutsiyalari mohiyat-e'tibori bilan SSSR Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilgan va ayni uni nus’hasi hisoblanar edi.Bugungi kundagi bu respublikalar Konstitutsiyalari boshidan oxirigacha mustaqillik g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Ular o‘z ichki tuzilishi va yangi qoidalari bilan jahon konstitutsiyaviy amaliyotiga to‘la mos keladi. Konstitutsiyalarda inson, shaxs va jamiyatning huquqiy jihatlari, davlat hokimiyatining tuzilishi va uning idoralari faoliyatini tashkil etishning qoidalari ifoda etilgan. Mintaqa davlatlari Konstitutsiyalari yosh davlatlar tizimi va taraqqiyoti tamoyillarini e'lon qildi, demokratiyaga sodiq ekanliklarini, tinchliksevar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarashni namoyon etdi. Ular yangi jamiyat va davlat qurilishi asoslarini mustahkamladi, insin huquqlari muxofazasi, huquqiy va siyosiy tizim shakllanishi uchun mustahkam poydevor qo‘ydilar. Markaziy Osiyo respublikalari Konstitutsiyalari shu tarzda istiqboldagi qonun chiqaruvchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishini belgilab berish bilan birga jamiyatda xalq manfaatlari yo‘lida islohotlarni rivojlantirishga imkon beradigan huquqiy asoslarni ham yaratdi, ular inson huquqlarini, barqarorlikni, davlatlarning barcha fuqarolariga ishonchli istiqbolni kafolatladi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling