Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Mustaqillik yillarida mintaqada ma'naviy va mafkuraviy hayot. J


Download 0.9 Mb.
bet76/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Mustaqillik yillarida mintaqada ma'naviy va mafkuraviy hayot.
J Mintaqa xalqlari ko‘p ming yillik tarixi davomida o‘zining boy madaniyati va ma'naviy hayoti bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan hudud bo‘lib kelmoqda. Mintaqada barcha davrlarda madaniyat, fan, maorif, ma'naviyatning boshqa jabhalari gullab-yashnab kelmoqda. Xususan, XIX asrning II-yarmida Qirg‘iziston hududida diniy maktablar – maktabxona va madrasalar bo‘lgan. Dastlabki rus boshlang‘ich maktablari - XIX asrning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar gimnaziyasi, 1912 yil erkaklar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Qirg‘iziston hududidagi yagona o‘rta o‘quv yurti bo‘lgan. 1923 yil Qirg‘izistondagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq o‘quvchi o‘qigan. 2002 yilga kelib esa Qirg‘izistonda 2056 umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1168,1 ming, 113 gimnaziyada 72,2 ming, 50 litseyda 18,2 ming, 75 o‘rta hunar o‘quv yurtida 31178 o‘quvchi, 49 oliy o‘quv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy o‘quv yurti)da 214173 talaba ta'lim oldi. Yirik oliy o‘quv yurtlari: Qirg‘iz milliy universiteti, gumanitar universitet, pedagogika universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, san'at, qishloq xo‘jaligi institutlari (hammasi Bishkek shahrida). Ilmiy tadqiqot institutlari - Qirg‘iziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va b. oliy o‘quv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan doktori va 1051 fan nomzodi ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19-mln. 790 ming asar) faoliyat ko‘rsatdi. Ularning eng yirigi - Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. Yirik muzeylari: O‘lkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy san'at milliy muzeyi, Tarix muzeyi.
Xalk og‘zaki ijodining turli janrlari – ertak, doston, qo‘shik, rivoyatlar («Kurmanbek», «Kojojash», «Er-T-yoshtuk», «Janish Bayish») va «Manas» monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Xalq san'atida gilamchilik, kigiz bosish, kashtado‘zlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi an'anaviy tarmoqlar rivojlangan.
An'anaviy musiqa namunalarini to‘plash va o‘rganish ishlari, asosan, 1920-30 yillarda boshlangan (A.Zataevich, V.Vinogradov va b.). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, 1993 yilga kelib, Milliy konservatoriya ochildi.
Drama teatri sarchashmalari turli marosimlar, xalq o‘yinlari, oqinlar aytishuvi, manaschi, qo‘muzchi va qiziqchilarning faoliyati bilan bog‘liq ravishda qadim zamonlardan boshlangan.
Markaziy Osiyo mintaqasining yana bir davlatlari hisoblangan Qozog‘istonda ham 1929 yil lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940 yil rus alifbosi asosidagi yozuvga o‘tildi. 1992 yildan ta'lim tizimida islohotlar amalga oshirildi. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari kabi o‘rta ma'lumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo bo‘ldi. 2003 yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari bo‘lgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan 30 maktab ishladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq o‘quvchi o‘qidi. Qozog‘istonda birinchi oliy o‘quv yurti – Qozog‘iston pedagogika instituti 1928 yil Olmaota shahrida ochilgan bo‘lsa, 2005 yil Qozog‘istonda 43 davlat oliy o‘quv yurti ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, yevrosiyo milliy universiteti, Qozog‘iston milliy agrar universiteti, Qozog‘iston milliy texnika universiteti, Qozog‘iston milliy konservatoriyasi, Qarag‘anda universiteti, Olmaota texnologiya universiteti va b. Qozog‘istonda ilmiy tadqiqotlar Qozog‘iston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot in­stitut va muassasalarida, mamlakat oliy o‘quv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Qozog‘istonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozog‘iston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozog‘iston Respublikasi davlat muzeyi, San'at muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Ko‘nonboev memorial muzeyi va b.) bor.
Qozog‘istonda bir kancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: «Aqiqat» («Haqiqat» qozoq tilidagi oylik jurnal, 1921 yildan), «Atameken» («Vatan», qozoq tilidagi gazeta, 1991 yildan), «Vechernyaya Astana», rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazeta, 1991 yildan), «Jas alash» («Yosh millat», qozoq tilidagi kundalik gazeta, 1921 yildan), «Juldыz» («Yulduz», qozoq tilidagi oylik jurnal, 1922 yildan), «Qazaqstan ayelderi» («Qozog‘iston xotin-qizlari», qozoq. tilidagi oylik jurnal, 1925 yildan), «Kazaxstanskaya pravda» («Qozog‘iston haqiqati», rus tilidagi kundalik gazeta, 1920 yildan), «Narodnoe xozyaystva Kazaxstana» («Qozog‘iston xalq xo‘jaligi», rus tilidagi oylik jurnal, 1926 yildan), «Prostor» («Kenglik», rus tilidagi oylik jurnal, 1933 yildan), «Qazaqstannыn auыl sharua-shыlыgы» («Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi», qozoq tilidagi oylik jurnal, 1936 yildan), «Ara» («Ari», qozoq tilidagi oylik jurnal, 1956 yildan). «Qozog‘iston axborot agentligi» milliy kompaniyasi, ochiq aksiyadorlik jamiyati, 1921 yil tashkil etilgan, «Xabar» agentligi, aksiyadorlik jamiyati, 1996 yil tuzilgan. «Qozog‘iston» respublika teleradiokorporatsiyasi, Qozog‘iston radiosi (1920 yildan faoliyat ko‘rsatadi) va «Qozog‘iston» milliy telekanali (1958 yildan faoliyat yuritadi)ni birlashtiradi. «Xabar» teleradiokompaniyasi, 1995 yilda tashkil etilgan. Qozog‘istonda radioeshittirishlar 1921 yildan, teleko‘rsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
Mintaqa davlatlaridan yana biri Tojikiston maorifi tizimi boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta, umumiy o‘rta ta'lim maktablaridan, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlaridan iborat. Yirik oliy o‘quv yurtlari: Tojikiston universiteti, politexnika, qishloq xo‘jalik, san'at, tibbiyot, pedagogika institutlari, Ko‘lob va Xo‘jand pedagogika institutlari. Bundan tashqari turli, vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar (veterinariya, dehqonchilik, epidemiologiya va gigiena institutlari kabilar) bor.
Respublikadagi ilmiy tadqiqotlar Fanlar Akademiyasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar doirasida amalga oshiriladi.
1999 yil Tojikistondagi 8 yirik oliy o‘quv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va maorifni rivojlantirish uyushmasi ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy va o‘rta o‘quv yurtlari jamoalarini birlashtirdi. U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib uni oliy va o‘rta ta'lim tizimiga joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro ta'lim andozalarini Tojikiston oliy va o‘rta ta'lim tizimiga joriy etishga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga ko‘maklashish kabi ishlar bilan shug‘ullana boshladi. Tojikistonda Firdavsiy nomidagi Tojikiston davlat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortiq ommaviy kutubxona; 15 davlat muzeyi (Dushanbeda Tarix-o‘lkashunoslik va tasviriy san'at muzeyi, S.Ayniy nomidagi adabiyot muzeyi, Panjakentda A.Rudakiy nomidagi respublika tarix-o‘lkashunoslik muzeyi va b.) bor.
Tojikistonda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: «Jumhuriyat» (tojik tilida chikadigan gazeta, 1925 yildan «Idi tojik», 1955-91 yillarda «Tojikistoni Soveta» nomida chiqqan), «Xalq ovozi» (o‘zbek tilida chiqadigan gazeta, 1929-91 yillarda «Sovet Tojikistoni» nomi bilan chiqqan), «Sadoi mardum» («Xalk ovozi», gazetasi, 1992 yildan), «Biznes i politika» («Biznes va siyosat», gazeta, 1994 yildan), adabiy-badiiy jurnallar tojik tilida «Sadoi Sharq» («Shark ovozi»), «Madaniyati Tojikiston» («Tojikiston madaniyati»), rus tilida «Pamir» («Pomir») va b. Tojikiston axborot agentligi (hozirgi «Xovar» axborot agentligi) 1933 yilda tashkil etilgan. Tojikistonda radioeshittirishlar 1928 yildan, Dushanbe televizion markazi 1959 yildan ishlay boshlagan.
1990 yillar Tojikiston tasviriy san'atida milliy an'analarni, zamonaviy badiiy g‘oyalarni chuqurroq singdirishga asosiy ahamiyat berildi. Chunonchi, rassom S.Qurbonov ijodiga tojik xalqining tarixi, milliylik ildizlari, urf-odatlari go‘zal shakllarda romantik badiiy uslubda aks ettirilgan. Tojikiston xalqining ko‘p asrlik tasviriy va amaliy san'atida bezak asosiy yo‘nalish bo‘lgan. M.Xushmuhamedov, A.Haydarov, A.Kamelin, A.Raximov, M.Beknazarovlar Milliy meros an'analarini birmuncha yangilagan holda mana shu yo‘nalishda ijod qilmoqdalar, P.Falbov, S.Sharipov, A.Sayfiddinov kabi rassomlar bu sohada yangi yo‘nalish yaratish yo‘liga tushib oldilar. L.Irismetova, M.Nosirova, M.Qodirova, M.Qurbonova, Z.Davlatshoeva, D.Mamajonova, N.Hamidova, S.Saidova singari iste'dodli ayol rassomlar yetishib chiqdi. Tojikiston zamonaviy haykaltaroshligi (A.Bikasiyon, V.Odinaev, J.Toshmatov asarlari) da ham yangi yo‘nalish boshlangani seziladi. A.Lohutiy (hayqaltarosh I.Milashevich), Mirzo Tursunzoda (haykaltarosh A.Bikasiyon) haykallari, B.G‘afurov byusti (haykaltarosh I.Ivanov), Dushanbe shahridagi «Vaxdat» memoriali (1999), Qo‘rg‘ontepadagi Ismoil Somoniy haykali (1999) shundan dalolat beradi.
Amaliy san'at sohasida – 1998 yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Tojikiston rassomlarining badiiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Tojikiston istiqlol davri tasviriy san'ati keng namoyish etilgan. Tojikiston Me'morlar uyushmasi 1936 yil, Rassomlar uyushmasi 1933 yil tashkil etilgan. Tojikiston badiiy san'at xodimlari Dushanbedagi Davlat Badiiy kollejida tayyorlanadi. Ko‘pgina tojik san'atkorlari O‘zbekiston san'at institutlari va bilim yurtlarida ta'lim olgan.
An'anaviy musiqa madaniyati boy va xilma-xil. U bir necha mahalliy uslubdan tashkil topgan. So‘g‘d viloyatida azaldan yonma-yon yashab kelgan tojik va o‘zbek xalqlarining musiqa an'analari o‘zaro qorishib ketgan. Ikkala qardosh xalq musiqa ijodida mehnat, maishiy va morosim qo‘shiqlari («Mayda», «Yor-yor», «Naqsh» «Alla», «Boychechak», «Sadr», «Marsiya» kabi), lirik qo‘shiqlar («muhammas», «bayt» va b.), laparlar, bastakorlar ashula va kuylari (Sodirxon hofiz Bobosharifov va b.), xalq va professional sozlardan dutor, g‘ijjak, chang, nay, surnay, qo‘shnay, doira va b. asosiy o‘rin tutadi.
Tojik va o‘zbek xalqlarining yashash sharoiti, urf-odatlari, turmush tarzi bir-biriga nihoyatda yaqin. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, o‘zbek va tojik xalklari ikki tilda gaplashadigan bir xalq. Bu 2 xalqning o‘tmishda birgalashib, o‘z ozodligi, erki uchun kurashgani, o‘lmas me'moriy yodgorliklari va san'at durdonalarini yaratgani tarixdan ma'lum. Asrlar davomida ko‘pgina tojik va o‘zbek san'atkorlari biri-biriga ustoz, biri-biriga shogird bo‘lib ijod qilib kelishgan.
Ushbu ijtimoiy-tarixiy an'ana har 2 davlat milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, yangicha mazmun kasb etdi. O‘zbekiston Tojikistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda va uni ijobiy yechimini topishda sezilarli mavqyeni egalladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil sentyabrda BMTning Bosh kotibiga murojaatnoma yo‘llab, halqaro hamjamiyat e'tiborini Tojikiston muammolariga qaratib bu muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirdi. Tojikistonda tinchlik jarayonining amalga oshishi va ahdlashuvlarning barcha bosqichida O‘zbekiston rasmiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2000 yil 14-15 iyunda I.A.Karimovning rasmiy tashrif bilan Dushanbe shahrida bo‘lishi, E.Rahmonovning Toshkentda bo‘lishi o‘zbek-tojik munosabatlarining yangi pog‘onaga ko‘tarilishidan dalolat edi.
1998 yil yozda O‘zbekistonda Tojikiston Respublikasining Madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi. 1995 yil Toshkent shahrida Tojikiston Respublikasining, 2000 yil Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi ochilib, ular davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy aloqalarni muvofiqlashtirish yo‘lida xizmat qilmoqda.
Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 30 iyunda tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarning talab va istaklarini birlashtirgan holda faoliyat olib boryapti. Bu jarayonda “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun dasturilamal bo‘lmoqda.
Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling