Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet73/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Birinchidan, BMT Bosh kotibining maxsus vakili vo­sitachiligida bugun Afg‘onistonda bir-biriga qarshi kurashayotgan ikki asosiy kuch o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish, harbiy asirlarni ayirboshlash, Afg‘onistonga insonpar­varlik yordamini yetkazib berish uchun yo‘llarni ochish va ichki to‘siqlarni olib tashlash to‘g‘risida bitimlar tuzish zaruriy dastlabki bosqich bo‘ladi.
Ikkinchidan, keyingi bosqichda Afg‘onistonning davlat tuzumi va barcha tomonlar vakillaridan iborat hukumat tuzishning asosiy tamoyillari bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchidan, Afg‘onistondagi mojaroni bartaraf etish, shu jumladan qochoqlarni qaytarish, minalardan tozalash, qurolsizlanish va shu kabi boshqa masalalar to‘g‘risida qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida Umumiy bitimlar yakunlovchi majmuini qabul qilish. Afg‘oniston tomonlari rozi bo‘lgan taqdirda, ularning o‘rtasidagi Umumiy bi­timlar "6+2" guruhiga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadigan uchrashuvda imzolanishi mum­kin bo‘lur edi.
To‘rtinchidan, Afg‘onistondagi ichki tinchlik jarayoni bilan bir vaqtda "6+2" guruhiga a'zo mamlakatlar Afg‘onistonni urushdan keyingi tiklashga qaratilgan keng ko‘lamli insonparvarlik hamda moliyaviy iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro dastur ishlab chiqishlari mum­kin. Shu munosabat bilan biz Yaponiya hukumatining Tokioda Afg‘onistonga ana shunday yordam ko‘rsatish xususida xalqaro konferensiya o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Beshinchidan, voqyealar ana shu tarzda rivojlanib borsa, yakunlovchi bosqichda BMT Bosh Assambleyasining Af­g‘oniston bo‘yicha maxsus sessiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mumkin bo‘lur edi. Bunday sessiyaning o‘tkazilishi mazkur mamlakatda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yakunlovchi bitimlar xalqaro hamjamiyat tomonidan siyosiy jihatdan e'tirof etilganining ramzi bo‘lur edi.
Ayni paytda I.Karimov xalqaro terrorizmga qarshi kurash jahon jamoatchiligining asosiy vazifalaridari biri ekanligini qayta-qayta ta'kidlamoqda. Chunonchi, 1999 yilning 18—19 noyabr kunlari Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining yig‘ilishida xalqaro terrorizmga qarshi kurash vazifasini yana bir bor ko‘tardi. I.Karimov yig‘ilishda so‘zlagan nutqida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash uchun BMT doirasida xalqaro markaz tuzishni taklif etdi. Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi mazmuniga yanada aniqlik kiritib, bu haqda, jumladan, quyidagilarni ta'kidladi: «Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan ta'minlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog‘ bilan ta'minlab, joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirishdan iborat bo‘lishi lozim»-deb ta'kidladi.
Afsuski, I.Karimov takliflariga o‘z vaqtida quloq solinmadi. Oqibatda xalqaro terrorizm 2001 yil 11 sentabrda AQShda vahshiyona jinoyat sodir etdi. AQShdagi fojiadan keyingina ushbu davlatlar harakatga tushib qoldilar. AQSh hukumati Afg‘oniston hududiga joylashib olgan xalqaro terrorchilarni yo‘qotish hamda ularni tayyorlovchi markazlarni yo‘q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyalar o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Ayni paytda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat yordamiga umid bog‘lashini bildirdi.
O‘zbekiston ham xalqaro terrorizmga qarshi kurashda qatnashuvchi davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Shundan so‘ng AQSh mudofaa vaziri Ramsfeld 2001 yilning oktyabrida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston AQSh yuk samolyotlari hamda vertolyotlari uchun bitta harbiy aerodrom ajratishi haqida kelishuvga erishdi. Bu samolyotlar faqat gumanitar hamda qidiruv-qutqaruv ishlaridagina qatnashishi qat'iy belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston hududidan Afg‘onistonga havodan yoki yerdan hujum uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini ochiq-oydin ma'lum qildi.
Xalqaro terrorizmga qarshi kurashga har bir davlat baholi qudrat hissa qo‘shmog‘i zarur. Zero, terrorchilar qo‘liga ommaviy qirg‘in qurollari tushib qolishi xavfi borgan sari kengayib bormoqda. Agar xalqaro terrorizm bunday qurolni qo‘lga kiritsa, u yanada dahshatli kuchga aylanishi muqarrar.
AQSh hukumati 2001 yil 8 noyabr kuni Afg‘onistondagi terrorga tayyorlovchi markazlarni yo‘qotishga qaratilgan harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu operatsiyalar xalqaro hamjamiyat yordamida muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Mamlakatni H.Karzay boshchiligida vaqtli hukumat boshqardi va 2004 yil 9 oktyabrda u Prezident etib saylandi.
Bugungi kunda Afg‘onistonda nisbatan tinch bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Lekin ahvol murakkabligicha qolmoqa. Xalqaro hamjamiyat bu borada Afg‘onistonga zarur yordamni berayotir. To‘g‘ri, 20 yillik fuqarolar urushidan so‘ng Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash, mustahkamlash, siyosiy barqarorlikni qaror toptirish ishi oson kechmaydi.
2010 yilda bo‘lib o‘tgan BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deganlar: “Ushbu haqiqatning tasdig‘ini 30 yildan buyon harbiy harakatlar davom etayotgan jafokash Afg‘oniston misolida ko‘rishimiz mumkin. Bugun afg‘on muammosini harbiy yo‘l bilan hal etib bo‘lmasligi yanada ayon bo‘lmoqda, koalistiya kuchlarining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha tanlagan strategiyasi esa kutilgan natijalarni bermayapti. Muttasil davom etayotgan urush Afg‘oniston halqining ahvolini tobora og‘irlashtirmoqda va muammoni hal etishni yanada qiyinlashtirmoqda.
Hozirgi vaziyatda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishning muqobil yo‘llarini topish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo‘llardan biri, bizning fikrimizcha, O‘zbekiston tomonidan 2008 yilda taklif etilgan BMT shafe'ligida 6+3 muloqot guruhini tashkil qilish muhim rol o‘ynagan bo‘lur edi. Tashabbusimizning mazmun-mohiyati shundan iboratki, afg‘onistonliklar o‘z mamlakati muammolarini o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Afg‘onistonda urushning tugashi va uning barqaror kelajagidan manfaatdor mamlakatlar ko‘magida o‘zlari hal etishlari darkor.
Ular sirasiga avvalambor, tinchlik o‘rnatish missiyasiga daxldor AQSh, NATO, Rossiya, shuningdek, Afg‘oniston bilan bevosita qo‘shni mamlakatlarni kiritish zarur. 6+3 muloqot guruhining eng muhim maqsadi – bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarga Afg‘onistonda harbiy harakatlarni to‘xtatish Dasturini taklif etish, mamlakatni parokanda qilayotgan asosiy muammo va ziddiyatlar bo‘yicha o‘zaro murosa asosidagi yechimlarni topish, xavfsizlikni ta'minlash hamda barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda zarur kafolatlarni berishdan iborat.
Bu borada ushbu Dasturda iqtisodiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy, infratuzilma va gumanitar loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligi muammolarini, qashshoqlik, huquqsizlikka qarshi kurash bo‘yicha eng dolzarb vazifalarni hal etishga alohida e'tibor berilishi lozim. Afg‘oniston xalqi amal qiladigan ko‘p asrlik an'analar, urf-odatlar, islom dinining qadriyatlari to‘liq hurmat qilinishi zarur.
Dunyo hamjamiyati tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarini tan olinishi, ular bilan strategik sherikchilik, teng huquqlilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan munosabatlarning sifat jihatidan yangi darajasiga erishish Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Bu avvalo hozirgi dunyoda birlashgan yevropaning roli oshib borayotgani bilan belgilanadi. Endilikda bu rol qit'aning an'anaviy iqtisodiy qudrati bilan cheklanayotgani yo‘q. yevropa Markaziy Osiyodagi jarayonlarda Afg‘onistonda joylashgan qurolli kuchlar kontingentlari orqali harbiy-siyosiy jihatdan ham ishtirok etayapti. Xavfsizlikni mustahkamlash va yangi xavflar-terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling