Markaziy osiyo xalqlari tarixi


-mavzu. MАRKАZIY ОSIYO RЕSPUBLIKАLАRI VА JАHОN HАMJАMIYATI. RЕSPUBLIKАLАRNING MINTАQАVIY MUАMMОLАRNI HАL ETISHDАGI HАMKОRLIKLАRI


Download 0.9 Mb.
bet69/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

17-mavzu. MАRKАZIY ОSIYO RЕSPUBLIKАLАRI VА JАHОN HАMJАMIYATI. RЕSPUBLIKАLАRNING MINTАQАVIY MUАMMОLАRNI HАL ETISHDАGI HАMKОRLIKLАRI.


Reja:
1. Dunyoda bipolyar tizimining yemirilishi. Mustaqil respublikalarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
2. Markaziy Osiyoda mintakaviy barqarorlik va tinchlik uchun hamkorlik. Mintaqaviy muammolarni xalqaro doiraga olib chiqilishida Markaziy Osiyo respublikalarining o‘rni.


Tayanch so‘z va iboralar: Bipolyar, mustaqil respublikalar, jahon hamjamiyati, BMT, EKO, NATO, YeXHT, iqtisodiyot, siyosat, mintaqaviy barqarorlik, xalqaro terrorizm, ekstremizm, muammolari, Orol muammosi, xalqaro doira.


S Dunyoda bipolyar tizimining yemirilishi. Mustaqil respublikalarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
J Markaziy Osiyo xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tutashib, ma'naviy, diniy va axloqiy munosabatlari uyg‘unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-odatlari mushtarak bo‘lib, yagona, ulkan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning natijasida qondoshu jondoshlik, bir butunlik an'analari tarkib topgan. Kishilik tarixida bunday ma'naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha hamma narsadan ustun kelgan. Mustaqillik sharoitida millat, millatlararo munosabatlar, milliy madaniyat, yaqin qardosh xalqlarning madaniy merosi, etnik muammolari, jug‘rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi tasavvurlar o‘zgardi. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. Zero, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan, tarixan bir muhitda yashab, o‘tmish madaniyati bir zaminda vujudga kel­gan, biroq, ayni paytda mustaqil davlat bo‘lib yashayotgan mamlakatlar o‘z tarixiy ildizlarini qidirib topishini, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklashini hayotning o‘zi zarurat deb hisoblamokda.
1993 yilning yanvarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari hamdustlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llab-quvvatladilar.
Shu tariqa jahon siyosiy so‘zligida «Markaziy Osiyo» degan yangi atama paydo bo‘ldi. Albatta, bu hodisaga turli toifa va qarashdagi siyosatchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar turlicha baho berdilar. Ayrimlari hatto, mintaqadagi mamlakatlar birlashib, yagona davlat bo‘larmish, deyishgacha bordilar. Mintaqa rahbari kim bo‘ladi? Qaysi til davlat tili bo‘ladi, ko‘pmillatli mintaqa milliy madaniyatlari muammolari qay yo‘sinda hal etiladi, qabilidagi savollar tuyuldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Markaziy Osiyo Hamdo‘stligini vujudga keltirish tashabbuskori sifatida uning maqsad va mohiyatini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Ya'ni, Mustaqil Davlatlar suvereni­teti daxlsizdir. Hamdo‘stlikka a'zo bo‘lgan mamlakatlar xalqaro huquq normalariga to‘la amal qilgan holda davlat tizimiga, boshqaruv usuliga va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlat Konstitutsiyasini hurmat qilish va tan olish, faqat iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona bozor, mol ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona va chegaralardagi sun'iy to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Oradan ko‘p o‘tmay ana shu hamdo‘stlikka amaliy poydevor qo‘yildi. 1995 yilning yanvar oyida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka doir qator hujjatlarga imzo chekildi. Tez orada bu bitimga Qirg‘iziston ham qo‘shildi. Natijada uch mamlakat o‘rtasida yagona bozorni vujudga keltirish, mahsulot ayirboshlash imkoniyati yaratildi.
Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi nafaqat bugungi o‘tish davri mahsuli, balki jug‘rofiy, tarixiy-etnik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojdir. Chunonchi, bu mamlakatlar jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin va zich joylashgan. Suv, elektr energetikasi va boshqa tabiiy omillar ham ularni bog‘lab turadi. Qa-riyb 50 millionli aholi tarixan yagona o‘tmishga, yagona taqdirga, bir-biriga uyg‘unlashib ketgan dunyoqarash va an'analarga ega. Ularning har qanday siyosiy va iqtisodiy hamdo‘stlikdan ham baland turadigan qadimiy qadriyatlari bor. Ming yilliklar mobaynida shakllangan ma'naviy, madaniy, axloqiy, diniy va lisoniy mushtaraklik ham mavjud.
Dunyoviy muammolar, insoniyat taqdiriga daxldor masalalar yechimini topishda mamlakatlar va xalqlar, milliy manfaatlari hamda ehtiyojlaridan qat'iy nazar, birgalikda o‘zaro hamkorlik yo‘llarini izlaydilar. Biroq hyech qanday hamkorlik, turmush tarzlari, urf-odatlari, ruxiyatlari uyg‘unlashib ketgan yaqin qo‘shni xalqlarning do‘stligiga teng kelolmaydi. Chunki bu yerda ajdodlar ruhi bilan kelajak avlodlar bog‘liqligi, bir butun zamin — Ona Vatan yaxlitligi kabi muqaddas tuyg‘u doimo barqarordir. I.A.Karimov Markaziy Osiyo xalqlari birligini mustahkamlashning mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish siyosatining in-sonparvarlik mazmuni ana shunda, deb bildi.
XX asrning so‘nggi 10 yilligi jahon tarixida keskin burilish yasagan davr bo‘ldi. Eng avvalo bu sobiq Ittifoqning parchalanishi va buning natijasi sifatida yuz bergan voqyeliklar bilan bog‘liq. Jahonda bipolyar tizimning yemirilishiga sabab bo‘lgan ikki qudratli davlatlardan birining inqirozi xalqaro munosabatlar xarakterini tubdan o‘zgartirib yubordi. Garchi endilikda ikki mafkuraviy jihatdan bir-biriga qarama qarshi bo‘lgan qutbning raqobatiga chek qo‘yilgan bo‘lsa-da, ammo dunyoda bu bilan barqarorlik qaror topgani yo‘q, balki insoniyatning kelajagiga bevosita xavf soluvchi yangidan yangi tahdidlar yuzaga keldi. Ayniqsa, sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, yosh, hali mustahkamlanib, o‘z ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimini ishlab chiqib va joriy etib ulgurmagan davlatlarga nisbatan tashqi kuchlar ta'siri xavfi kuchayib bordi. Shu sababli bu davlatlarning o‘z milliy hokimiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modellari, tinchlik va xavfsizligini ta'minlash mexanizmlarini yaratish va amalda tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda ushbu davlatlarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishini ta'minlash, dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va ularning tajribalaridan hamda ko‘maklaridan foydalangan holda o‘z tinchligi, taraqqiyotini ta'minlashga katta e'tibor berildi. Ittifoqning parchalanishi oqibatida dunyo xaritasida Markaziy Osiyo mintaqasi geografik, siyosiy hamda iqtisodiy birlik sifatida qaytadan namoyon bo‘ldi. Mintaqamizda qaror topgan besh qardosh davlat mustaqilliklarining dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyati bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishga, jahon hamjamiyatida o‘z munosib o‘rinlarini topishga intildilar. Ularning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari (YuNKTAD, YuNISeF, YuNeSKO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar), yevropa Ittifoqi, yeXHT, NATO, MDH kabi tashkilotlarga a'zo bo‘lishlari ham yuqoridagi maqsadga yo‘naltirilgan edi.
Ayni paytda, bir tomondan, milliy davlatchilik shakllarining rivojlanishi kuzatilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Markaziy Osiyoning umumiy geosiyosiy mavqyei, uning geoiqtisodiy salohiyati mavzusi paydo bo‘ldi. Mintaqaga yetakchi kuchlarning qiziqishi kuchaydi. Bunday vaziyatda mintaqada ilgaridan manfaatlari bo‘lgan hamda bu yerda yangidan iqtisodiy manfaat shakllanayotgan yetakchi kuchlar Markaziy Osiyoni siyosiy jihatdan birlikda ko‘rishdan manfaatdor emasligi geosiyosiy qoidalar prizmasi orqali tahlil qilinganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan mintaqaviy xavfsizlik hodisasi faqat geosiyosiy qoidalar va jarayonlar kontekstida tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir. Zero, yetakchi kuchlar u yoki bu mintaqaga kirib borar ekan, avvalo geosiyosiy va geoiqtisodiy maqsadlardan kelib chiqishlari tabiiy. Masalan, mustaqillika erishgan Markaziy Osiyo respublikalari tabiiy zaxiralarga g‘oyatda boy mamlakatlar hisoblanishadi. Ushbu boyliklarni jahon bozoriga olib chiqish uchun yetakchi davlatlar o‘rtasida raqobat kechayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu jarayonda mintaqadagi respublikalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan ayrim ziddiyatli masalalar ishga solinishi mumkin. Ma'lumki, Markaziy Osiyo respublikalari ayrim mintaqaviy masalalarning hal etilishi borasida bir xil fikrga ega emaslar. Ushbu omillarning zarur paytda tashqi kuchlar tomonidan ishga solinishi va buning uchun mintaqa respublikalarida turli guruhlar shakllantirilishi ham bugungi kunda sir emas.
Sovet Ittifoqining mag‘lubiyati va oradan ko‘p o‘tmay parchalanib ketishi Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi geosiyosiy vaziyatni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligining dastlabki bosqichida ko‘pgina siyosatshunoslar mintaqada o‘z ta'sirini o‘rnatish uchun geosiyosiy raqobat asosan Turkiya va Eron o‘rtasida bo‘lishini taxmin qilgan edilar. Jahonda Xitoy mavqyei mustahkamlanishi bilan unga Markaziy Osiyodagi mavqyei va ta'siri baland kuch sifatida qarala boshlandi. Global markazlar mintaqaning muhimligini qayd etgan holda, amalda bu yerda ro‘y berayotgan jarayonlarga uncha aralashmadilar. 2001 yil 11 sentyabrdan so‘ng vaziyat butunlay o‘zgardi. Markaziy Osiyo xalqaro terrorizmga qarshi kurashning istehkomiga aylandi. Bu yerda NATO harbiy-siyosiy kuchlari hozirligi vujudga keldi.
Afg‘onistondagi antiterroristik operatsiyaning dastlabki bosqichida ko‘pchilik Markaziy Osiyo o‘z tarixida birinchi marta raqobat ob'ektiga emas, ko‘p taraflama, balki uzoq muddatli hamkorlik maydoniga aylanmoqda, degan fikrni ilgari surdi. Terrorizmga qarshi kurash cho‘zilgani sayin ayrim mamlakatlarning manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘la boshladi. Ular Markaziy Osiyoda o‘z ta'sirini o‘rnatish uchun o‘zaro kurash olib borayotgani ma'lum bo‘lib qoldi. Bu kurashga oldingidan ancha ko‘proq davlatlar qo‘shilganki, shuning o‘ziyoq qarama-qarshilikning murakkab, ko‘p yo‘nalishli shakl-shamoyilini namoyon etadi. Bunda o‘xshash yondashuvli mamlakatlar guruhlari, masalan AQSh va yevropa Ittifoqi bir tomondan va Shanxay Xamkorlik Tashkiloti davlatlari ikkinchi tomondan kuzatilmoqda. Bu Markaziy Osiyo tevaragida bloklar qarama-qarshiligi vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. Bu esa mintaqa uchun xavflidir. Mintaqa o‘z tarixida birinchi marta har xil mo‘ljalli mamlakatlarning harbiy kuchlari bir-biridan xavfli yaqinlikda joylashgan hududga aylandi. Markaziy Osiyoda hamkorlik qilishga intilayotganlar orasida o‘ta tajovuzkor kuchlar-diniy radikalizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes paydo bo‘ldi. Ular havoyi fantom, virtual xavf va shunchaki yovuzlik timsoli emas. Bu kuchlar aniq kun tartibi, tarmoqlangan tashkiliy tuzilmaga va uncha-muncha davlat bellasha olmaydigan qudratli moliyaviy kuchga ega. Ular Markaziy Osiyodagi jarayonlarda ishtirok etayotgan davlatlar orasida ziddiyat mumkin qadar kuchayishidan manfaatdordirlar.
Geoiqtisodiy manfaatlar Markaziy Osiyo tevaragidagi raqobatning muhim yo‘nalishiga aylandi. Energetika, transport infratuzilmasi sohasidagi mintaqaviy loyihalarning amalga oshirilishi yoki, aksincha, muvaffaqiyatsizlikka uchrashi yirik davlatlar taqdiriga va jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Nihoyat, ilgari Markaziy Osiyo xalqlari davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy bellashuvning o‘ziga xos “sovrini” passiv sub'ektlarni hisoblangan bo‘lsa, bugungi kunda ular strategik jarayonlarning faol ishtirokchilariga aylanmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining yevropa davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari o‘ziga xos tarzda rivojlanmoqda. Osiyo markazida joylashgan va islom dunyosining uzviy qismi hisoblangan mintaqa birdan Xelsinki hujjatiga qo‘shilish, yevropada xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo‘lishi orqali yevropadagi jarayonlarning to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. Bu muhim tashkilotda hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari ayni vaqtda yevropadagi jarayonlarga faol ta'sir ko‘rsatish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatlar yevropada vujudga kelgan milliy davlat g‘oyasini qabul qilganlari va uni o‘zida barpo etish yo‘lidan qa'tiy borayotganliklari yevropaliklarga manzur bo‘ldi. Ular mintaqa mamlakatlari dunyoviy taraqqiyot yo‘li va demokratiyani tanlaganliklarini ham olqishlashdi. yevropa biznesi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining ulkan imkoniyatlarini hammadan oldin anglab yetdilar.
Yevropa Ittifoqida xavfsizlikning uzviyligi, yaxlitligini, o‘zini qurshagan dunyo muammolaridan Shengen zonasi doirasida chetlatish mumkin emasligini yanada teranroq tushuna boshladi. Shundan kelib chiqib, Bryusselda Markaziy Osiyoga yevroosiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda muhim mintaqa sifatida qaralmoqda. Shu bois yevropa mintaqa bilan har tomonlama munosabatlar uzoq muddatli asosda rivojlanishidan manfaatdor va bu munosabatlarning institutsiyaviy va shartnoma huquqiy bazasini kengaytirishga tayyordir. yevropa Ittifoqiga Sharqiy yevropa 10 davlatining a'zo bo‘lishi Markaziy Osiyoning YeI bilan iqtisodiy va siyosiy jihatdan yaqinlashishi va taraflar o‘rtasida o‘zaro ishonchning mustahkamlanishiga katta turtki berdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari Sharqiy yevropa davlatlari bilan barcha sohalarda azaldan yaqin aloqa qilib keladi. Bundan tashqari yevropa Ittifoqining kengayishi amalda qit'ani Markaziy Osiyoga geografik jihatdan yaqinlashtiradi. O‘z bozoriga kelayotgan energiya, mineral resurslarning manbalarini diversifikatsiya qilishga YeI ning intilishi ham muhim omil bo‘lib kelmoqda. yevropa davlatlari Markaziy osiyo bilan energetika va transport sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga ko‘proq e'tibor berish niyatida. yevropa Ittifoqa Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan tiklash loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyor ekanligini bildirmoqda.
Qadim zamonlarda paydo bo‘lgan va uzoq davrlar mobaynida globallashuv tomon evolyusiyada bo‘lgan terrorizm uchinchi ming yillik boshiga kelib bashariyat tamaddunining mavjud bo‘lishiga xavf-xatar tug‘dirayotgan dahshatli vayronkor kuchga aylanib bormoqda. Butun jahonda terrorchilik harakatlari soni, ko‘lami va shafqatsizligi oshib borayotgani ushbu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlamokda. Binobarin, terrorchilar rahbarlarining yalpi qirg‘in qurolini o‘z qo‘llariga olishga intilayotganliklari to‘g‘risidagi bayonotlari alohida tashvish tug‘diradi.
Jahondagi avval tarqoq bo‘lgan terrorchilik guruhlari XX asrning 60-80 yillarida faol aloqa o‘rnatishga kirishishdi, yagona tashkilot bo‘lib birlasha boshlashdi, ya'ni terrorchilik xalqaro tus kasb etdi. Bu jarayonda OAV katta rol o‘ynadi. Manfaatdor xorijiy kuchlar e'tiborini tortish yo‘li bilan o‘zining yoki o‘zgalarning hukumatiga ta'sir ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘lgan chog‘da, boshqacha aytganda, terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi faktni jahon OAV orqali xalqaro jamoatchilikka yetkazish mumkin bo‘lgan paytda «an'anaviy» terrorizm xalqaro terrorizmga aylana boshladi. Hozirgi xalqaro terrorizmni jahon OAVsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ular tufayli terrorizm sayyoramizning istagan nuqtasidagi vaziyatning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi.
Terrorizm insoniyatning doimiy hamrohi bo‘lib, hozirgi zamon­ning eng xavfli va oldindan bilib bo‘lmaydigan ijtimoiy-siyosiy hodisalari jumlasiga kiradi.
Bugungi kunda terrorizm muammosi butun dunyoda eng dolzarb, ko‘p muhokama etiladigan muammolardandir. Sayyoramizda tobora xilma-xil shakl va tahdidli darajada miqyos kasb etayotgan ushbu jahonshumul ofat tegib o‘tmagan mamlakat ham, joy ham yo‘q. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Zero terrorizm O‘zbekistonni butun dahshati va oqibatlari bilan o‘z domiga tortganiga bu yil 12 yil to‘ldi. 1999 yil 16 fevralda Respublika poytaxti — Toshkent shahrida hayotiy muhim ob'ektlarda kishilar qurbon bo‘lgan bir nechta portlatish sodir qilindi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov terrorizm, ekstremizm va ularni oziqlantirib turgan narkobiznes faqat O‘zbekistonda yoki Markaziy Osiyo mintaqasida emas, balki butun jahonda xavfsizlikka taxdid solib kelayotganini ko‘p ta'kidlagan. Yurtboshimiz 1993 yildayoq BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu haqda bong urib, O‘zbekistonning bu boradagi mavqyeini bayon etgandi. «O‘zbekiston ekstremizmni, terrorizmni, har qanday ko‘rinishdagi diniy fanatizm va aqidaparastlikni qatiyan qoralaydi», — degandi Prezidentimiz. O‘sha minbardan turib, nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli vaziyatlarga yong‘in hidi endigina chiqayotgan paytda emas, balki batamom lovullab ketganda, bartaraf etish qiyin bo‘lib qolgandan keyingina e'tibor bera boshlashlarini qayd etib, jahon hamjamiyatini mojarolar kuchayishining oldini olish maqsadida ko‘p hollardagi befarq. Kuzatuvchi rolidan faol tinchlikparvar nuqtai nazarga o‘tishga da'vat etgandi. O‘zbekiston Prezidenti mintaqaviy mojarolar haqida gapirib, terrorizmning yoyilishi O‘zbe­kistonning milliy xavfsizligiga tahdid solibgina qolmay, balki Markaziy Osiyoda ham, global darajada ham barqarorlikni mustahkamlash ishiga putur yetkazishini takror-takror aytmokda. Jahon miqyosida halokatli holatlarni keltirib chiqarishga qodir bo‘lgan haqiqiy vayronkor kuch ko‘proq ayni shu hodisalar zamirida yotadi. Zero terrorizmning millati ham, chegarasi ham yo‘q.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov fikricha, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm keltirib chiqaradigan xavf-xatar, birinchidan, aqidaparastlikni yoyish orqali dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qqa chiqarishda, ezgulik yo‘lidagi o‘zgarishlarning ustuvor shartlari bo‘lgan barqarorlikni, milliy, fuqarolararo va millatlararo totuvlikni buzishga urinishda namoyon bo‘lmoqda. Aqidaparastlarning maqsadi demokratiyani, dunyoviy davlatni, ko‘p millatli va ko‘p dinli jamiyatni obro‘sizlantirishdan iborat.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling