Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet75/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Qishloq xo‘jaligida mamlakat hududining 44% dan foydalaniladi; uning 19% haydaladi, 1% ga yaqini sug‘oriladi. 1954 – 60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarning o‘zlashtirilishi natijasida Qozog‘iston g‘alla yetishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sug‘oriladigan yerlarda g‘allachilik bilan birga go‘sht-jun qo‘ychiligi va go‘sht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. G‘allachiliqda, asosan, bug‘doy yetishtiriladi. Shuningdek, paxta, kungaboqar, zig‘ir, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, cho‘chqa, qo‘y va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi.
Transportida temir yo‘llar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yo‘llari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash ko‘li, Irtish, Ural, Sirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. «Eyr Qazaqstan» havo yo‘llari kompaniyasi mavjud.
Qozog‘iston chetga neft, tabiiy gaz, qora metall, mis, g‘alla, ko‘mir va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Germaniya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992 yil ikkala davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlari o‘rnatildi. 1997, 2001, 2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning Qozog‘istonga, 1994, 1998 yillarda Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboevning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi. 1998 yil 31 oktyabrda ikki davlat o‘rtasida imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi.
Davlatlar o‘rtasida gumanitar sohadagi hamkorlik to‘g‘risidagi mana shu shartnoma, 1994 yil 10 yanvarda imzolangan Madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, ta'lim, turizm va sport bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, 1998 yil 31 oktyabrda O‘zR Xalq ta'limi vazirligi bilan Qozog‘iston Respublikasining Ta'lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik to‘grisidagi muassasalararo bitimiga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 yilgacha ikki davlat o‘rtasida ikki tomon uchun ahamiyatli bo‘lgan 166 hujjat imzolangan, 2004 yil O‘zR bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 425,9 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport 184,7 mln. AKSh dollarini, import 241,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Turkmaniston - agrar-industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50%, qishloq xo‘jaliginiki 18%, xizmat ko‘rsatish sohasiniki 32%, Sanoatining yetakchi tarmoqlari: gaz va neft qazib chikarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yog‘-moy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdog‘, Turkmanobod, Mari, Gugurtdog‘da issikliq elektr stansiyalari barpo etilgan. Yiliga o‘rtacha 10,5 mlrd.kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chikarish va uni qayta ishlash Turmanistonning g‘arbiy rayonlarida olib boriladi, Cheleken g‘arbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazo‘choq, Naip, Shatlik, Gugurtdog‘ va b. Neftni qayta ishlash tarmog‘ida benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral o‘g‘it, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chiqariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar ta'mirlanadi, markazdan ko‘chirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chikarish, qorako‘l oshlash, pillachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim o‘rin tutadi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdog‘, Bayramali va b.
Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i – dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy o‘rin egallaydi. Vohalarda va tog‘ yon bag‘irlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bug‘doy, arpa, sholi, oq jo‘xori va makkajo‘xori, yem-xashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bog‘ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari bo‘ylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Tog‘li joylarda qoramol, qo‘y, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda korako‘lchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xo‘jaligi rivojlangan.
Transporti. Temir yo‘llarining uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yo‘llar uzunligi 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti – Turkmanboshi. Turkmanboshi – Boku, Bekdash – Boku yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘lli dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema qatnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka – Turkmanboshi, Cheleken – Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. Turmaniston chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral o‘g‘it va b. chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, qora metallar, transport vositalari, kiyim-kechak, poyabzal, don, qand-shakar oladi. Rossiya, Ukraina, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qozog‘iston bilan savdo kiladi. Turkmanistonning O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 17,3% ortdi va O‘zbekistonning tashqi savdosidagi ulushining 1,3% ni tashkil etdi. Pul birligi – manat;
Tojikiston agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi 25%, sanoatniki 35%, xizmat ko‘rsatish sohasiniki 40%.
Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar 4,3 mln. gektar, shundan ekikzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i - dehqonchilik bo‘lib, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotining 65% ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish yetakchi o‘rinni egallaydi. Bog‘dorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli, ekinlar, zig‘ir, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari ekiladi, g‘alla va sholi ham yetishtiriladi. Tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarining sug‘oriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish yaxshi yo‘lga ko‘yilgan. Tojikistonning barcha hududlarida, ayniqsa, tog‘ yon bag‘irlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qo‘y, echki, parranda, yilqi boqiladi.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yengil (paxta tozalash, ip gazlama, shoyi, tikuvchilik, gilam to‘qish), oziq-ovqat (meva konservasi, yog‘-moy va b.), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib chiqarish va boyitish, alyuminiy ishlab chiqarish va b.), konchilik, kimyo sanoati (mineral o‘g‘it, plastmassa ishlab chiqarish), mashinasozlik, metallsozlikdan iborat. Tojikistonda osh tuzi, qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, gaz qazib olinadi; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Elektroenergetika sanoati rivojlangan: Norak, Rogun va b. GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga o‘rtacha 17 mlrd. kVt soat).
Temir yullarini uzunligi 490 km, avtomobil yo‘llari uzunligi 13 ming km. 1991 yilda tashkil etilgan «Tojikiston» aviatsiya kompaniyasi samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining Moskva, Samara, Novosibirsk, Olmaota, Bishkek, Ashxobod va b.shaharlariga hamda BAA (Sharja), Pokiston (Karachi), Afg‘oniston (Qobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xo‘jand va Xorugga uchadi. Dushanbe va Xo‘jand shaharlarida xalqaro aeroport bor.
Tashqi savdoda dunyoning 66 mamlakati, xususan, MDH davlatlari, Afg‘oniston, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Tojikiston chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, ho‘l meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Chetdan iste'mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Pul birligi - somoniy.
Keyingi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikistonning savdo-iqtisodiy aloqalari birmuncha rivojlandi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida Tojikistonning ulushi 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 24,7% oshdi va 2,2% ni tashkil etdi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hayotida ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqa xalqlarini dunyoda rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling