Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Energoresurslardan hamkorlikda foydalanish bilan bog‘liq integratsion jarayonlar. J


Download 0.9 Mb.
bet79/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Energoresurslardan hamkorlikda foydalanish bilan bog‘liq integratsion jarayonlar.
J Dunyoda energoresurslardan birgalikda foydalanish to‘g‘risida so‘z borar ekan, shuni aytish lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro tabiiy gaz bazorida barqarorlikni ta'minlashda sezilarli rol o‘ynamoqda. Gaz qazib olishning rivojlanishi bilan uning urni ham o‘sib boradi, bunda xalqaro energetika bozoridagi vaziyat qo‘l keladi.
Dunyo miqyosida energetik xom-ashyoga bo‘lgan talabning ortishi bilan asosiy yetkazib beruvchilar o‘rtasida konlar hamda neft va gaz transportirovkasi yo‘nalishlarini boshqarish uchun raqobat avj olib boradi. Uglevodorod yetkazib beruvchi mamlakatlarning birlashish harakatlari va energetika siyosati koordinatsiyasi ushbu tendensiyalarga o‘ziga xos javob bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiiy gaz qazib olish va eksport qilishni oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan mintaqa barqarorlik va energetika bozorlarining rivojlanish bashoratidan manfaatdor. Ushbu muammoning yechimi barcha qiziquvchi tomonlarning birgalikdagi xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Shu ma'noda “ShHT energetika klubi” yaxshi potensialga ega. Bu respublikalar mintaqaviy va xalqaro energetika tizimi va dastavval, uning gaz segmentida kattagina o‘rinni egallagan. Oxirgi yillarda mintaqada tabiiy gaz qazib olish o‘smoqda hamda gaz zahiralarmning ko‘payishi kuzatilmoqda. Bu energetika sohasiga davlat miqyosidagi e'tibor va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash chora-tadbirlarining sharofatidir. Puxta o‘ylangan davlat siyosati natijasida energetika sektori xorijiy neft-gaz kompaniyalarining diqqat-e'tiborini tortib, ular mintaqadagi turli energetik loyihalarga investitsiya kiritmoqdalar.
Ayniqsa, Rossiya va Osiyo qit'asi mamlakatlari faollik ko‘rsatmoqdalar.
Bugungi kunda Rossiya kompaniyalarining faqatgina O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika majmuasiga kiritgan investitsiyasi 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Xususan, “Gazprom” va LUKOYL O‘zbekiston bilan istiqbolli gaz strukturalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishgan, LUKOYL 330 mlrd mZ tabiiy gaz zahirasiga ega, narxi 1 milliard dollardan ko‘proq bo‘lgan “Shodi-Kandim-Havzak” loyihasida faoliyat yuritmoqda.
O‘z navbatida, “Gazprom” 2006 yilning yanvarida “O‘zbekneftgaz” bilan Ustyurt hududining yetti investitsion blokining geologik tadqiqoti hamda mamlakat g‘arbidagi bir qancha konlarning mahsulotlarini taqsimlash prinsiplarini belgilab beruvchi ikkita shartnoma imzolagan. 2007-2011 yillarda “Gazprom” geologiya-tadqiqot ishlari va konlarni ishga tushirish uchun 610 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashni ko‘zda tutmoqda. Ayni paytda Rossiya koytserni “Shoxpaxta” konini ishga tushirish oldi loyihasida faoliyat yuritmoqda. 2004 yilda ushbu kondan 200 million m3, 2005 yilda esa 500 million m3 atrofida gaz qazib olindi. 2006 yilda ushbu ko‘rsatkich 1 milliard m3ga yetdi.
“Gazprom” gaz sotib olishda O‘zbekistonning eng yirik hamkoridir. Strategik hamkorlik haqidagi shartnomaga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” MXK va “Gazprom” o‘rtasida O‘zbekistondan Rossiyaga 2004 yilda 7 mlrd m3 2005 yilda 8,15 mlrd m3, 2006 yilda 10 mlrd m3 atrofida gaz eksport qilindi.
Ayniqsa, beshta kompaniya - «O‘zbekneftgaz», LUKOYL, CNPC (Xitoy), KNOC (Janubiy Koreya) va Petronas (Malayziya) ishtirokidagi Orol dengizining O‘zbekiston qismidagi konlarning geologik tadqiqot ishlariga tayyorgarliq ko‘rish hamda ishga tushirish bo‘yicha xalqaro konsorsiumning faoliyatini alohida qayd etish joiz.
Rossiya va Osiyo mamlakatlarining O‘zbekistonga bu qadar e'tibori ularning gaz konlarini izlash va gaz qazib olishni moliyalashtirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar, shuningdek, allaqachon 3 trln kubmetrni tashkil qiluvchi tabiiy gaz zahiralarining o‘sishi tufayli mamlakatimizning xalqaro energiya, ta'minotidagi o‘sib borayotgan o‘rnini juda yaxshi tushunishlari bilan izohlanadi. Bunda qazib chiqarish mumkin bo‘lgan zahiralar hajmi yana 5 trln.m3 miqdorida baholanmoqda.
Shuningdek, qo‘shimcha faktorlar bilan birga, O‘zbekistonning gaz resurslariga nisbatan xorijiy energetiklar e'tiborining kuchayishiga bir qancha uzoq muddatli harakterdagi tendensiyalar belgilanayotgan xalqaro energetika bozoridagi vaziyat ham yordam bermoqda.
Global energetika bozori taraqqiyotida bir qancha asosiy xal qiluvchi tendensiyalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Birinchi navbatda, xalqaro iqtisodiyotda tabiiy gaz va neftga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi bo‘lib, bu XXI asr boshidagi asosiy muammolardan biri sifatida baholanmoqda. Tahlilchilarning bashoratlariga qaraganda, yaqin 15-20 yil ichida xalqaro miqyosda neft iste'mol qilish yiliga kamida 2-2,5 mln barrelga o‘sib boradi. Agar 2002 yilda xalqaro talab kuniga 78 mln barreldan tashkil qilgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib bu ko‘rsatkich 103 mln barrelga, 2025 yilda esa 119 mln barrelga yetib borishi mumkin.
Tabiiy gazga bo‘lgan talab ham mana shunday yuqori, jahondagi yirik davlatlarning ekologik vaziyatni yaxshilash muammolaridan tashvishdaligini hisobga olsak, uning ahamiyati ham oshib boradi. Tabiiy gazga bo‘lgan talab 2025 yilgacha yiliga 2,5% ga o‘sib borishi bashorat qilinmoqda. 2025 yilda gaz iste'mol qilish bugungi 3 trln m3 dan 5,2 trlnga o‘sishi va bu global energiya iste'molining 28% ini tashkil etishi kutilmoqda.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling