Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Sinszyan aholisi tarkibi (2000y)
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Umuman olganda, Sharqiy Turkistonga xitoyliklarni ko‘chirish jarayonlarini 5 bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin: Birinchi bosqich - 1949-1953 yy. O‘lka aholisi o‘sishi bu yerga Uemobilizatsiya qilingan Xitoy Xalq ozodlik armiyasi askarlarining ko‘chib kelishi hisobiga ro‘y berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1951 yilda xitoyliklar o‘lka aholisining 10% ini tashkil qilgan bo‘lsa, 1952 yili bu raqam 11%ga ko‘tarildi. Ikkinchsi bosqich – 1954-1957 yy. 1954 yilda Sinszyan ishlab chiqarish qurilish Korpusi tuziladi. Buning natijasida mintaqaga xitoyliklar ko‘chib kelishi kuchaydi. Xitoy hukumati korpusga o‘lkaning obikor yerrlarining 1/3 qismini beradi. Uchinchi bosqich -1957-1961 yy. Besh yil davomida Sharqiy Turkistonga jami 1 million 224 ming kelgindi xitoyliklar ko‘chirib olib kelindi. 1959 yilning o‘zidayoq ko‘chib keluvchilar soni 511 ming kishini tashkil etgan edi. Bu davrda xitoylik aholi soni o‘sishi tempi 252,85%, dung‘onliklarniki 171,49%ni tashkil qildi. 1962 yilda 200 mingdan ortiq kishi o‘lkani tark etishga majbur bo‘ldi. To‘rtinchi bosqich - 1963-1966 yy. 1962 yilda Langjou-Urumchi temir yo‘l magistrali qurilishi nihoyasiga yetdi. Endilikda xitoyliklar Sharqiy Turkistona oilalari bilan ko‘chib kela boshladi. Angliyada nashr qilinadigan “Central Asia Review” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 1953-1967 yillar davomida Sharqiy Turkistona 1 million 256 ming xitoylik joylashtirilgan bo‘lsa, ularning 55%i 1962 yilgi temir yo‘l qurilishidan so‘ng ko‘chib kelgan edi.7 Xitoyning boshqa viloyatlaridan xitoyliklarning bu yerga ommaviy ko‘chib kelishi tufayli o‘lkadagi xitoyliklar salmog‘i1949 yilgi 35%dan 1966 yilga kelib 45%ga yetdi. Xitoyliklar ko‘chishining asosiy oqimi 1949-1976 yillarga to‘g‘ri keldi. Xitoyliklarning tinimsiz ko‘chib kelishi va unumdor yerlarni egallab olishlari o‘lka tub aholisi orasida g‘azab va nafratni keltirib chiqardi. Bu davrda juda ko‘p nizoli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.8 Beshinchi bosqich. Xitoyda olib borilgan iqtisodiy islohotlar mobaynida ham xitoyliklarning bu yerga migratsiyasi txtamadi. Bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. 90-yillar boshlaridan boshlab xitoyliklar Sharqiy Turkistonning janubiy va g‘arbiy rayonlarini “o‘zlashtirish”ga kirishdilar. Migrasion jarayonlar shundoq ham og‘ir bo‘lgan ekoologik vaziyatni battar yomonlashtirimoqda. Ichki Xitoydan jinoyatchi unsurlarning o‘lkaga ko‘chib kelishi mahalliy aholi orasila jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Eng ko‘p axloq tuzatish koloniyalari Sharqiy Turkiston janubida (Oqsuv, Qoshg‘ar va Xo‘tan shaharlarida) joylashgan. Xitoy hukumati o‘lkaga xitoyliklarni ko‘chirib olib kelib, bu yerdagi milliy-ozodlik harakatlarini bo‘g‘ish payida bo‘ldi. Mahalliy tub aholi xitoy hukumati olib borayotgan bunday diskriminasion siyosatga qarshi bir necha bor norozilik bildirib, qo‘zg‘olonlar uyushtirdi. XXR tomonidan “ochiq eshiklar siyosati” qo‘llanila boshlagach, 70-yillar oxirlaridan boshlab, chet elliklar uchun ilgari yopiq bo‘lgan ba’zi shaharlar ochila boshlandi. 1978 yilda Urumchi va Shixeszi, biroz keyin Turfan, 1984 yilda esa Qoshg‘ar shaharlari “ochiq shaharlar” deb e’lon qilindi. 1986 yilda bunday shaharlar safiga Hami, Chanszi, Korla, Oqsuv va Ortush 1988 yilda esa G‘ulja, Bole, Chuguchak va Quytun shaharlari ham qo‘shildi. Hozirgi kunda Sharqiy Turkiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegarada o‘ndan ortiq savdo punktlariga ega. 1993 yildan boshlab, Sharqiy Turkistonning tashqi savdo bilan shug‘ullanadigan kompaniyalari soni bir necha yuztaga yetdi. Shulardan 209 tasi xitoy oldi chegaralarida joylashgan. Turli zavod, fabrika va magazinlar ishga tushirilib, o‘zaroiqtisodiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iston 50 ga yaqin iqtisodiy va ilmiy loyihalarni imzoladilar. 1992 yil 6 iyunda beshta shimoli-g‘arbda joylashgan viloyatlarni taraqqiy ettirishga bag‘ishlangan butunxitoy majlisida Xitoy bosh vaziri Li Pen quyidagilarni ta’kidlagan edi: “...Xitoyning shimoli-g‘arbidagi viloyatlar qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishlari lozim, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirishlari kerak. Shunda shimoli-g‘arbiy hududlar rivojlanishi yanada tezlashadi...”. 1995 yilda poytaxt Urumchi shahrida Qozog‘iston milliy aviakompaniyasi “Eyr Kazaxstan”ning vakolatxonasi hamda aviayo‘lovchilar uchun viza tayyorlash punkti ochildi. Bundan avval 1989 yilda ikki davlatni birlashtirgan “Urumchi-Olma-Ota” temir yo‘li magistrali ishga tushurilgan edi. Shinjon-Uyg‘ur tumani bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi arafasida boshlangan bo‘lib, 1991 yil 26 iyulda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan XXR ning Shinjon-Uyg‘ur tumani o‘rtasida savdo bitimi imzolangan. Bu jarayonlarda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida birodarlashgan Shinjon-Uyg‘ur tumani bilan Andijon viloyati Asaka shahrining birodarlashgan shaharlar sifatida rasman qayd qilinishi, 2002 yilda Shinjon-Uyg‘ur tumani markazi Urumch ishahrida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun “xalqaro bozor”ning ochilishi ikki mamlakat xalqlari iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga zamin hozirladi.9 Xitoy umumiy yer maydoning 1/6 qismini egallagan Sharqiy Turkiston (Sinszyan muxtor viloyati) shimoliy-g‘arbiy mintaqada joylashgan bo‘lib maydoni 1mln 664ming kv kmni tashkil etadi. Bu yerlar qadimgi Buyuk Ipak yo‘lining muhim tayanch markazlaridan biri hisoblangan. 2000 yilgi statistik ma'lumotlarga ko‘ra Sinszyannning aholisi 19mln 250ming kishini tashkil etadi. Bundan xan (xitoy) millatiga mansub bo‘lmagan aholi 10 mln 969ming kishini tashkil etadi. Bu yerda 47ta millat istiqomat qiladi: uyg‘ur, xan(xitoy), qozoq, qirg‘iz, hui, mug‘ul,tojik,o‘zbek, man, daur, sibo, tatar, rus va bosh. Iqtisodiy hayot. XX asrning 80-yillarida xitoyda o‘tkazilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati tufayli viloyat qishloq xo‘jaligi ham katta yutuqlarga erishadi. Qishloqda yangi texnologiyalardan foydalanishga o‘tildi. 2001yilga kelganda viloyat Xitoy umumiy ichki mahsulotidagi ulushi 1485.48 (100mln) yuanni tashkil etadi. 1952 yilga solishtirganda 41.9 barabarga oshadi. Yillik o‘rtacha o‘sish esa 8 % ni tashkil etadi. Aholi daromadi 1952 yil 166 yuandan 2001 yil 7913 yuanga yetadi. 1955 yil viloyat tuzilgan vaqtda uning yalpi ichki mahsuloti 1.73.07 (100 mln)ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2000 yilga kelganda 101.9 martaga ko‘paydi. 2001 yilga kelganda qishloq texnikalari 880.85 (10 ming) kilovatt quvvat bilan, ekin maydoni miqdori esa 3404.12 ming gektarni tashkil etgan qishloqda ishlatiladigan elektr energiyasining miqdori 25.45 (100 mln)ming kilovattni tashkil etgan, bu esa 1955 yilga nisbatan 1 barobarga ko‘p, degani edi. Oziq ovqat mahsulotlari, paxta, poliz ekinlari ishlab chiqrish nihoyatda oshdi. Oziq ovqat mahsulotlari 796 (10 ming) tonna, paxta 157 (10 ming) tonna, poliz mahsulotlari ishlab chiqarish esa 455 (10 ming) tonnage oshdi. Viloyat xitoy bozorida paxta, ipak, piva, tomat sousi, qand lavlagi, poliz mahsulotlari ishlab chiqarish buyicha 1- o‘rinni egallaydi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ham bu yillarda takomillashdi, xususan, neft, neftni qayta ishlash, temir, kumir, elektr energiyasi ishlab chiqarish, to‘qimachilik, qurilish mollari, kimyo mahsulotlari, farmatsevtika mahsulotlari, yengil sanoat, oziq ovqat mollari ishlab chiqarilishi yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilmoqda. Suv omborlarini qurishga ham katta ahamiyat berildi, xususan, Xitoyning eng katta ichki daryosi hisoblangan 2000 km dan uzun bulgan Tarim daryosi bo‘yida ulkan suv omborlari quriladi: Qizil suv ombori, Xo‘tan suv ombori kabilar. 2000 yilga kelganda 485 ta suv ombori qurib bitkaziladi, suv saqlanish miqdori esa 67.16 (100 mln) kub metrdir. Bu esa 1949-yilga nisbatan 200 martaga ko‘p edi. Transport tizimi. Xitoy xalq respublikasi tashkil topishidan avval bu yerda asosan transport eski ko‘rinishda mavjud edi. Hayvonlar transport vazifasini bajarib bergan. 1962 yilning oxiriga kelganda Lan Jou va Sinszyan temir yo‘li Urumchigacha yetib keldi. 1984 yil temir yo‘llar uzunligi 476 km bo‘lgan Turfan va Kurlya temir yo‘li qurib bitiriladi, 1990 yilga kelganda 460 km bo‘lgan Urumchi -Alashan temir yo‘li quriladi. Bu Xitoy uchun Markziy Osiyoga o‘tishni temir yo‘l orqali bo‘lishini taminlab berdi. 1999-yil 975 km bulgan janubiy Sinzyang temir yo‘li: Kurlya-Qoshg‘ar quriladi. Umumiy temir yul uzunligi 3010 km ga yetdi. Asr boshida Sinszyanda avtomobil yo‘llari judayam kam bo‘lgan, 2001yilga kelganda 85- 90ming kmga yetdi. Taklamakon cho‘lidan o‘tgan avtoyo‘l dunyodagi eng uzun cho‘l orqali o‘tgan yo‘l hisoblanadi. Qattiq qoplamali aviayo‘llar ham viloyatni Markaziy Osiyoni turli qismlari bilan bog‘lashga xizmat qiladi: Moskva, Olmota, Toshkent, Islomobod va boshq. Viloyatda jami 11 ta aeroport mavjud bo‘lib, aviayo‘llarning umumiy miqdori esa 161 ming 800 km ni tash etadi. Telekomunikatsiya. Viloyatda 90-yillarda 262 ming telefondan foydalanuvchi xonadon mavjud bo‘lgan. Raqamli internetdan foydalanish 2000 yillardan boshlab keng ko‘lamda amalga oshirilib kelinmoqda. 2001yilga kelganda Xitoy savdosida yaqqol, o‘ringa ega bo‘lgan viloyat dunyoning 119 ta davlat va mintaqalari bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi, bu esa Xitoyni Markaziy osiyo va yevropa bilan bog‘lanishida muhim setrategik ahamiyat kasb etdi. Eksport-import hajmi yiliga 17.7(100mln) $ ni tashkil etadi. Sharqiy Turkiston o‘lkasining xitoylashtirish siyosati amalga oshish jarayoni XX asrning 80- yillaridan viloyatni o‘zlashtirish natijasida amalaga oshirilib kelingan, bu esa bir tomondan viloyatdagi umumiy manfaatlar qarama- qarshiligiga sabab bo‘lib keldi. Viloyatda aholi o‘sishi yiliga 13 % ni tashkil etsa, xitoylarning viloyatdagi yillik usishi 8% ni tashkil etadi. Diniy bag‘rikenglikka asosan viloyatda 1982 yildan buyon 88 ta diniy uyushma faoliyat yuritmoqda. Viloyatda islom dinining din ulamolarini yetishtirish maqsadida islom madrasalari ham faoliyat olib bormoqda. Diniy adabiyotlar tarjimasiga ham katta ahamiyat berilgan. Xucusan islom diniga oid bir nechta adabiyotlar Quron xitoy, uyg‘ur qozoq tillariga tarjima qilingan, yana bir necha diniy gazeta va jurnallar tashkil etildi, “Xitoy musulmonlari” kitobi nashrdan chiqdi. Sharqiy Turkistonda fan va madaniyat. Madaniy sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar XXR tuzilgan vaqtda viloyatda 1 ta ham madaniy truppa mavjud bo‘lmagan edi. 2001yilga kelganda viloyatda 89ta madaniy truppa faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘plab madaniyat maktablariga asos solindi: Uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, hui, tojik, uzbek, mug‘ul kabi millatlarning o‘zining madaniyat truppalari mavjud. Viloyatda hozir 81 ta davlat kutubxonasi, 23 ta muzey,41 ta televidenya,viloyat aholisining 91,3 % televedinyani tomosha qiladi. 90,3% aholida televizor bilan taminlangan. “Tyanshan kamalagi”, “Muhammad pioner” kabi san'at asarlari ko‘plab mukofotlarga ega bo‘ldi. Hozirda “Bizning Sinszyan go‘zal joy” teatr truppasi faoliyat olib bormoqda. 2000 yilga kelib, gazetalar 1952-yilga nisbatan 4 turdan 98 turgacha oshdi. Sog‘liqni saqlash borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Xususan 1949-yil viloyatda tibbiy birlashmalar soni 54 tani tashkil etgan, unda 696 ta kasal davolangan, har 10 ming sinzyanlikkka 1,6 kasalxona joyi va 0,19 shifokor to‘g‘ri kelgan. Hozirgi kunga kelib esa 7309 ta tibbiy birlashma bor, ulardan 1357 tasi kasalxona, ularda 71ming joy mavjud, 97500 shifokor ishlaydi. Sinjyan aholisini o‘rta yoshi 71.1 ga oshib, o‘lim kamayib tug‘ilish oshdi. Aholi ijtimoiy taminoti va farovonligi 2001yilga kelganda har bir 100 oilaga 122 velosiped, 93.3 televizor, 22.1 kir yuvish mashinasi, 53.1 magnitafon 1985 yilga solishtirganda 78.4%, 8.3 marta, 9,5 marta, 6,1 martaga ko‘paygan. Xitoy konstitutsiyasiga binoan, har bir millat o‘z diniga ega bo‘lishi va uni rivojlantirishi mumkin xitoy hukumati har qanday tartibli diniy tadbirni rivojlanishiga ko‘mak beradi. 18 yoshga kirgan har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga egadir. Turli, ko‘p millatli xalqning jipslashuvi uchun 1983–yildan beri viloyat hukumati har oy madaniy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Viloyatda qozoq, hui, tojik, mug‘ul, sibo kabi millatlarni 5 ta avtonom tumani va 6ta ma'muriy birliklari o‘z ichiga olgan. Xulosa qilib aytganda, XX asr oxiri XXI asr boshlarida Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston o‘lkasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir necha hukumat almashdi. Siyosiy ixtiloflar,iqtisodiy inqirozlar yuz berdi. Ammo, mazkur o‘lkalardagi yurtning istiqboli va kelajagiga ishongan ma'rifatli insonlari o‘z xalqini ma'nan va ruhan ko‘tarib, madaniy va ma'naviy sohalarda muayyan ijobiy ishlarni amalga oshirdilar. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling