Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Ikkinchi muhim tendensiya kelajakda global neft, tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish tizimida Osiyo segmentining ortib borishi hisoblanadi. 2004-2005 yillarda birinchi marta Osiyodagi neft iste'moli Janubiy Amerikadagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketdi. Osiyodagi energiya iste'moli shu qadar yuqoriki, yaqin 10-15 yil ichida mintaqa mamlakatlariga xalqaro miqyosda uglevodorod xom-ashyosi iste'moli ortishining yarmi to‘g‘ri kelishi mumkin. Osiyo bozoridagi ob-havoning asosiy obrazini uch mamlakat - Xitoy, Yaponiya va Hindiston belgilab beradi.
Xitoy bozori neft iste'molining umumiy hajmi buyicha Yaponiyadan o‘zib ketib keyingi ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. To‘rtinchi tendensiya - asosiy uglevodorod import qiluvchilari orasidagi xom-ashyo manbalari, neft va gaz transportirovkasi yo‘nalishlari va infratuzilmalari uchun raqobatning ortib borishi. Shu o‘rinda Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi atrofidagi o‘yinlar diqqatga sazovor, Mintaqa mamlakatlarining asosiy hamkori haligacha Rossiya bo‘lib, Markaziy Osiyo uglevodorodi eksportining asosiy qismi mazkur mamlakat hududi orqali o‘tadi. Oxirgi yillarda Rossiya kompaniyalari mintaqaning qazib olish sohasidagi o‘z o‘rnini sezilarli darajada kuchaytirib oldi. Shu bilan birga, Xitoy ham o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda – u “Otasu - Alashankou” Alashankou» neft quvurining qurilish loyihasini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali qozoq nefti XXR shimoli-g‘arbidagi neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazib beriladi. Xitoy kompaniyalari Qozog‘istonning neft konlariga kengroq yo‘l ochish bo‘yicha faol strategiya yuritmoqdalar. Bundan tashqari, Pekin G‘arbiy Qozog‘iston va Turkmanistondan tabiiy gaz, importini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘zda tutmoqda, buning uchun esa Xitoy bozoriga yo‘naltirilgan gaz quvurlari tarmog‘i qurilishi mumkin. Amerika va yevropa kompaniyalari ham Markaziy Osiyo va Kavkazda uglevodorod qazib olish va uni transport orqali tashish soxasidagi vaziyatni hal qilib beruvchi muhim omillardan biriga aylandi. G‘arbning qiziqishlari Qozog‘iston va Ozarbayjonning neft qazib olish tarmog‘ida kuchli namoyon bo‘ladi. AQSh va YeI ikkita loyihani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi – “Baku-Tbilisi-Jayhon» neft quvuri va «Baku-Arzirum» gaz quvuri o‘tkazildi. Hozirgi vaqtda g‘arb kompaniyalarining neft va tabiiy gazni Qozog‘iston va Turkmanistondan Ozarbayjon va YeIga yetkazib beruvchi transkaspiy yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishga qiziqishi ortib bormoqda. Beshinchi tendensiya – uglevodorod yetkazib beruvchi mamlakatlarning birlashish harakatlari va energetika siyosati koordinatsiyasi. Oxirgi tashabbuslar orasida “Gaz OPeK” tashkil qilish taklifi hamda Venesuela taklif qilgan Lotin Amerikasi gaz Ittifoqi loyihasini tilga olish mumkin. Bunday ittifoqlarning bosh maqsadi - xom-ashyoni baholashdagi va xalqaro neft va gaz bozoridagi vaziyatni shakllantirishda yetkazib beruvchilarning ustunligini o‘rnatish. Buning ostida ham jiddiy siyosiy motivatsiyalar bor. Ko‘pchilik ekspertlarning fikriga qaraganda, kelajakdagi energetika siyosatiga eng katta ta'sir o‘tkazuvchi ittifoq Rossiya, Eron, Qatar, Jazoir, Trinidad va Tobago ishtirokidagi “Gaz OPeK” bo‘ladi. Bunday kartelning yaratilishi xalqaro energetika bozoriga ta'sir qiladi va uglevodorod eksport qiluvchi mamlakatlarning manfaatlarini sezilarli darajada kuchaytiradi. Bundan tashqari, u xom-ashyo yetkazib berish tizimiga ta'sir qilishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, “Gaz OPeK”ning tashkil qilinishi suyultirilgan tabii gaz savdosini o‘stirib, quvur orqali yetkazib berishning ulushini pasaytiradi. Bir qator baholarga binoan, kartel tufayli 2020 yilga kelib xalqaro gaz savdosidagi STGning ulushi 40-45% ga yetishi mumkin, bu esa eksport qiluvchilarga ishlab chiqarish va narxlashni koordinatsiyalash, yetkazib berish strategiyasini takomillashtirish, eng avvalo, siyosiy xarakterini tushunish va boshqarish imkoniyatini beradi. So‘zsiz, yuqorida aytib o‘tilgan tendensiyalar bevosita yoki bilvosita O‘zbekistonning energetika siyosatiga o‘z ta'sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, chunki mamlakat Markaziy Osiyo mintaqasining “yuragi”da joylashgan hamda uning hududidan o‘zbek za turkman gazini yevropa va Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berishni ta'minlovchi “Markaziy Osiyo-Markaz” singari muhim energetik kommunikatsiyalar o‘tadi. Bundan tashkari, O‘zbekiston va uning gazi Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonning energetik havfsizligi tizimida muhim o‘rin tutadi. Shu bilan bog‘liq ravishda tashqi “o‘yinchilar”ning xom ashyo manbalari va uning transportirovkasi yo‘nalishlari, bevosita Markaziy Osiyo mobaynida beqaror hududning kengaytirilishi kabi tendensiyalar respublika energetika strategiyasining umumiy yo‘nalishlariga ziddir. Markaziy Osiyo davlatlari barqaror bozorning mavjudligi va umuman, xalqaro energetika bozoridagi barqarorlikdan manfaatdor, negaki bu muammo tabiiy gaz qazib olish va eksport qilish, xorijiy sarmoyani jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olgan xolda, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va Markaziy Osiyo mintaqasini barcha tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorligi hududiga aylantirish masalasi mintaqa davlatlarining asosiy maqsadlaridan biridir. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling