Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon


dedi IRCICA tashkiloti San’at va hunarmandchilik dasturi rahbari va Xattotlik bo‘limi mudiri Said Kasimoglu


Download 10.18 Kb.
bet3/4
Sana13.01.2023
Hajmi10.18 Kb.
#1090051
1   2   3   4
Bog'liq
Manbashunoslik

dedi IRCICA tashkiloti San’at va hunarmandchilik dasturi rahbari va Xattotlik bo‘limi mudiri Said Kasimoglu. – Bu san’at turlaridan biri xattotlikdir. Xattotlik – islom sivilizatsiyasi doirasida arab yozuvi asosida rivojlangan tasviriy san’at turlaridan biri hisoblanadi.
Islom kirib kelgan va tarqalgan jamiyatlarning madaniy merosida xattotlik san’ati alohida o‘rin tutadi. Men ishonamanki, islom olami xattotligi har doim musulmon jamiyatlarining madaniy hayotida alohida o‘rnini saqlab, har qanday madaniyat vakillari va san’at ixlosmandlari e’tiborini tortadi. IRCICA bu san’atni asl manbasi va an’anaviy tamoyillari bilan uyg‘un holda saqlash va rivojlantirish maqsadida ishlashni va tadbirlarni tashkil qilishni davom ettiradi.
Anjuman ishi davomida yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalar jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish jarayoni qizg‘in davom etayotgani ta’kidlandi. 
Darhaqiqat, yurtimizdagi umummilliy yuksalishlar, tarixiy uyg‘onish jarayonlarining ildizlari, uning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ularni ilm-ma’rifatga da’vat etish borasida sezilarli qadamlar tashlanmoqda. Muqaddas islom dini bilan bog‘liq boy merosni ilmiy tadqiq etish, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni innovatsion usullar orqali targ‘ib qilinmoqda.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini keng targ‘ib qiluvchi, mamlakat tarixining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda o‘rganuvchi, uni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi hamda moddiy-madaniy meros namunalari, islom dini bilan bog‘liq qadimiy va boy an’analarni targ‘ib qiluvchi ilmiy-ma’rifiy maskan bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Qizg‘in munozara, savol-javoblar ostida o‘tgan onlayn-anjuman yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Hamkor tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy aloqalarni yanada davom ettirish borasida fikrlar almashildi. Konferensiyaga taqdim etilgan ma’ruzalar alohida to‘plam holida chop etilishi, unda yoshlarning ilmiy maqolalari ham o‘rin olishi ta’kidlandi.
– Imom Moturidiy olimlar tomonidan buyuk mutakallim, qomusiy alloma va ulug‘ mutafakkir sifatida e’tirof etiladi. Uning bilish nazariyasini birinchilardan bo‘lib kalom ilmiga kiritishi hamda o‘z ta’limotida aqlga alohida o‘rin ajratishini ushbu sohada o‘ziga xos burilish nuqtasi bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U asos solgan moturidiylik ta’limoti paydo bo‘lgan davridan hozirgi kunga qadar muhim amaliy ahamiyat kasb etib kelyapti. U zot “Musahhih e’tiqod ahli sunna” – “Ahli sunna e’tiqodining to‘g‘rilovchisi” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, – 
Download 10.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling