deydi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Davronbek Maxsudov. – Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Markaz ilmiy jamoasi tomonidan klassik islom manbalarining tadqiqi yo‘nalishida Imom Moturidiyning Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-, Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqh ilmiga oid “Hidoya” asari 1-juzining o‘zbek tilidagi ilmiy izohli tarjimasi, Mulla Ali Qori “Sharh al-Fiqh al-akbar” asarining o‘zbek tilidagi tarjimasi kitob holida nashr etildi. Ayni vaqtda “Ta’vilot al-Qur’on” asari 28- va 27-juzlarining tarjimalari yakunlangan. Shuningdek, misrlik taniqli moturidiyshunos olim va Markazning bosh ilmiy xodimi Ahmad Sa’d Damanhuriy bilan hamkorlikda alloma qalamiga mansub “Kitob at-tavhid” asarining, Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanayotgan 3651-raqamli yagona qo‘lyozma nusxasi asosida zamonaviy nashri tayyorlanmoqda.
Markaz istiqbolda xalqimiz qalbidan munosib joy egallab, ularga sof islom ta’limotini yetkazish, moturidiylik ta’limotiga oid asarlarning ilmiy izohli tarjimalarini yaratish, dunyo va yurtimiz kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma manbalar katalogini yaratish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |