Tarix darslari ishlanmasini yaratish metodikasi


Download 55.19 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi55.19 Kb.
#1403516
  1   2
Bog'liq
Tarix darslari ishlanmasini yaratish metodikasi


Tarix darslari ishlanmasini yaratish metodikasi
Darslik matni ustidagi ishlar o’quv materialini o’zlashtirish va uni esda saqlab qolish o’quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. SHuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani, tayyor tarixiy tushunchalar ta’rifini o’z­lashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish an’analarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o’zlashtirish va aniqlashtirish, lug’at ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bo’lmagan yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida programmalashgan ta’lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko’zda tutiladi.
O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimi tajribasida darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud:1. Tushuntirib va izohlab o’qish. 5-sinfda “Tarixdan hikoyalar”ni o’rganishda va 6-sinfda “Qadimgi dunyo tarixi”ni o’qitishning dastlabki oylarida o’qituvchi butun mavzu yoki uning biror bo’limini goh bayon qiladi va goh darslik matnini o’qib, tushuntirib beradi. O’qituvchi matnni murakkab joylariga kelganda hikoyasini to’xtatib, matnni ovoz chiqarib ohista o’qib beradi, o’quvchilar esa matnga qarab kuzatib borishadi, tushunish oson joylarni o’quvchilarning o’zlariga ham o’qitish mumkin. Matnni o’qish jarayonidayoq uning mazmunini o’quvchilar tomonidan tushunish darajasi tekshiriladi. “Qani Rustam aytib bergin-chi, mana bu abzatsdagi «eng qadimgi odamlar jamoasi odamlar to’dasi»— degan jumlani qanday tushunasan? Eng qadimgi odamlarning hozirgi odamlardan farqinichi? O’qituvchi ana shu tariqa savollar berib o’zining bayoni davomida darslik tekstiga tez-tez murojaat qilib, undagi yangi iboralar, terminlarni, qiyin jumlalar maz­munini tushuntirib beradi. Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarni dars­lik tekstini e’tibor berib, tushunib o’qishga o’rgatadi, ularning darslik matnini puxta o’rganib olishning ahamiyatini anglab olishlariga yordam beradi, uyda darslik ustida mustaqil ishlashlariga tayyorlaydi. O’quvchilar tarixiy materialni tushunib, matnni o’qishda ma’lum darajada malaka hosil qilganlaridan keyin matnning eng muhim va qiyin joylarini izohlab o’qishga o’tiladi. Izohli o’qish ham o’qituvchining bayoni bilan birga olib boriladi. O’qituvchining o’z bayoni davomida darslik matnini, xususan matndagi ayrim murakkab joylarni izohli o’qish usuli hamma sinflarda, hatto o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida ham qo’llaniladi.
2. O’qituvchi o’z bayonida o’quvchilar diqqatini darslik matnidagi ayrim jumlalar va iboralarga jalb etadi. Masalan, o’qituvchi 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi”dagi «CHorvachilik va dehqonchilikning boshlanishi»—degan mavzuni hikoya qilib berayotganda, darslikda “Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi ibtidoiy odamlar hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi», yoki «Qadimgi Misrning tabiati va aholisining mashg’ulotlari»—degan mavzuni hikoya qilishdan oldin, darslikning «Odamlarning zo’r berib qilgan mehnati tufayli, Nil vodiysining qiyofasi o’zgarib borganligi, Misr odam yashashi uchun deyarli yaroqsiz bo’lgan bir joydan aholisi gavjum bo’lgan dehqonchilik mamlakatiga aylanganligi» haqidagi jumlalarga o’quvchilarning diqqati jalb qilinib, so’ngra ularning ma’nosi tushuntirib beriladi.
3. Darslik matni mazmunini o’zlashtirishda uning har bir paragrafini tahlil qilish va ular ustida o’quvchilarning mulohazalarini uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga darsda o’tilayotgan paragraf matnida qo’yilgan muammolarni va uning tematik tuzilishiini ajratib berishni topshiradi yoki o’quvchilar oldiga: «mana bu abzatsda nima haqda gapirilgan?» «unga qanday sarlavha qo’ysa bo’ladi?» degan savol qo’yiladi. Bu yo’l bilan o’quvchilar matnni e’tibor bilan o’qib, undagi bosh masalalarni ikkinchi darajadagi masalalardan aj­ratib olishga, ular asosida reja tuzishga o’rganadi.
4. O’quvchilar bob, paragraf va undagi punktlarni bir-biridan ajrata bilishga o’rgatiladi. O’qituvchi yangi materialni bayon qilishdan oldin o’quvchilarga shu paragraf ichidagi kichik sarlavhalarni o’qishni tavsiya qiladi va darsni bayon qilish rejasi bilan tanishtiradi, ularning mazmuni va ifodalanishidagi tafovutlarning sabablarini izohlab beradi. O’qituvchi o’zining ba­yoni davomida kichik sarlavhalar ichidagi mavzularga takror-takror qaytishi mumkin. Ayniqsa yangi tushunchalarga duch kelinganda shunday bo’ladi.
5. Darslik matni mazmunini bevosita o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan ishlar. Bu darslik matni ustida olib boriladigan ishning markaziy masalasidir. Bu ishlar matnni tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy faktlarga baho berish, ular o’rtasidagi sabab va boshqa aloqalarni ochib ko’rsatish va ularni taqqoslashdan iboratdnr. Bu ishlar quyidagi metodik usullar bilan:
a) har bir paragraf yoki mavzu mazmunining eng muhim masalalari yuzasidan test tuzdirish yo’li bilan;
b) o’qituvchi bergan savollarga o’quvchilarning darslik matnidan javob topish yo’li bilan;
v) darslik matnidan o’qituvchining xulosasini tasdiqlovchi faktlarni toptirish yo’li bilan;
g) darslik matnida bayon etilgan voqealarning bir-biriga o’xshashligini, farqlarini aniqlash yo’li bilan;
d) tasdiqlab berishni talab qiladigan vazifalar bilan amalga oshiriladi.
6. Darslik matni ustida ishlashning muhim elementlaridan biri — o’quvchilarni uyda ishlash uchun beriladigan vazifasini bajarishga o’rgatishdir. O’quvchilar bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun topshirilgan vazifaning mazmunini va uni baja­rish yo’lini yaxshi anglab olishlari shart. Binobarin, o’qituvchi uy vazifasini topshirishda, uning xarakterini belgilashda o’quvchi­larning bilim va malakalarini e’tiborga olishi, har gal beri­ladigan vazifa oldingidan ko’ra murakkab bo’lishi va shu bilan ularning bilimlari va malakalari oshib borishiga xizmat qilishi lozim. Reja tuzish, shunga muvofiq hikoya qilishga o’rgatish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob topish, jadval, sxema, diagrammalar tuzdirish va boshqa xil grafik ishlarni bajarish uy vazifasini ijodiy va mustaqil bajarish namunalaridir.
7. O’quvchilarni darslik matnidan zarur joyni tez topa bi­lishga o’rgatish ham ta’limning muhim elementidir.
8. O’quvchilarning faol aqliy faoliyatining muhim metodlaridan biri, ularning o’qituvchi bayon qilgan yangi materialni o’z­lashtirishda mavjud bilimlarni ishga sola bilishidir. Har bir darsda o’quvchilarni mavjud bilimlardan foydalana bilishga o’rgatish lozim. O’quvchilar olgan bilimlarini esdan chiqarib yubormasliklari uchun vaqti-vaqti bilan ularning e’tibori darslik matniga qaratiladi.
9. Uyda ishlab kelish uchun berilgan topshiriqlarni o’quvchilar qanday bajarganliklarini tekshirishda ma’lum bo’lgan, og’zaki yoki yozma javoblaridagi xatolarni, aniqsizliklarni to’g’rilash uchun ham darslik matniga murojaat qilinadi.
SHunday qilib, darslik matni ustidagi ishlar turli xil me­todik usullar yordamida, o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida — materialni o’zlashtirish, bilimlarni mustahkamlash, o’zlashtirish darajasini tekshirish paytlarida olib boriladi va hokazo.
Tarixiy hujjat avvalo, o’qituvchining bayonini konkretlashtirish, chuqurlatish va unga aniqlik kiritish uchun xizmat kiladi, bayonning ishonchli va emotsional bo’lishini ta’minlaydi, o’tmishning yorqin obrazlarini, tarixiy voqealarning yaxlit manzarasini gavdalantirishga, o’rganilayotgan davr xususiyatlarini anglab olishga yordam beradi. Hujjat ustida ishlash o’quvchilarni faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda aniqlashga, ularni puxta anglab olib, xulosalar chiqarishga o’rgatadi. SHu bilan birga hujjat ma’lum vaziyatni aniqlashga, uni ahamiyatini bilib olishga, ularning bilish faoliyatini, fikrlashini faollashtiradi, o’quv ishlari faoliyatining yangi usullari bilan qurollantiradi, xujjatni tushunib olish malakasini hosil qiladi.
Tarixiy hujjatlar bilan ishlashning yana bir muhim tomoni shundaki, bu ish o’quvchilarni tarixiy tadkiqot metodining elementlari bilan tanishtiradi hamda ularni tarixiy hujjatlarga tanqidiy qarashga o’rgatadi.
O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida ta’limning yangi mazmuni amalga oshishi munosabati bilan tarix o’qitishda tarixiy hujjatlarning roli yanada oshdi. Yangi dastur asosida yozilgan darsliklar mazmunining aso­siy qismini tarixiy hujjatlar tashkil etadi. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda ham tarixiy hujjatlar bilan ishlash zaruriy bo’lib qoldi. SHuning uchun ham bu ish o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimi tajribasida ommaviy tus oldi.
Darsliklardagi tarixiy hujjatlar har bir sinfdagi o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, o’sha sinfda o’rganiladigan tarix kursining xususiyatlariga qarab kiritilgan. SHu sababdan darsliklardagi tarixiy hujjatlar o’zlarining harakteri, ko’lami va mazmuni jihatidan bir-biridan farq qiladi.
6-sinf o’quvchilarining yoshi, bilimi va ularning tarixiy hujjatlar bilan deyarli birinchi marta tanishishlarini e’tiborga olib, darslikka asosan hikoya va tavsiflab berish xarakteridagi hujjatlar kiritilgan. “Qadimgi dunyo tarixi” darsligiga kiritilgan hujjatli manbalarni asosan uch guruhga bo’lish mumkin: 1) moddiy madaniyat buyumlari, 2) tasviriy san’at asarlari, 3) yozma manbalar.
1)
Download 55.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling