Markaziy osiyoda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi


Turkiston o'lkasida ilk sport to'garaklarining


Download 30.64 Kb.
bet6/6
Sana25.10.2023
Hajmi30.64 Kb.
#1720130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Markaziy osiyoda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi

2.2 Turkiston o'lkasida ilk sport to'garaklarining
Turkiston umumta'lim boshqarmasi huzurida jismoniy madaniyat Markaziy Kengashi tuzildi. Uning maqsadi barcha jismoniy madaniyat tashkilotlarini birlashtirish va mehnatkashlarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlariga yordamlashish edi. 1921 yilda II O'rta Osiyo olimpiadasi bo'ldi. Unda yengil atletika, og'ir atletika (boks, kurash, shtanga), basketbol, gimnastika, futbol va shaxmat bo'yicha sportchilar musobaqalashishdi.
1922 yilda Toshkentda maktablarga qarashli 2 ta sport maydonchasi bo'lib, ularda 2 ming kishi sport turlari bilan shug'ullanadi. Turkiston o'lkasi bo'yicha 4 ming 797 jismoniy madaniyatchi bo'lib, shundan 382 tasi xotin-qizlar edi. Mahalliy millat sportchi xotin-qizlari esa deyarli yo'q edi. O'lka jismoniy madaniyat Kengashi hisobida 2 ta gimnastika zali, 34 ta sport maydonchasi mavjud edi.
1924 yilga kelib, Turkistonda jismoniy madaniyatchilar soni ancha ko'paydi. Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 48 ta sport to'garagi bo'lib, ularda 3500 kishi shug'ullangan.
1924 yilda umumturkiston olimpiadasi tashkil etildi. Unda Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand va boshqa viloyatlarning sportchilari ishtirok etdi. Sirdaryo viloyati g'oliblikka erishdi. Bu olimpiada Turkiston o'lkasining so'nggi yirik sport musobaqasi sifatida tarixda eslab o'tiladi. Chunki 1924 yilning oxirida Turkiston muxtor Respublikasi O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va 1928 yilda Tojikiston respublikalariga ajratildi.
1924 yil 27-oktabrda O'zbekiston sovet respublikasi tashkil qilingan edi. O'sha davrda barcha ishlarga ittifoq miqyosidagi idoralar, tashkilotlar tomonidan ko'rsatma berilar edi. Shu sababli 1918-1924-yillarda asosan, Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Buxoro shaharlaridagi temiryo'l ishchi xodimlari, zavod-fabrikalari, ba'zi bir rus maktab yoki gimnaziyalarida sport klublari tashkil etilgan edi. U joylarda futbol, boks, velosiped, yengil atletika kabi sport turlari bo'yicha to'garaklar tashkil etilib, musobaqalar uyushtirilar edi. Tarixiy manbalarning tasdiqlashicha, bu musobaqalarda mahalliy millat vakillari deyarli ishtirok etishmagan.
1923 yilda «Dinamo» sport jamiyatining tashkil qilinishi Samarqand va Toshkent shaharlarida turli o'yin maydonlari, ayniqsa, «Dinamo» o'yingohlarining qurilishiga (1925—27 y.) asos soldi. Shu sababdan, mahalliy millat vakillari ham rus xalqi olib kelgan futbol, voleybol, sakrash, yugurish, granata uloqtirish mashqlari bilan shug'ullanadi. Mahallalarda terma jamoalar tuzilib dam olish kunlari, bo'sh vaqtlarda o'zaro musobaqalar uyushtirish odat bo'lib qoldi.
1927 yilda 1-Umumo'zbek spartakiadasi tashkil qilinib, futbol, yengil atletika, kurash, gimnastika kabi sport turlari bo'yicha terma jamoalar tayyorlandi. O'zbekiston sport vakillari 1928 yilda Moskvada 1-Butunittifoq spartakiadasida qatnashdi. Bunda O'zbekistondan 193 sportchi ishtirok etib, bulardan 44 kishi mahalliy millat sportchilari edi. Dunayev O., Ovsyannikov I., Tikunova hamda Murashko, Rikovalar yaxshi natijalar ko'rsatdi. O'sha davrlarda respublikada, uning joylarida jismoniy madaniyat va sportni tashkil etish, uni aholi o'rtasida targ'ibot qilish ishlarida S.S.Asfandiyorov - O'lka fizkultura Kengashi raisi, Xidiraliyev - Turkiston Markaziy Ijroiya komitetining raisi, Testeles N.M. kabi boshliqlar katta faoliyat ko'rsatdilar.
1927 yil Toshkentda 1-Umumo'zbekiston spartakiadasi o'tkazilgan va respublika sportchilarining Moskvadagi 1-Umumittifoq spartakiadasida (1928) ishtirok etishi o'quvchi va ishchi yoshlar o'rtasida sportning rivojlanishiga ijobiy ta'sir o'tkazdi. Shuningdek, ittifoq va respublika partiya va hukumatining qator qarorlari (1925, 1929, 1930) jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, unga rahbarlik qilish yo'llarini takomillashtirishga katta yo'l ochib berdi.
1929 yilda «Pravda Vostoka» va «Komsomoles Uzbekistana» gazetalari sovrini uchun birinchi marta yirik estafeta tashkil etildi. Unda turli tarmoqlarning sportchilari faol ishtirok etdi. «Dinamo», «Pechatnik», «Svyazist», «Jeleznodorojnik», «Kafanova», «Metallist», «Stroitel» kabi sport jamoalaridan 500 kishi qatnashdi. Shu yili Farg'onada «Krasniy sportintern» stadioni qurib, ishga tushirildi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, milliy kurashga ham alohida e'tibor berildi. 1929 yil Qo'qonda 1 jismoniy madaniyat milliy bayrami bo'lib o'tadi. Unda kurash bo'yicha polvonlar ko'rigi tashkil etiladi.
Xulosa qilib aytganda, sovet mustamlakachiligining dastlabki yillarida (1917-1924) Turkiston Respublikasida Yevropa jismoniy madaniyati va hozirgi zamon sport turlari shakllandi. Markaziy Osiyoda, O'zbekiston sovet respublikada (1924 y.) o'quv yurtlarini tashkil qilish, yoshlarni kasbga tayyorlash, ishchi yoshlarning salomatligini yaxshilash hamda ularni sportga jalb etishda ancha ilg'or tajribalar to'plandi.?
Turkiston o'lkasida jismoniy tarbiya va sport bo'yicha qanday muhim tadbirlar o'tkazildi?

Xulosa
O'rta asr davrida Zamaxshariy, A. Juijoniy, Muhammad Solix, Ali Shoshiy, Imom Buxoriy, Abdurahmon Jomiy, Sakkokiy, Vasifly singari ilm-urfon hamda madaniy arboblarning yetishib chiqqanligini bilamiz. Bunday buyuk allomalar orasida ulug' bobomiz Alisher Navoiyning (1441-1501) o'mi alohida ahamiyatga egadir.


Alisher Navoiyning daholigi Sharq klassik adabiyotida an'ana tusini olgan yirik asar-xamsachilikda namoyon bo'ldi. U 1483 yilda «Xamsaning birinchi dostoni» «Hayratul-Abror» (yaxshi kishilaming hayratlanishi). 1484 yilda «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai Sayyor», (Yetti Sayyora), 1485 yilda «Saddi Iskandariy» (Iskandar Devori) dostonlarini yozdi. Bu dostonlarda qahramonlar siymosida xalqning ezgu- niyatlarini namoyish qilish bilan birga, ularning botirligi, jangovorligi qo'rqmasligi, yuksak darajada tarannum etiladi. Birgina Farhod siymosida yoshlarning bilim va hunar o'rganishi, mehnat orqali cho'llaiga suv chiqarish, zabardast, kuchli qo'llari bilan toshlarni o'yish kabi jasoratlar madh etilgan.
Yuqorida qayd qilganimizdek, temuriylar orasida davlatni idora qilish, madaniy-marifiy jihatdan tarixda katta o'rin egallagan Zahriddin Muhammad Boburdir. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiqroq hukm surgan.
Boburning otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurning nabirasi, Faig'ona davlatining hokimi bo'lgan. Bobur yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqqan, Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» (Sher) taxallusini olgan. Otasining vafotidan keyin (1494 y.), 12 yoshida taxtga o'tiigan. Qisqa qilib aytganda, u taxt uchun bo'lgan kurashlarda mag'lubiyatga uchrab, o'z yaqinlari va askarlari bilan Afg'oniston, Hindistonga yurish qiladi va bir umr o'sha yerda qolib ketadi. U o'z hayoti, zamonasi va barcha voqealarni «Boburnoma» asarda yozib qoldirilgan. Unda Hindikush tog'laridan otda uzoq mamlakatlarga o'tgani, tog'u-toshlarda chiniqish uchun yalangoyoq yuigani, kuch- g'ayrat to'plab jang qilgani haqida hikoya qiladi.
Taniqli adib Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar», «Bobur», «Avlodlar davoni», tarixiy romanlarida faqat tarixiy voqealar, Bobur hayotinigina emas, balki o'sha davr madaniyati, urf-odatlari, mashaqqatlarga bardosh berishi, jismonan chidamli va kuchli bo'lishlik kabi ijtimoiy-tarbiyaviy tomonlarga katta e'tibor bergan. Bu esa hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarni vatan tuyg'usi, uni himoya qilish, jangovarlik ruhini mustahkamlashda xizmat qiladi.
Buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va undan keyingi davrdagi hokimiyatni boshqaruvchilar o'z jangchilarini faqat jang qilish san'atinigina emas, balki ularni jangovorlik ruhida tarbiyalashning asosiy mazmuni jismonan kuchli, epchil, chaqqon, chidamli bo'lishga ham o'rgatganlar. Bunga yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya vositalarini maqsad yo'lida ishlatganlar. ,
Xulosa qilib aytganda, uzoq va yaqin o'tmishimizda xalqimizning jismoniy madaniyati mazmun jihatdan ijtimoiy-tarbiyaviy sohada o'ziga xos milliy xususiyatlar bilan boyib kelgan. Ularning tarixiy yo'nalishlari hamda ilmiy-nazariy jihatlarini o'quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida mukammal o'rganishlarini davr talabalari asosida ta'minlash bugunning dolzarb muammolaridan biridir
Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling