Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi
Yahudiy marosimlari va bayramlari
Download 392 Kb.
|
Doniyorov Samandarning Dinshunoslik fanidan 3 Mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekistonda konfessiyalar aro bagri bagrikenglikning tarixiy ildizlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yahudiy marosimlari va bayramlari.
Yahudiylar o‘zlarining Yahvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagogada ham birday olib boriladi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo‘yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xor shaklida olib boriladi. Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Yahudiylikda bir necha tur oziq-ovqatlar, asosan cho‘chqa, quyon, qo‘shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o‘laksaxo‘r qushlar kabi ba’zi hayvon go‘shtlarini eyish taqiqlanadi. Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Peysax (Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o‘laroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo‘zichoq go‘shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo‘lmagan go‘daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o‘z uylarining peshtoqini o‘sha qoni bilan bo‘yab o‘zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar. Yahudiylar pasxa bayramidan keyingi yetti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir – masa yeydilar. Masani yeyish bilan har bir yahudiy Muso boshchiligidagi o‘z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14-kuni (aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi) nishonlanadi. O'zbekistonda konfessiyalar aro bag'ri bag'rikenglikning tarixiy ildizlari Bizning mamlakatimiz azal-azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makon sifatida dunyo sivilizatsiyasi tarixida alohida mavqega ega. Bu muborak zaminda bizning ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan qaraganlar, mana shu yurt ozodligi yo'lida ular bilan birga kurash olib borgani, yelkadosh bo'lib mehnat qilganini hech kim inkor qila olmaydi. Ma'lumki, Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma xil dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o'xshash bo'lmagan turli xalqlar, millatlar, yashagan va yashab kelayotgan o'lkadir. Qadim zamonlardan bizning yurtimizda zardushtliylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo'lgan. VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom dini mahalliy xalqlarning axloq g'oyalari, huquqiy me'yorlari va urf-odatlari bilan uyg'unlashib, hozirgi O'zbekiston mintaqasida o'z bag'rikenglik xususiyati bilan ajralib turuvchi hanafiy mazhabi ta'limoti hamda ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me'yorlar uzul- kesil qaror topdi. Mustaqillik yillari O'zbekistonda ushbu tarixiy an'anaga yangicha rux bag'ishlagan holda turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab- asrashga, barcha fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo'nalishda boshqa davlatlarga namuna bo'ladigan boy tajriba orttirildi. Bugun O'zbekistonda 2239 ta diniy tashkilotlar, jumladan, 2065 ta musulmon, 157 ta xristian, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy, 1 ta Krishnani anglash hamda 1 ta Budda ibodatxonasi va O'zbekiston Bibliya jamiyati kabi diniy tashkilotlarning o'zaro hurmat va hamkorlik asnosida faoliyat yuritib kelayotgani, davlatimiz tomonidan yuzlab masjid, cherkov, ibodatxona, ziyoratgoh va osori-atiqalar asl ko'rinishida ta'mirlanib, diniy tashkilotlar ixtiyoriga berilgani, dindorlarimiz muqaddas ziyoratlarni bajarishlari uchun alohida g'amxo'rlik ko'rsatib kelinayotgani, diniy ta'lim tizimi izchil rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgani yuqoridagi fikrning yorqin dalillari hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: fayllar.org uz.wikipedia.org Download 392 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling