Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi


Download 392 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi392 Kb.
#1160083
  1   2   3
Bog'liq
Doniyorov Samandarning Dinshunoslik fanidan 3 Mustaqil ishi


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi Filiali“Kompyuter Injiniring “ Fakulteti I-Bosqich
KI-!2_21Guruh talabasi Doniyorov Samandarning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan
REJA:
  • Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi
  • O’zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko’rinishlari
  • Yahudiy marosimlari va bayramlari
  • O’zbekistonda konfessiyalar aro bag’rikenglikning tarixiy ildizlari

Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi
Markaziy Osiyoga ilk rus pravoslavlarning kirib kelishi XIX asrning 40- yillaridagi Chor Rossiyasining Turkistonning shimoliy hududlarini
egallashi natijasida Turkistonga ruslarning ko’chib kelishi bilan bog’liq. Har bir polkda maxsus ruhoniylar bo’lib, askarlarning diniy ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ko’chma ibodatxonalar tashkil etilgan edi. 40-yillar
oxiriga kelib doimiy ibodatxonalar mahalliy paxsa uslubida qurila boshlaydi va 1850-yili Kopalda birinchi muqim ibodatxona bunyod
qilinadi.
1871-yilda Toshkent gospitali huzurida arxiyepiskop Yermogen
(Golubev) tomonidan pravoslav qarorgohi ta’sis etilgan. Bu ibodatxona
xozirgi Uspenskiy kafedral sobori o’rnida bo’lgan.
Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo’nalishi vakillarining kirib kelishiga 1879-yil 27-martdagi Rossiya imperatorining maxsus qonuniga ko’ra birinchi jahon urushida asrga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi turtki bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi.
Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga
qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkistonda 6,03 million
musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari, 10,1 ming pravoslaviyega
mansub bo’lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub kishilar tashkil etgan.
O’zbekistonda tarqalgan xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri protestantizmdir. Keyingi o’n yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida protestantizm yo’nalishiga qiziqish ortdi. Bunga, bir tomondan koreyslarning o’z qarindosh-urug’lari bilan diydor ko’rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishlari omil bo’ldi.

Download 392 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling