Markaziy osiyoning IX-XV asrlar tarxga oid yozma manbalar
Download 467.59 Kb.
|
7 markaziy osiyoning IX XV asrlarning tarixga oid yozma manbalar
Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasr va uning avlodi bilan musulmon ruhoniylari o’rtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Ahmad (1081-1089 yy.) davrida benihoyat kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh I 1089 yili Movarounnahrga qo’shin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin Saljuqiylar tez orada sulh tuzib, Movarounnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157 yy.), 1130 yildan boshlab, Qoraxoniylar unga tobe bo’lib qoldilar. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik kuchaydi – viloyat va o’lkalarning ko’pchiligi mustaqillik e’lon qildi. Ana shunday mustaqil viloyatlardan biri Buxoro bo’lib, bu yerda hokimiyat Sadrlar (Burhoniylar) deb ataluvchi ruhoniylar sulolasi (1130-1207 yy.) qo’liga o’tdi
Qoraxoniylar inqirozga yuz tutgan va Movarounnahr tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan paytda uning shimoliy-sharqiy va g’arbiy tarafida ikki yirik harbiy siyosiy kuch paydo bo’ldi. Bulardan biri qoraxitoylar bo’lib (etnik tarkibi aniqlanmagan), ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ularning asli tungus, ayrim olimlarning fikricha –mo’g’ul edi. Ular XII asr boshlarida dastlab Chug’uchak, keyinchalik Bolosog’un shahri bilan birga butun Yettisuv vohasini ishg’ol qildilar. Qoraxitoylarning oliy hukmdori shurxon deb atalgan. Yana bir yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda shakllandi. Ilgari Saljuqiylarga tobe bo’lgan Xorazm 1127 yili mkstaqillikka erishdi.
Download 467.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling