Katta yer egaligi munosabatlarining rivojlanishi, mahalliy yer egalari bilan byurokratik apparat, katta yer egalari bilan ijarachi dehqonlar o’rtasidagi ziddiyatlar natijasida o’zaro feodal kurash va yirik yer egalarining ayirmachilik-ajralib chiqishga bo’lgan harakati kuchayib ketdi. - Katta yer egaligi munosabatlarining rivojlanishi, mahalliy yer egalari bilan byurokratik apparat, katta yer egalari bilan ijarachi dehqonlar o’rtasidagi ziddiyatlar natijasida o’zaro feodal kurash va yirik yer egalarining ayirmachilik-ajralib chiqishga bo’lgan harakati kuchayib ketdi.
- X asr oxirlariga kelib feodal tarqoqlik yanada kuchaydi, Hamadon, Isfahon va Rayda Buvahiylar, Tabariston va Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar, 962 yilda Somoniylarning Ғaznidagi noibi Alptakin ham mustaqillik e’lon qildi. Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar, shuningdek, Chag’oniyon va Xorazm ham somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar.
- Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandachilikdan Qoraxoniylar ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning shimoliy tarafidagi barcha yerlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg’ol etib, Somoniylar hukmronligiga barham berdilar.
- Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy qismida tashkil topgan feodal davlatga asos solgan sulola) 996-999 yillari Nasr ibn Ali (1012-yili vafot etgan) boshchiligida butun Movarounnahrni egalladi. Faqat Somoniylar lashkarboshisi Abu Ibrohim Ismoil (Muntasir) 1001 yilgacha Qaroxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun kelolmadi.
Nasr ibn Alidan keyin Movarounnahrni Iligxon Ali takin(1034 yilning kuzida vafot etgan) idora qildi. 1025 yili Koshg’ar xoni Qodirxon (Tamg’ochxon) bilan Mahmud Ғaznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnahr ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarqandni qoldirib cho’lga chekinishga majbur bo’ldi. Ittifoqchilar Movarounnahrda o’zlarining harbiy-siyosiy mavqelarini mustahkamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bo’ldilar. - Nasr ibn Alidan keyin Movarounnahrni Iligxon Ali takin(1034 yilning kuzida vafot etgan) idora qildi. 1025 yili Koshg’ar xoni Qodirxon (Tamg’ochxon) bilan Mahmud Ғaznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnahr ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarqandni qoldirib cho’lga chekinishga majbur bo’ldi. Ittifoqchilar Movarounnahrda o’zlarining harbiy-siyosiy mavqelarini mustahkamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bo’ldilar.
- 1032 yili Xorazm hukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) ham urinib ko’rdi, lekin uning barcha harakatlari zoe ketdi. Tarixiy manbalar, masalan Abulfazl Bayhaqiy bergan ma’lumotlarga qaraganda, Ali takindan keyin taxminan 1040 yilga qadar uning o’g’illari hukmronlik qildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasr hukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini O’zganddan (Farg’ona vodiysidan) Samarqandga ko’chirib olib keldi. Uning vafotidan keyin o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasrning Shams ul-mulk Nasr ismli o’g’li g’olib chiqdi.
- Shams ul-mulk Nasr davrida (1068-1080-yy.) Qoraxoniylar va Saljuqiylar o’rtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomg’ochxon Qodir Yusuf va uning o’g’illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlarni hamda Farg’onani undan tortib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |