Markaziy osiyoning IX-XV asrlar tarxga oid yozma manbalar


Download 467.59 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi467.59 Kb.
#1387842
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 markaziy osiyoning IX XV asrlarning tarixga oid yozma manbalar

Somoniylar yirik yer egalari, nufuzli ruhoniylar hamda yirik savdogarlarning ko’magiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barham berdilar, Ila vodiysida va Sirdaryo bo’ylarida ko’chib yurgan qorliqlarning Movarounnahrning ichki tumanlari ustiga qilib turgan xurujlariga barham berdilar(893 y.). Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga yo’l ochdi.

  • Somoniylar yirik yer egalari, nufuzli ruhoniylar hamda yirik savdogarlarning ko’magiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barham berdilar, Ila vodiysida va Sirdaryo bo’ylarida ko’chib yurgan qorliqlarning Movarounnahrning ichki tumanlari ustiga qilib turgan xurujlariga barham berdilar(893 y.). Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga yo’l ochdi.
  • Bu sulola davrida markaziy davlat boshqaruvi birmuncha takomillashdi. Amir davlatni o’nta muassasasi (devon): devoni vazir (Bosh mahkama), devoni mustavfiy (moliya ishlari mahkamasi), devoni omid ul-mulk (insho va elchilik idorasi), devoni sohib shurat (amir gvardiyasi ishlari bilan shug’ullanuvchi idora)13, devoni sohib barid (pochta ishlari mahkamasi), devoni mushrif (o’ziga xos davlat xavfsizligi idorasi), devon ad-diya (amirning yer-mulkini boshqaruvchi idora), devoni muxtasib (shariat ishlari mahkamasi), devoni vaqf (vaqf ishlarini nazorat qiluvchi idora), devoni quzzot (qozilik mahkamasi) yordamida boshqargan. Lekin, davlatni boshqarishda turk amirlarining roli juda katta bo’ldi.

Somoniylar davrida hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, Ғazni, Hirot va Toshkent kabi yirik, taraqqiy etgan shaharlar misolida ko’ramiz. Bu davlat Hazar xoqonligi, Bulg’or xonligi, Rus va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari birmuncha rivoj topdi.

  • Somoniylar davrida hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, Ғazni, Hirot va Toshkent kabi yirik, taraqqiy etgan shaharlar misolida ko’ramiz. Bu davlat Hazar xoqonligi, Bulg’or xonligi, Rus va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari birmuncha rivoj topdi.
  • Bu davr ilm-fan va madaniyatning o’rta asr sharoitida benihoyat rivojlangan davri hisoblanadi. Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlar, Farobiy, Beruniy, Ibn Sinodek allomalar yetishib chiqdi.

Download 467.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling