O’zbekiston tarixini o’rganishda arab va fors manbalaridan foydalanish
Download 116.2 Kb.
|
Asad BMI
O’zbekiston tarixini o’rganishda arab va fors manbalaridan foydalanish O’RTA OSIYONING IX-XII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR Bag’dod xalifaligi vayronalarida tashkil topgan eng yirik feodallardan biri Somoniylar davlati (819-1005 yy.) edi. Bu davlatga Nuh ibn Asad (819-842 yy.) asos soldi, u ayniqsa X asrning birinchi yarmida, Ismoil ibn Ahmad davridan (892- 907 yy.) boshlab kuchaydi. Bu davrda Somoniylar, Movarounnahr, Xuroson, Eron, hozirgi Afg’onistonning katta qismi, shuningdek Toshkent, Turkiston va Sayram ustidan o’z hukmronligini o’rnatdilar. Somoniylar yirik feodallar, ruhoniylar hamda yirik savdogarlarning yordamiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barham berdilar. Ili vodiysida va Sirdaryo bo’ylarida ko’chib yurgan qarluqlarning Movarounnahrning ichki rayonlariga qilib turgan hujumlariga ham barham berdilar (893y.). Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga yo’l ochdi. Somoniylar davrida Markaziy boshqaruv tizimi bir muncha mustahkamlandi. Amir davlatni 10 ta muassasa (devoni) yordamida boshqardi. Somoniylar davrida hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni biz Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, G’azna, Hirot va Toshkent kabi yirik va taraqqiy etgan shaharlar misolida ko’ramiz. Bu davrda O’rta Osiyoning Xazar hoqonligi, Bulg’or xonligi, Rus va Xitoy bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari bir muncha rivoj topdi. Somoniylar davri ilm-fan va 72 madaniyatning O’rta Osiyo sharoitida benihoyat rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davr Rudakiy, Daqiqiy va Firdavsiy singari ulkan shoirlarni, Farobiy,Beruniy va Ibn Sinodek zabardast olimlarni yetishtirdi. Feodal munosabatlarning rivojlanishi natijasida o’zaro feodal kurash va mahalliy feodallarning ayirmachilik harakati kuchayib ketdi. Bu hol X asr oxirlariga kelib, feodal tarqoqlikni yanada kuchaytirdi, Hamadon, Isfaxon va Rayda Buvaxiylar, Tabariston va Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar. Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar, shuningdek, Chag’oniyon va Xorazm ham Somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar. Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandachilikdan Qoraxitoylilar ustalik bilan foydalandilar. Ular 996- yili Zarafshonning Shimoliy tarafidagi barcha yerlarni, 999-yili esa Buxoroni ishg’ol etib, Somoniylar hukmronligiga zarba berdilar. Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyan Shanning Janubiy qismida tashkil topgan feodal davlat asoschilari), yuqorida aytilganidek, 996-999 yillarda Nasr ibn Ali boshchiligida bostirib kirib, butun Movarounahrni bo’ysindirdilar. To’g’ri, Somoniylarning ayrim vakillari, masalan lashkarboshi Abu Ibrohim Ismoil 1001- yilgacha Qoraxoniylar bilan kurashdi, lekin bu kurash natija bermadi. Nasr ibn Alidan keyin Movaraunnahrni Iligxon Ali Takin (1034- y. vafot etgan) idora qildi. 1025- yili Qoshg’ar xoni Qodirxon (Tomgochxon) bilan Mahmud G’aznaviy (998-1030 yy.) birgalikda Movarounnahr ustiga yurish boshladilar, lekin amalga oshmadi,1032-yilda Movarounnahrda o’z hukmronligini o’rnatishga Xorazm hukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) ham urinib ko’rdi, lekin uning harakati ham natijasiz bo’ldi. Tarixiy manbalar (masalan, Abu Fazl Bayxaqiy) bergan ma‘lumotlarga qaraganda, Ali Takindan keyin taxminan 1040-yilga qadar uning o’g’illari hukmronlik qilgan. Ulardan keyin 1060-yilgacha Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasr hukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini O’zgandan Samarqandga ko’chirib keldi. U vafot etgandan keyin o’g’illari qonli kurash boshlandi. Bu kurashda Shamsulmulk Nasr ismli o’g’li g’olib chiqdi. Qoraxoniylar bilan Saljuqiylar o’rtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Timg’ochxon Qodir Yusuf va uning o’g’illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlarni hamda Farg’onani undan tortib oldilar. Saljuqiylardan Sulton Malikshoh I 1089 yilda Movaraunahrga qo’shin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin ular tez orada sulh tuzib, Movaraunahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldilar. Lekin Sulton Sanjar (1118-1157 yy.) davrida 1130 yildan boshlab Qoraxoniylar Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoldilar. 73 Qoraxoniylar hukumati inqirozga yuz tutgan va Movarounnahr feodal tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan bir davrda uning shimoliy-sharqiy va g’arbiy tarafida ikki yirik harbiy siyosiy kuch paydo bo’ldi. Bulardan biri Qoraxitoylilar, ikkinchisi yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda paydo bo’ldi, ilgari Saljuqiylarga tobe bo’lgan Xorazm 1127-yil mustaqillikka erishdi. XII asrning 30-yillari boshlaridan Qoraxitoylarning Movarounnahrga talonchilik yurishlari boshlandi. Ular Shosh va Farg’ona bilan kifoyalanib qolmay, hatto Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalariga kirib bordilar. Qoraxitoylilar 1138- yil Samarqand xoni Qoraxoniy Mahmudxonni (1132-1141 yy.) tor-mor keltirdilar va katta o’lpon olib Yettisuvga qaytib ketdilar. 1141-yil ular Samarqandga yaqin Katavon degan joyda Mahmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirib, Samarqand so’ngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Yettisuvdan Movarounnahrga ko’chib o’tmadilar, balki har yili o’lpon olish bilan kifoyalandilar. Xorazmning mustaqillikka erishuvi Otsiz (1127-1156 yy.) nomi bilan bog’liq. U qisqa vaqt ichida Sirdaryoning quyi oqimidagi Jand shahrini va Mankqishloqni egalladi. El Arslon (1156-1172 yy.) va Sulton Takash (1172-1200y.y) vaqtida Xorazmshohlar davlati kengaydi. Xorazmshohlar 1156-1192- yillar orasida Hind daryosidan Iroqqacha bo’lgan yerlarni bo’ysindirishga muvaffaq bo’ldilar. Xorazmshoh Muhammad (1200-1220 yy.) Xorazm davlatini yanada kengaytirdi – 1206 va 1212 -yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi. Lekin qurol vositasi bilan qurilgan bu davlat markazlashgan va mustahkam davlat emas edi. Bosib olingan mamlakatlar etnik jihatdan turlicha bo’lib, ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyot tepasida turgan shaxs tashabbussiz va shijoatsiz odam edi. Shuning uchun bu davlat mog’ullarning kuchli zarbasiga bardosh bera olmadi. Qoraxitoylilar, Qoraxoniylardan farqli o’laroq, bosib olgan yerlarga ko’chib kelmadilar, faqat o’lpon yig’ib olish bilan kifoyalandilar, lekin mehnatkash xalqning ahvoli og’ir edi. Shuning uchun ham bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qo’zg’olonlari ham bo’ldi. Qoraxitoylilar va ularning ittifoqchisi Sadrlarga qarshi 1206-yil Buxoro va Xorazmshohlarga qarshi 1212-yil Samarqandda bo’lib o’tgan Kosiblar qo’zg’oloni shular jumlasidandir. X-XII asrlarda O’rta Osiyoda ilm-fan, adabiyot bir muncha rivoj topdi; Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv va Xiva kabi shaharlar kengaydi. Download 116.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling