O’zbekiston tarixini o’rganishda arab va fors manbalaridan foydalanish


Download 116.2 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi116.2 Kb.
#1231559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asad BMI

Arab tilidagi manbalar.
Madoniy. Abulhasan Ali Ibn Muhammad al-Madoniy (840-yilda vafot etgan) yirik arab tarixchisi. Arabiston, Xuroson va O’rta Osiyoning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid ikki yuzdan ortiq asar yozgan. Jumladan, «Kitob al-mag’ozi» asarida O’rta Osiyoning arab istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi.
Al-Ya’qubiy IX asrda o’tgan yirik geograf va tarixchi olim. Al-Ya’qubiyning ikki yirik va muhim asari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Biri «Kitob al-buldon» (Mamlakatlar haqida kitob), ikkinchisi esa «Tarix» nomi bilan mashhur. Al-Ya‘qubiyning ikkinchi asari («Tarix») umumiy tarix tilida yozilgan bo’lib, sharq mamlakatlarida, shuningdek O’rta Osiyoni VII-IX asrlardagi tarixi bo’yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. 1990-1991- yillarda o’zbek xalqi hayotida moddiy jihatdan ancha qiyin kechgan bo’lsada, ammo nuqtai-nazardan juda barkamol bo’ldi. «Qur‟oni karim» ulamo Alouddin Mansur tomonidan zamonaviy o’zbek tiliga o’girildi. Ma‘lumki, Qur‘oni Karim Olloh Subhanahu va taolo janob payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salomga tushirilgan vahiylar to’plamidir.
Vahiylar deganda Olloh taoloning payg’ambarimizga jo’natgan diniy ko’rsatmalari tushuniladi. Qur‘oni Karim samoviy kitoblarning oxirgisidir. Yigirma uch yil ichida nozil qilingan bu shohiy kitobda 114 ta sura bo’lib, har bir sura u yoki undan ko’p oyatlardan tashkil topgan. Bu oyatlarda Olloh taolo olamdagi eng kichik zarralardan tortib, bo’lgan va bo’lajak tarixiy voqea va hodisalar to’g’risida janob payg’ambarimizga xabar bergan. Qur‘oni Karimda tilga olingan voqea va hodisalar ko’p va xilma-xil bo’lishidan tashqari ba’zan bitta masala xususida bir qancha suralarning bir qancha oyatlarida so’z yuritiladi, bu esa Qur‘oni Karimni to’liq yoddan bilmagan musulmon birodarimizga biroz qiyinchilik tug’diradi, chunki ma‘lum masala to’g’risida so’z yuritgan oyatni o’qigan, bu to’g’rida Yana bironta oyat bormikan deb taraddudlanib qolishadi. To’g’ri har bir ziyoli musulmon Qur‘oni Karimni yoddan bilishi zarur, lekin hammaning xotirasi birdek o’tkir emas. Hadis va muhaddislar haqida, «Hadis», «Sunnat» so’zlari muqaddaslar o’rtasida bir ma‘noda tushunilib, janob payg’ambarimizining aytgan so’zlari, fe‘l-atvorlari, aloqalari, tahrirlari va payg’ambarlikka qadar bo’lgan hamda payg’ambarlik yillaridagi siyratlarni, ya‘ni hayot yo’llarini anglatadi.
Rasululloh Sallallohu alayhi vassalamning turli sharoitlarida shariat qoidalariga oid aytgan so’zlari ham hadis bo’lib, fe‘l-atvorlari esa ul zot qilgan va sahobalar tomonidan naql etilgan amallardir. Sahobalarning payg’ambarimiz ma‘qullagan so’zlari va hatti-harakatlari taqrir deyilib, ular shar‘iylik huquqiga egadir. Zero janob Rasululloh shariatga xilof narsalarni hech qachon ma‘qullagan emaslar. Hadislar janob Rasululloh hayotliklarida jamlangan emas edi. Chunki janob payg’ambarimiz sahobalarga: «Mendan Qur‘oni Karimdan bo’lak hech narsani yozib olmanglar, agar kimki biron narsa yozib olgan bo’lsa, uni yo’q qiling!» der edilar. Bundan albatta payg’ambarimizning hayotliklarida hadislar mutlaqo yozib borilmagan degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki, ba‘zi hollarda payg’ambarimizning o’zlari sahobalarga mol-mulkdan olinadigan zakot miqdori haqida joylardagi hokimlarga yozib yuborishni amr qilganlar. Shuningdek, ayrim sahobalarga o’z shaxsiy maqsadlar uchun hadislarni qayd qilib borishiga ijozat berilgan edi.
Abdulloh Ibn Amir ibn Anas, Ali ibn Abu Tolib va boshqalar to’plagan hadislar bunga dalildir. Dastlabki hadis to’plamlari to’g’ri (saxix) bo’lgan, ammo keyinchalik, milliy siyosiy ixtilofdir, dinga foyda keltirish maqsadida payg’ambarimiz nomlaridan yolg’on hadislar to’qish, fikr va ilmi kalom sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo’ylik oqibatida ko’plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga kelgan. Ana shunday bir sharoitda o’zlarining butun bilim va hayotlarini to’g’ri hadislarni aniqlab, jamlashdek ezgu ishga sarflashni o’zlariga maqsad qilib qo’ygan shaxslardan – xalifa Umar ibn Abdulaziz bo’ldi. U joylardagi o’z noiblariga Muhammad alayhi salomning hadislarini jamlashni amr qildi. Undan keyin birin-ketin ko’plab hadis to’plamlari tasnif etila boshladi. Biroq Ibn Ishhob az-Zuhriy va u kishidan keyingi muhaddislarining hadis to’plamlari muayyan tartibga solinmagan boblarga ajratilgan bo’lib, ularga payg’ambarimiz hadislari sahobalar va tobeinlarining fatvolari bilan chalkashtirib yuborilgan edi.
Hijriy III-asr, darhaqiqat ilmi hadis uchun oltin davr bo’ldi. Bu davrda hadis ta‘lif etish «musnad», «saxix» va «sunan» deb atalmish turli yo’nalishlar vujudga keldi.
1) «Musnad» yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilishi uchun hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh ibn Muso, Imom Ahmad Iyun Xanbalning hadis kitoblari ana shu yo’nalishga mansubdir.
2) «Saxix» yo’nalishiga buyuk muhaddis Imom Buxoriy asos solganlar. Bu yo’nalishda ta‘lif etilgan to’plamlarda esa, to’g’ri, ishonarli hadislar bilan birga «zaif» hadislar ham keltirilgan. Abu Dovud, Sho-at-Termiziy, anNasoiy, Ibn Mojaning mualliflari ana shu yo’nalishga mansubdirlar. Movarounahrda birinchi bo’lib hadis to’plami yaratgan muhaddis – Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziydir. Bundan tashqari, vatandoshlarimizdan Imom Ahmad ibn Xanbal il-Marvoziy, Ishoq ibn Rahovayx al-Marvaziy, Imom alHaysam ibn kulayb at-Isomiy, Jamoluddin an-Nasafiy va boshqalar ham hadis to’plamlarini tasnif etishganlar.
Ikkinchi – «saxix» yo’nalishining asoschisi, islom olamida eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hijriy 194 yilda Buxoroda tavallud topganlar. 7 yoshga to’lmaslaridan ilmi hadis o’rganmoqqa kirishganlar. 16 yoshlarida onalari va akalari bilan birga hajga borib, to’rt yil Makkada yashaganlar. So’ng, payg’ambarimiz Muhammad alayhi salomning hadisi shariflarini to’plab tartibga solmoq niyatida bir qancha islom 76 mamlakatlarini kezib shayxu ulamolardan to’plab, hadislar yozib olganlar. Jami 600 ming hadis to’plab, shulardan 100 ming «saxix» va 200 ming «g’ayri saxix» hadislarini yod olganlar. Hadis ilmi bobida quvvatu iqtidorlari benihoyat ortib islom olamida katta shuhrat qozonganlar. Minglab shogirdlar yetishtirganlar. Muslim ibn Hattok, Iso at-Termiziy, an-Nasoniy, Yusuf al-Farobiy kabi mashhur muhaddislar shular jumlasidandir. Imom Buxoriy, ona yurtlari Buxoroga qaytib kelgach hadis ilmini targ’ib etishga kirishdilar. Ammo, ul zotning boshlagan bu sa‘yu harakatlari hukmdorga xush kelmadi, shu boisdan Buxoroni tark etib, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’iga ravona bo’ladilar va o’sha yerda istiqomat qilib qoladilar.
Hijriy 256 yilda Ramazon hayiti kuni 62 yoshida vafot etadilar va shu yerning o’zida dafn qilinadilar. Imom Buxoriyning «Al-Jomi‘ as-saxix» (Ishonarli to’plam) deb nomlangan 4 jild (juz)dan iborat hadislari to’plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to’plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. To’plamda payg’ambar salallohu alayhi va sallam hadislaridan tashqari, fiqh (islom huquqshunosligi), islom marosimchiligi, axloq-odob, ta‘lim-tarbiya hamda o’sha davr tarixi va etnografiyasiga doir ma‘lumotlar ham mavjud. Unga 600 ming hadisdan faqat 275 ta eng «saxix» hadislar kiritilgan. Mazkur to’plam Misr va boshqa bir qancha mamlakatlarda juda ko’p marta chop etilgan, unga yirik ulamolar tomonidan sharhlar yozilgan.
Hozir Samarqand yaqinida (Chelak tumanida) Imom Buxoriy nomlari bilan bog’liq ziyoratgoh mavjud bo’lib, u Xoja Ismoil masjidi nomi bilan mashhur. 1988 yilda ul zotning 1225 yilliklari keng nishonlandi. Imom Buxoriyning Islom olamida Qur‘oni Karimdan keyin ikkinchi muqaddas kitob hisoblanadigan «Al-Jomi‘ as-saxix» asarining o’zbek tilida xalqimizga yetkazilishi katta voqea bo’lib, u dinu e‘tiqodimizni hamda ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklashda, kishilarda axloq, odob, hallolik, rostgo’ylik, poklik singari umuminsoniy fazilatlarni qaror toptirish va mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
Balazuriy. IX asrda o’tgan yirik geograf va tarixchi olim; to’la ismi – Abu Bakr Ahmad ibn Yahyo Jabr al-Baluzuriy – asli eronlik, hayotiga oid ma‘lumotlar juda kam. Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-908yy.) va al-Mustait (862-866yy.) saroyda tarbiyachi bo’lib xizmat qilgan. Al-Baluziriy 892 y. vafot etgan. Balazuriyni ikki yirik asari: «Kitob al-buldon» (Mamlakatlarning zabt etilishi haqidagi kitob) hamda «Kitob ajoyu al-ashraf» (Sharofatli kishilarning nasablari haqida kitob) asarlarining muallifidir. Lekin bulardan biz uchun eng qimmatlisi «Kitob futux al-buldon» bo’lib, arab istilolari tarixi bo’yicha eng yaxshi asarlardan hisoblanadi. Faqat shu asardagina arablarning xalifa Usmon (644-656yy.) va uning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Amir davrida Movaraunahrga bir necha bor bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab qaytganligi haqida ma‘lumot bor. Bundan tashqari asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga sazovor shaharlari va osori-atiqalari: xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliqlari, shuningdek, arab tilining joriy qilinishi haqida ham qimmatli ma‘lumotlarni ko’ramiz. «Kitob futux al-buldon»ning to’la nusxasi saqlanmagan, uning qisqartilgan tahriri yetib kelgan xolos. Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) ham bor. Balazuriyning ushbu asarining to’liq nusxasi Yoqut va Ibn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bo’lib xizmat qilgan Abu Yusuf Yaqubdir (731-798 yy.). ―Kitob ul-xiroj‖ (―Xiroj solig’i haqida kitob‖) asarining muallifi.
Bu qonunshunos olimning to’la ismi Abu Yusuf Yaqub ibn Ibrohim Kufiydir. U asli SHomning Kufa shahridan, imom Abu Hanifaning (699-767 yy.) shogirdi, Abbosiylardan al-Mahdiy (775-785 yy.) va Xorun ar-Rashid (786-809 yy.) davrida Bag’dod qozisi bo’lgan. ―Kitob ul-xiroj‖ asarida Arab xalifaligining VII-VIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xususan yer egaligi va undan foydalanish kabi ijtimoiy masalalarni o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning topshirig’i bilan yozilgan bu asarda o’rta asrlarda aholidan yig’iladigan asosiy soliq - xiroj, uning turlari va miqdori, to’lash tartibi bayon etilgan. Bundan tashqari feodal mulkchilik, xususan korandalik tartibi, yirik yer egalarining shaxsiy xo’jaliklarida qo’l mehnatidan foydalanish haqida ham ma‘lumotlar mavjud. Asarning arabcha matni 1884 yilda Misrning Buloq shahrida chop qilingan. Uni Ye.Fanyan fransuzchaga tarjima qilgan.
Muhammad Muso al-Xorazmiy (VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi). Biz uni birinchi O’rta Osiyolik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki alXorazmiy birinchilardan bo’lib o’zining ―Kitob at-tarix‖ (―Tarix kitobi‖) asarini yozgan. Ammo ushbu asar bizgacha mukammal holida yetib kelgan bo’lmasada, undan olingan parchalarni so’nggi davr tarixchilari Ibn an-Nadim, al-Ma‘sudiy, at-Tabariy, Hamza al-Isfahoniylar o’z asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayhon Beruniy o’zining ―Osor ul-boqiya‖ asarida ham eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid ma‘lumotlardan iborat bo’lgan. “Kitob al-surat al-arz”. Mazkur asar ham al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bo’lib, yunon olimi Ptolomeyning jug’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni o’zining yangi ma‘lumotlari bilan boyitgan. ―Kitobi surat al-arz‖ (―Yer tasviri kitobi‖) (boshqa nomi ―Al-Xorazm geografiyasi―, toʻliq nomi Ptolemey taklif etgan ―Geografiya‖ kitobidan Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy taskin etgan Yer surati – shaharlar, 78 togʻlar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi") asarida Kaspiy dengizi yoki Xorazm dengizi haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. Uning ―Surat al-arz― asari fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Kitob Ptolemeyning ―Geografiya‖si asosida yozilgan boʻlsada, shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi. Unda birinchi marta yer sirtini yetti iqlimga boʻlish ilmiy yondashuv bilan, iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan hamda 2402 geografik obʼyekt haqida maʼlumotlar, xususan, ularning kengligi va uzunligi keltirilgan (bu maʼlumotlarning koʻpchiligi Ptolemey ―Geografiya‖ sida berilmagan). Xususan, Xorazmiy geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U oʻzi yashagan joylardan juda uzoqdagi boshqa obʼyektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Sarandib (Shri Lanka) joylashuvini toʻgʻri tasvirlaydi. Kitobda tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim oʻrin tutadi. Ushbu tarixiy jug’rofiyaga oid asardagi O’rta Osiyoga oid ma‘lumotlar katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobning 937 milodiy, hijriy 428 yili ko’chirilgan mo’tabar qo’lyozmasi bizgacha yetib kelgan bo’lib, unga turli xaritalar chizib ilova qilingan. Bu kitob 12-asrdayoq, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Ushbu mo’tabar qo’lyozma matni 1926 yili sharqshunos H.M.Mjik tomonidan Leypsigda nashr qilingan.
Kitobni o’zbek tiliga A.Ahmedov tarjima qilib, ilmiy sharhlar bilan 1983 yili chop etgan. Madoiniy Abulhasan Ali ibn Muhammad (vaf. 840 y.) Arabiston, Xuroson va Movarounnahrning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid ikki yuzdan ziyod asar yozgan yirik arab tarixchi olimidir. ―Axbor al-xulafo‖(―Xalifalar haqida xabarlar‖), ―Kitob al-mag’oziy‖ (―Urushlar haqida kitob‖), ―Kitob futuh ash-Shom‖ (―Shomning bosib olinishi haqida kitob‖), ―Tarix al-buldon‖ (―Mamlakatlar tarixi‖) ana shu asarlar jumlasidandir. ―Kitob al-mag’oziy‖ Eron, Afg’oniston va O’zbekistonning arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida saqdanib qolgan.
al-Yaqubiy. IX asrda o’tgan yirik geograf tarixchi olimdir. Ismi Abulabbos Ahmad ibn Abu Yaqub ibn Ja‘far ibn Vahb ibn Vadih al-Kotib al-Abbosiy bo’lib, u yirik mansabdor honadoniga mansubdur. Al-Yaqubiy Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining ko’p qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va Mag’ribda o’tkazdi. Al-Yaqubiyning ikki yirik va muhim asari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Biri ―Kitob al-buldon‖ (―Mamlakatlar haqida kitob‖), ikkinchisi esa ―Tarix‖ nomi bilan mashhurdir. 79 ‖Kitob al-buldon‖ (taxminan 891 yilda yozilgan) to’rt qismdan iborat. Asarda arablar qo’l ostidagi mamlakatlarning geografik holati, yirik shaharlar va qal‘alari, aholisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari, o’sha mamlakatdan olinadigan xirojning umumiy miqdori haqida qimmatli ma‘lumotlar keltiriladi. Ushbu asarning ikki mo’tabar qo’lyozmasi G’arbiy Germaniya kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashhur sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. Al-Yaqubiyning ikkinchi asari ―Tarix‖ umumiy tarix tipida yozilgan bo’lib, SHarq mamlakatlari, shuningdek O’rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi bo’yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bo’lib, Odam Atodan islomgacha bo’lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, ya‘ni o’sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo’lgan voqealar bayon etilgan. ―Tarix‖ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma (1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.
Ibn al-Faqih. ―Kitob axbor ul-buldon‖ (―Mamlakatlar haqida xabarlar‖ asari bilan mashhur bo’lgan tarixchi olim. Uning to’la ismi Abubakr Ahmad ibn Muhammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili yozilgan) ma‘lum bo’lishicha, u xalifalardan al-Mo’‘tadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902- 908 y.)lar bilan zamondosh bo’lgan. ―Kitob al-fihrist‖ muallifining so’zlariga qaraganda, Ibn al-Faqih o’z zamonasining atoqli adiblaridan bo’lib, naql-rivoyat va adabiyotni yaxshi bilgan. ―Kitob axbor ul-buldon‖ asari siyosat, tarix va madaniy hayotga oid materiallarga boydir. Ibn al-Faqihning ayniqsa yirik shaharlar, Balx, Samarqand va boshqalar haqida keltirgan ma‘lumotlari nihoyatda qimmatlidir. ―Kitob axbor ul-buldon‖ning Ali ibn Ja‘far ash-SHayzoriy tarafidan bajarilgan (1022 y.) qisqa tahriri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda chop etilgan. Ushbu asarning mo’‘tabar qo’lyozmasi, aniqrog’i uning ikkinchi qismi, 1923 yili Mashhaddagi (Eron) Imom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. Unda Eron va Movarounnahrning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid diqqatga sazovor ma‘lumotlar bor. Tabariy yirik ensiklopedist olim Abu Ja‘far ibn Jarir at-Tabariy (839- 923yy.) Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shahrida tug’ilgan va umrining ko’p qismini Bog’dodda o’tkazib, o’sha yerda vafot etgan. Lekin xalifaliklarning ko’pgina shaharlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan. Tabariy o’z davrining keng ma‘lumotli kishilaridan bo’lib, ilohiyot, hadis, tafsir («Qur‘on» oyatlarini izohlash), fiqh (musulmon qonunchiligi) hamda tarix kabi ilmlarni chuqur egallagan. Tabariy bu sohalar bo’yicha 10 dan ortiq kitob yozib qoldirgan, musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bo’lgan ixtiloflar 80 bayon etilgan «Kitob ixtilof al-fuqaho» (Faqihlar o’rtasidagi ixtiloflar to’g’risidagi kitob), «Qur‘on» oyatlari sharhiga bag’ishlanib 30 jilddan iborat «Jome‘ al-bayon al-tavil al Qur‘on» (Qur‘on so’zlari ma‘nosining keng bayoni majmuasi) va nihoyat «Tarix al-rusul val-a-muluk» (Payg’ambarlar, podsholar tarixi) shular jumlasidandir. «Tarix al-rusul val-a-muluk» umumiy tarix tilida yozilgan asar. Lekin mukammalligi va faktik materialga boyligi bilan boshqa asarlardan tamoman ajralib qilib turadi. Asarda olamning «Yaratilishi»dan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum (Kichik Osiyo), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan mamlakatlarda, shuningdek O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar hikoya qilinadi. Voqealar yilma-yil, xronologik tarzda bayon qilingan. Bu asarlardan foydalanishni ko’p jihatdan qulaylashtirgan albatta. Tabariy mazkur asarini yozishda yahudiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, Sosoniylar (224-651yy.) solnomasi «Xvaday nomak» (Podshohnoma), «Kitob ulmag’oziy» (Urushlar haqidagi kitob), al-Madoniyning «Tarix al-xulafo» (Xalifalar tarixi), Ibn Tayfurning (919-893yy.) «Tarixi Bag’dod» (Bag’dod tarixi) kabi asarlardan keng foydalangan. Lekin, u ko’p hollarda ayniqsa, asarning qadimiy tarixiga bag’ishlangan qismlarida boshqa manbalardan olingan fakt va ma‘lumotlardan mulohazasiz va tekshirmay foydalangan. Qisqasi, «Tarix-ar-rusul va-l-muluk» musulmon mamlakatlari, shuningdek O’rta Osiyoning VIII-IX asr tarixi bo’yicha asosiy manbalar hisoblanadi. Mazkur asarning arabcha ikki xil tahriri bo’lgan, lekin bizning davrimizgacha uning qisqartilgan tahririgina yetib kelgan va Gollandiyalik sharqshunos M.YA. de Gus tarafidan 1879-1901 yillarda 15 jild qilib nashr etilgan. «Tarix al-rusul val-a-muluk» ning forsiycha tahriri ham bo’lib, u Somoniy Abu Solih Mansur ibn Nuhning (961-976yy.) vaziri, atoqli ilm-fan homiysi alBalamiy tomnidan 963 yilda yozilgan. Ushbu asarning forsiy, turkcha hamda eski o’zbekcha tarjimalari ham bo’lib, qo’lyozma nusxalari Peterburg va Toshkent kutubxonalarida saqlanmoqda. Bal‘amiy tahririning matni to’la tarzda Lakxnav, Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va Tehronda (1962, 1967 y.) chop qilingan. ―Tarixi ar-rusul va-l-muluk‖ asarining qo’lyozma nusxalari MDH, Angliya, Turkiya, Eron va Hindiston kutubxonalarida saqlanadi. Toshkentda, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida arab tilidan to’rtta mo’tabar qo’lyozmalari va o’zbek va uyg’ur tillaridagi tarjimalari mavjud. Qisqartirilgan ruscha tarjima tarjimon V.I.Belyaev) 1987 yili Toshkentda ―Istoriya Tabari‖ ya‘ni ―Tabariy tarixi‖ nomi bilan chop etildi. Jayhoniy. (870-942 y. halok bo’lgan). ―Kitob al-masolik val-mamolik‖ nomdagi yetti jildlik ulkan asarni vatandoshimiz, davlat arbobi va olim Jayhoniy yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr al-Jayhoniy yaratgan. U 81 Buxoroda Somoniylar davlatida katta obro’ga ega bo’lib, 914 yildan hayotining oxirigacha vazir bo’lib xizmat qilgan. Olimning asosiy asari tarixiy jug’rofiyaga oid bo’lib, u yana ―Kitob al-molik fi ma‘rifiyi al-mamolik‖ (―Mamlakatlarni bilishda masofalar kitobi‖) deb ham atalgan. Bu kitob o’z davrida juda mashhur bo’lib, barcha keyingi olimlar Beruniy, Gardiziy, Ibrisiy, Muqaddasiy va boshqalar undan qimmatli va ishonchli manba sifatida foydalanganlar, iqtibos (tsitatalar) keltirganlar. Jayhoniy asarida sharq mamlakatlari, xususan Movarounnahr, turk qabilalari to’g’risida qimmatli ma‘lumotlar bo’lgan. Mazkur asar bizgacha yetib kelmagan bo’lsa-da, uning nomi barcha yirik olimlar asarlarida zikr qilingan va Beruniy, Ibn Xavqal, Gardeziy va Avfiy asarlarida parchalar keltirilganligi, uning qimmatli manba ekanligidan guvohlik beradi. al-Mas‟udiy. To’liq ismi Abulhasan Ali ibn al-Mas‘udiy (vaf.956 y. Qohira) X asrning ko’zga ko’ringan geograf va tarixshunos olimi. al-Mas‘udiy IX asr oxirlarida Bag’dodda zodagon oilasida dunyoga kelgan. Juda ko’p (915-945 y.) sayohat qilgan, turli o’lkalarda bo’lib, adabiyot, falsafa, fiqh, geografiya va tarix ilmlari bo’yicha chuqur ma‘lumotga ega bo’lgan, xususan Movarounnahrda bo’lganda shaharlar va odamlar haqida qimmatli ma‘lumotlar to’plagan. AlMas‘udiy ilmning turli sohalariga oid ―Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ulbuldon‖( ―Davr xabarlari va mamlakatlarning ajoyibotlari haqida kitob‖), ―Kitob ul-avsat‖ (―O’rtacha kitob‖), ―Kitob at-tavorix fi axbor al-umum min arab va-l-ajam‖ (―Arab va Ajam xalqlari tarixi‖), ―Xazoin ul-muluk va sirr al-olamayn‖ (―Podshohlarning xazinalari va ikki olam sirlari‖), ―Kitob ar-rasoil‖ (―Risolalar to’plami‖), ―Kitob at-tanbih, va-l-ishraf‖ (―Ogohlantirish va ishontirish haqida kitob‖) singari 20dan ortiq asar yozgan. Al-Mas‘udiyning asarlari arab xalifaligi, Movarounnahrning IX-X asrlar tarixini o’rganishda zo’r ahamiyatga ega. Ular o’ziga xos geografik qomus bo’lib, jahon xalqlari va turkiy xalqlarning tarixi, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, urf-odatlari haqida boy ma‘lumotga ega. Tarixchining yana ―Muruj az-zahab va ma‘dan al-javohir‖ (―Oltin tozalagich va qimmatbaho toshlar koni‖) nomli asari ham bor. Bu kitobning arabcha matni frantsuzcha tarjimasi bilan birga, 1861-1877 yillari Parijda to’qqiz jildda nashr etilgan. Abulfaraj Qudama. ―Kitob ul-xiroj va san‘at al-kitoba‖ asari muallifi, filolog va geograf olimdir. Uning to’la ismi Abulfaraj ibn Ja‘far Qudama alBasriy al-Bag’dodiy (vaf.922-948 y.). U yuasraoik aslzoda bo’lib, avval nasroniy bo’lgan, saroy xizmatiga qabul qilingandan keyin xalifa al-Muqtafiyning ta‘siri ostida islom dinini qabul qilgan. Dastlab ma‘muriy mahkamalardan birida (majlis az-zimam) xizmat qilgan, umrining oxirida esa aloqalar devoniga (devoni 82 sohib barid) boshchilik qilgan. Abulfaraj Qudama 928 yili ―Kitob ul-xiroj va san‘at al-kitoba‖ (―Xiroj undirish va maktublar yozish san‘ati haqida kitob‖) nomli ikki jildlik (8 qismdan iborat) asar yozgan. Mazkur asar arab xalifaligining ma‘muriy bo’linishi, xalifalikka tobe bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi aloqa xizmati, soliq va moliya tizimining umumiy ahvoli haqida qimmatli ma‘lumot beradi. ―Kitob ul-xiroj va san‘at al-kitoba‖ asarida Movarounnahrning geografik holati va uning turkiy zabon aholisi haqida ham muhim daliliy ma‘lumotlarni uchratamiz. Kitobning faqat ikkinchi jildigina saqlanib qolgan. Uning ayrim parchalari frantsuzcha tarjimasi bilan M.YA. de Gue tarafidan 1889 yili chop etilgan. Istahriy. IX asrning ikkinchi yarmi va X asrning birinchi choragida o’tgan sayyoh va yirik geograf olim. To’la ismi: Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad alForsiy Istahriy (850-934yy.) Eronning Istaxr shahridan chiqqan, Istaxriy ko’p o’qigan, 915 yildan boshlab Eron, Suriya, Misr va Mag’rib bo’ylab sayohat qilgan. Mana shu sayohat davrida to’plangan boy faktik material va zamondoshi Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al-Balxiyning (850-934yy.) «Suvar al-aqomiy» (Iqlimlar sur‘ati) kitobi asosida 930-933 yillari o’zining «Kitob masolik ul-mamolik» (Mamlakatlarga boriladigan yo’llar haqida kitob) nomli qimmatli asarini yozgan. «Masolik ul-mamolik» 20 bobdan iborat geografik asar. Unda musulmon mamlakatlari (Arabiston, Mag’rib, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Movaraunahr), shuningdek Hindistonning chegaralari, iqlimi, ma‘muriy bo’linishi, ularga olib boriladigan yo’llar, aholisi va uning mashg’uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon qilingan. ―Kitob masolik ul-mamolik‖ asarining asl matni uch marta 1870, 1927 va 1967 yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin Muhammad ibn Sa‘d ibn Muhammad an-Naxchivoniy tarafidan XVI asrning ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qo’lyozma nusxalari SanktPeterburg va Toshkentda saqdanmoqda. Ibn Havqal. (vafoti 976 y.) U o’z davrining ko’zga ko’ringan yirik geograf olimi va sayyohi bo’lgan. Olimning to’la ismi Abulqosim ibn Havqal an-Nasibiy bo’lib, nisbasiga ko’ra Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nisibin shahridan chiqqan. Ibn Havqal 943 yildan boshlab savdogar sifatida turli mamlakatlar Markaziy Afrika, Ispaniya, Italiya, Eron, Hindiston bo’ylab sayohat qilgan. U Istaxriy bilan shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go’yoki undan o’z asaridagi xato va chalkashliklarni xalos qilish va kaytadan ishlashni iltimos qilgan. ―Men, deb yozadi Ibn Havqal, uning kitobidagi bir emas, bir necha xaritalarni tuzatdim, so’ngra ushbu o’z kitobimni yozishga qaror qildim. Istaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta (yangi) xaritalarni ilova qildim va ularni izohlab berdim.‖ Ibn Havqalning asari ―Kitob ul-masolik va-l-mamolik‖ (―Yo’llar va mamlakatlar haqida kitob‖) yoki qisqacha ―Kitob surat al-arz‖ (―Yerning surati‖) nomi bilan mashhur bo’lib, Hamadoniylardan Sayfulla Ali I ga (945- 967 y.) bag’ishlangan. Uni yozishda muallif sayohatlari vaqtida to’plagan, savdogarlardan so’rab-surishtirib yiqqan materiallardan hamda Ibn Xurdodbeh, alJayhoniy, Qudama asarlaridan foydalangan. Kitobda tavsiflangan har bir mamlakat va viloyatning xaritasi ham berilgan. Masalan, Movarounnahr qismiga ilova qilingan xaritada Jayhun (Amudaryo), Buxoro, Samarqand, Usrushana (O’ratepa), Ispijob (Sayram), shosh va Xorazm shaharlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda turkiy va g’uzzlar, ularning mashg’uloti, shuningdek, Movarounnahr shaharlari, xalqlari xususida keltirilgan ma‘lumotlar nihoyatda qimmatlidir. ―Kitob ul-masolik va-l-mamolik‖ asarining arabcha matni ikki marta M.YA. de Gue (1878) hamda Kramers tarafidan (1938-1939) chop etilgan. Kramers nashri (u 1086 yili ko’chirilgan va hozir Istambul kutubxonalaridan birida saqlanayotgan mo’‘tabar qo’lyozmaga asoslangan) birmuncha nashr sifatida qadrlanadi. Ibn Xurdadbeh. Abulqosim Ubaydulloh Xurdadbeh (820 – taxminan 913 y.) asli Eronlik, otasi IX asr boshlarida Tabariston hokimi bo’lgan, Ibn Xurdadbeh Bog’dodda o’qigan va keng ma‘lumot olgan. U geografiya, metereologiya, tarix kabi ilmlardan atroflicha xabardor bo’lgan. Ibn Xurdadbeh turli mavzularda 10 ga yaqin asar bitgan. Ulardan eng muhimi «Kitob masolik ul-mamolik» (Yo’llar va mamlakatlar haqida kitob) bo’lib, 846 yilda yozib tugallangan. Asarning faqat qisqartirilgan tahriri bizgacha yetib kelgan va de Gus tomonidan 1889 yilda chop etilgan. Ruscha tarjimasi (tarjimon Noila Velixanova) 1986 yili Bokuda chop etilgan. Kitobda Arab xalifaligi qo’l ostidagi mamlakatlar (shaharlar, ularga boriladigan yo’llar, shaharlar va mamlakatlar orasidagi masofa, aholidan undiradigan soliq va jarimalar miqdori) qisqa, lekin qimmatli ma‘lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, qadimiy Sug’d shaharlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida joylashgan), Samarqand, Usrushana, Shahriston, Qadimgi Shosh, Islijob (sayram) shaharlari va ularga olib boriladigan yo’llar, Movaraunahr shaharlarida aholi o’rtasida muomalada bo’lgan pul birligi, Nuh ibn Asad va Ahmad ibn Asad (819- 869yy.) davrida So’g’d va Farg’onani umumiy ahvoli, Movaraunahr va Farg’onada IX asrda istiqomat qilgan turkiy xalqlar haqidagi ma‘lumotlar benihoyat qimmatlidir. al-Muqaddasiydir. ―Ahsan at-taqosim‖ yoki ―Ahsan at-taqosim fi ma‘rifat al-aqolim‖ (―Iqlimlarni o’rganishuchun eng yaxshi qo’llanma‖) nomli asar muallifi, X asrning yirik geograf olimi. Uning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiydir. Olim 947 yili Quddisi 84 sharifda tug’ilgan, butun dunyo musulmon mamlakatlari bo’ylab sayohat qilgan va 1000 yili vafot etgan. Al-Muqaddasiy sayohat vaqtida to’plagan hamda boshqa manbalardan olingan aniq ma‘lumotlar asosida 985 yili o’zining qimmatli asarini yozib qoldirgan. Kitobning ikkita tahriri mavjud. Birinchi tahriri 986 yilda amalga oshirilgan bo’lib Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga bag’ishlangan. Asar muqaddima va ikki qismdan iborat. Muqaddimada muallif asarning yozilish tartibini bayon etgan va o’zidan avval o’tgan geograf olimlarning asarlariga to’xtalib o’tgan. Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabiston yarim orolida joylashgan mamlakatlar Iroq, Mesopotamiya, Suriya, Misr, Mag’rib hamda Kichik Osiyoning geografik holati, mashhur shaharlari, osori atiqalari, aholisi va uning mashg’uloti, e‘tiqodi hamda urf-odatlari, aholidan to’planadigan soliq va jarimalar va ularning umumiy hajmi, shuningdek, har bir mamlakat va viloyatning ma‘muriy tuzulishi hamda mashhur kishilari haqida ma‘lumot berilgan. Ikkinchi qismda Ajam mamlakatlari Xuroson, Seiston va Movarounnahr tavsiflangan. Ahsan at-taqosim‖ ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy hamda madaniy hayotga oid qimmatli aniq ma‘lumotlari bilan boshqa geografik asarlardan ajralib turadi va arab mamlakatlari, shuningdek, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tarixini o’rganishda muim manba bo’ladi. Asarning arabcha matni de Gue tomnidan 1877 yili chop etilgan edi. U yana 1906 va 1967 yillari nashr etildi. as-Saolibiy. O’z davrining yirik olimi va shoiri Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy. U 961 yili Nishopurda tug’ilgan, ilm-fanning turli sohalari tarix, adabiyot, mantiq, arab tili va boshqalarni yaxshi bilgan, asosan tulki terisidan po’stin tikib sotish bilan shug’ullangan va as-Saolibiy degan nom bilan mashhur bo’lgan. Olim Eron va O’zbekistonning taliy shaharlari Jurjon, Marv, G’azni, Buxoro, Xorazmda turgan va ularning madaniy hamda ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan yaqindan tanish bo’lib, 1038 yili Nishoparda vafot etgan. As-Saolibiy ellikka yaqin asar yozgan bo’lib, O’zbekiston xalqlarining X-XI asrdagi tarixi va madaniy hayotini o’rganishda ‖Yatimat ad-dahr‖ hamda ―Kitob al-g’urar‖ asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. ‖Yatimat ad-dahr‖ (995-1000 yillari yozilgan) O’zbekiston, xususan Marv va Buxoroning X asrdagi adabiy muhitini o’rganishda asosiy manbalardan biridir. ―Kitob al-g’urar‖ yoki ―G’urar axbor muluk ul-furs va siyaruxum‖ (―Eron podshohlarining tarixi va ularning hayoti‖) nomli asar G’aznaviylarning Xurosondagi noibi Abu Muzaffar Nasr ibn Nosuriddin (1020 yili vafot etgan)ning topshirig’i bilan yozilgan muhim tarixiy asardir. ‖Yatimat ad-dahr‖ning arabcha matni 1883 va 1947 yillarda 85 Bayrut va Qohirada chop etilgan. Uning O’zbekistonning X asrdagi adabiy muhitidan baxs yurituvchi to’rtinchi qismi o’zbek tiliga Ismatulla Abdullaev tomonidan tarjima qilinib, 1976 yili Toshkentda chop etilgan. Abu Abdulloh Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy. X asrda o’tgan mashhur filolog va fan tarixchisi. Uning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma‘lumotlar kam. Uning faqat Somoniy Nuh II ibn Mansurning (976-999 yy.) vaziri al-Utbiy qo’lida dabir bo’lib xizmat qilgan va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi va davlat idoralari uchun muhim qo’llanma bo’lgan «Mafotik ul-ulum» (Ilmlarning kaliti) nomli muhim asar yozib qoldirganligi ma‘lum. «Mafotik ul-ilm» (976- 991yy. yozilgan) o’ziga xos izohli terminologik lug’at bo’lib, ikki qismdan iborat. Asardan O’rta Osiyo haqida, xususan, bu yerda amalda bo’lgan sug’orish o’lchovlari haqida muhim ma‘lumotlar ham bor. ―Mafotix ul-ulum‖ 976-991 yillar orasida yozilgan o’ziga xos izohli terminologik lug’at bo’lib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan iborat bo’lib, unda shariat bilan bog’liq ilmlar fiqh, aqidalar, grammatika, idora ishlarini yuritish tartibi, she‘riyat va tarix to’g’risida ma‘lumotlar keltirilgan. Ikkinchi qism to’qqiz bobdan iborat bo’lib, u ajam, ya‘ni arab bo’lmagan xalqlar yunonlar, suriyaliklar, forslar, hindlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy etgan ilmlar – falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, handasa-geometriya, falakiyot-astronomiya, mexanika, musiqa va kimiyo fanlarini o’z ichiga oladi. Asarda yurtimiz haqida, xususan bu yerda amalda bo’lgan sug’orish o’lchovlari haqida muhim ma‘lumotlar ham bor. ―Mafotix ul-ulum‖ islomiy jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, I.YU.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bahodirov tadqiq etib, maxsus kitob yozgan. Abu Rayhon Beruniy. Tabiiy va ijtimoiy fanlarning ko’pgina sohalari bo’yicha 150 dan ortiq asar yozib qoldirgan buyuk ensiklopedist olim. Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning poytaxti Kat shahrida tug’ilgan. Beruniy 17 yoshligidayoq Katda mustaqil astronomik kuzatishlar olib bordi. 995 y. Beruniy hayotida og’ir damlar boshlandi. O’sha yili Samoniylarga qarshi fitna ko’targan Abu Ali Simjoriyning ukasi amir Abulqosim Jurjonni bosib oldi. Natijada, Somoniylar bilan ittifoqdosh bo’lgan Kat hokimi, uning saroyida xizmat qilgan Beruniyning hayoti xavf ostida qoladi. Abu Rayhon Beruniy majburiy tarzda G’aznaga olib ketiladi va umrining oxirigacha (1448 y. 11 dekabr) o’sha yerda istiqomat qildi. Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy Sharq tafakkur olamining o’ziga xos yo’nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi. 86 Turli ziddiyatli qarashlarni butun moxiyati bilan o’rganib, unga o’ziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning o’zanini o’zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning vujudga kelishi, xalqlarning taraqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy xodisalar, ularning moxiyatini ilmiy asosda o’rganish maktabini yaratdi. Ushbu maktab bugun moxiyat-e‘tibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik G’arb falsafiy tafakkurining tamal toshini qo’ydi. Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli barcha yo’nalishlari bo’yicha buyuk kashfiyotlar qilgan qomusiy olimdir. Alloma zamondoshlari iborasi bilan aytganda ―qo’li hech qachon yozishdan to’xtamagan, nigohi muttasil kuzatish bilan band bo’lgan, qalbi esa fikrlashga mudom qanot bog’lab turgan‖ olim bo’lgan. O’rta asr arab sayyohi va geografi Yoqut Hamaviyning shahodat berishicha, Beruniyning falakiyot, mantiq, falsafa va tarixga oid asarlari ro’yxati mayda yozuvda 60 varaqni tashkil etgan. Uning turli bilim sohalariga oid asarlarining tiklangan ro’yxati hozir turli hajmdagi 150 risolaga yaqin. Shundan qariyb 30 ta asari saqlanib bizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari ―Al- osor al-boqiya an al qurun al-holiya‖-―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asari bo’lib, uni Jurjonda 27 yoshida yozgan (390/1000 yilda). Beruniyning bu yirik tadqiqoti o’zbek sharqshunosligida ―Osor ul-boqiya‖, Yevropa mamlakatlarida ―Xronologiya‖ nomlari bilan mashhurdir. Ushbu asarda olim Yaqin va O’rta Sharq, shuningdek, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan xalqlar haqida, jumdadan yunonlar, rumliklar, eroniylar, so’g’diylar, xarroniylar (yulduzga topinuvchilar), kibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha bo’lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab bergan. Unda juda ko’p tarixiy voqeyalar, turli millat va dinlarga oid muhim ma‘lumotlar, payg’ambarlar va soxta payg’ambarlar, podshohlar, mashhur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ham axborotlar berilganki, ularning aksariyati mavjud adabiyotlarda uchramaydi. Beruniy ―Osor ul boqiya‖ kitobida qadimiy sharq xalqlari-arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug’dlar, xorazmliklar va shu zamonda yashagan boshqa xalqlarning turmush qoidalari, urf-odatlari, yil sanoqlari, bayramlar va marosimlar, xullas nimaiki xalq hayotiga oid bo’lsa, shuning hammasini ilmiy asosda tadqiq etadi. ―Osor ul boqiya‖ni O’rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi xalqlar etnografiyasi, tarixi, ijtimoiy tafakkuri bo’yicha mukammal qomus deb atasak xato qilmaymiz. Sharq tarixi falsafasining o’ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda xukm surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va ana shu davrda yuz bergan barcha voqealar, ma‘naviy-axloqiy mezonlar, madaniy va 87 ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning sulolalari yurgizgan siyosat asosida o’rganiladi. Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. U o’zining «Osor al-boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda xukm surgan podsholiklar va sulolalarning ko’pdan-ko’p jadvallarini kiritgan: Makedoniyalik batlimuslar (ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron, sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabilarning o’z davriga xos shajaraviy-tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o’ta aniq va ishonchli manbalardan olingan bo’lib, podshoxlarning xukmronlik qilgan davrlari deyarli to’g’ri ko’rsatilgan. Ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida to’la isbot etilganligi bilan aloxida ajralib turadi. Beruniyning ushbu asari insoniyat tarixini o’rganuvchi mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar, faylasuflar, etnograflar va demograflar uchun muxim manba bo’lib xizmat qilmoqda. Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullayev Beruniyiing «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya») asari xususida fikr yuritar ekan, alloma o’z davrining ijtimoiy muxiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti, xalqlar, urf-odatlar, madaniyatlar va olamni anglash borasidagi qarama-qarshi fikrlarni ancha chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar, rumliklar, eroniylar, sug’diylar, xorazmliklar, xarroniylar (yulduzga topinuvchilar), kibtiylar, xristianlar, yaxudiylar, islomgacha bo’lgan arablar va musulmonlarning vaqt o’lchovlari, yil xisoblari, bayramlari va muqaddas kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ma‘rifiy jixatdan ancha chuqur o’rgangan. Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy o’rganish, mantiqiy xulosalar chiqarishga asos bo’lgan. Beruniy insoniyat tarixini juda chuqur o’rganish bilan birga, uni turli afsonalardan, rivoyatlardan tozalab, real tarixiy jarayonga real va ilmiy yondashish tamoyillarini ilgari suradi. Tarixni falsafiy tadqiq etish tamoyili shuni taqozo etadiki, u xar qanday ilmiy tushunchalar, turli manbalar va tarixiy dalillarni to’g’ridan-to’ri qabul qilmaydi. Ularning xar biriga tafakkur orqali yondashib, tarix xaqiqatini tiklash bilan birga voqea-xodisalarning mantiqiy rivoji orqali tarix moxiyatini, mazmunini va yaxlit falsafasini vujudga keltiradi. Beruniy tarixiy manbalar ustida ishlar ekan, u xar bir manbaga mutlaq xaqiqat sifatida qaramaydi. Xaqiqat ichidan xaqiqat izlaydi va shu yo’l bilan tarix xaqiqatini tiklashga intiladi. Natijada biz «to ularning barchasini bilish vaqti kelgunicha bayon etishdan to’xtadik, chunki shubxani aniq va noma‘lumini ma‘lumga qo’shish biz yurgan yo’lga loyiq emas», - degan qat‘iy xulosaga keladi. Uning tasavvuricha, xar qanday tarixiy asar xech kimda shubxa uyg’otmasligi, u mutlaq xaqiqatga tayanmog’i lozim. 88 Beruniy xalqlar tarixini, ularning turmush tarzi va xayot an‘analarini o’rganar ekan, xar qanday manbaga aloxida e‘tibor bilan qaraydi. Ularni chog’ishtirish yo’lidan boradi. Tarixiy muddatlar, davrlarni qiyosiy tarzda o’rganib, xar tomonlama mukammal va asosli dalillarni to’playdi. Uning o’ziga xos katta yutuqlaridan biri shundaki, xar bir tarixiy voqelikka turdosh fanlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga xarakat qiladi. ―Osor ul boqiya‖ ya‘ni ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarining arab tilidagi birinchi nusxasi dastlab nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau (1845-1930) tomonidan 1878 yili Leypsigda chop etilgan. 1879 yilda Zaxau uni inglizcha tarjimasini Londonda nashr etadi. Ammo Zaxau nashriyotlari XVIIXVIII asrlarda ko’chirilgan qo’lyozmalar asosida amalga oshirilgan bo’lib, bu qo’lyozmalarda ko’p tushib qolgan joylar bor edi. 1912 yilda asarning ikkita ancha qadimgi qo’lyozmasi topildi. Ulardan bittasi Tehrondagi rus diplomatik vakolatxonasining vakili L.Bogdanov tomonidan qo’lga kiritilgan bo’lib, hozirda Rossiya FAning Sankt Peterburgdagi bo’limida saqlanmoqda. Ikkinchi qo’lyozma Istambulda topilgan va Istambul xalq kutubxonasida saqlanmoqda. XX asrning 70 yillarida asarning Mashhad qo’lyozmasi ham mavjudligi aniqlangan, va buning mikrofilmi beruniyshunos P.G.Bulgakov tomonidan Toshkentga olib kelingan. ―Osorul boqiya‖ birinchi marta o’zbek tiliga olim Abdufattoh Rasulov tomonidan tarjima qilindi va 1968 yili Toshkentda chop etildi. Abu Rayhon Beruniy G’azna shahrida yana bir yirik, qomusiy asarni yozadi. 1018-1025 yillar mobaynida yozib tugallangan asarining nomi ―Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun(kerakli) o’rinlarning chegaralarini belgilash‖ bo’lib, fan olamida qisqartirilib ―Geodeziya‖deyiladi. Yer o’lchash to’g’risida bayon etuvchi ushbu asarda Beruniy vatani bo’lmish Xorazm zaminining paydo bo’lishi to’g’risida hikoya qiladi: ―Jayhun daryosi katta qoyalar orasidan o’tib bu yerda ko’l tashkil qilgan edi. Jayhun daryosining loyqasi ko’p, suvi mo’l, oqimi tez bo’lgan. Sekin sekin daryo mansabida yer paydo bo’la boshlagan. So’ng u yer bora-bora quruqlikka aylangan. Ko’l chekinib borib oxiri Xorazm yeri suv ostidan butunlay ochilagan‖. O’rta asr tarixchilarining ma‘lumotlariga ko’ra Abu Rayhon Beruniy o’z vatani Xorazm va uning tarixiga oid yana bir noyob asar yozgan. Ammo bu asar bizgacha yetib kelmagan. O’rta asrlarning XII asridayoq yo’qolib ketgan. U «Tarixiy Xorazm», «Mashahiri Xorazm» (Xorazmning mashhur kishilari) nomi bilan mashhur bo’lib, G’aznida yozilgan. Asarda Xorazmning Sulton Mahmud G’aznaviy qo’shini tomonidan bosib olinishidan (1110-1117 yy.) to Saljuqiylar xurujigacha (1043 y.) o’tgan davr ichidagi ijtimoiy-siyosiy tarixdan bahs yuritiladi. Ushbu asarni Beruniyning zamondoshi va salafi tarixchi Abul Fazl Bayhaqiy (995- 1077) o’zining ―Tarixi Mas‘udiy‖kitobida ―Mushohiri Xorazm‖ (―Xorazmning 89 mashhur kishilari ‖) nomi bilan yuritadi. Arab olimi Yoqut ham Beruniyning shu asaridan parchalar keltirgan. Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari ichida eng yiriklaridan yana biri uning ―Hindiston‖ asaridir. Hind olimlari, ayniqsa Javaharlal Neru Beruniyning ushbu kitobiga juda yuqori baho bergan. Sharqshunos olim V.Rozen Beruniyning ―Hindiston‖ asarini Sharq va G’arbdagi qadimgi va o’rta asr kitoblari orasida tengi yo’q asar,-deb baholagani bejiz emas. Nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau Beruniyni ―U arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir. Hindistonshunoslikda Beruniyga teng keladigan kishini na ilgari va na so’nggi vaqtlarda o’tganini bilmaymiz‖, deya e‘tirof etgan. Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashxur bo’lgan «Tahqiq molil hind min maʼkula maq-bula fil-aql av marzula», ya‘ni «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta‘limotlarini aniqlash» deb nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy g’oyalar odam va olam xaqidagi tasavvurlarni keskin o’zgartirib yubordi. Bu asar butun moxiyati bilan tarix falsafasining o’ziga xos va noyob ko’rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning omillari va moxiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan xulosalar ilmiy asoslangan xolda o’rtaga tashlandi. Asarning o’ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon jaxon xalqlari tarixini o’rganishda muxim manba bo’lib xizmat qilmoqda va tarix falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bo’lmas chuqqi darajasiga chiqdi. Darxaqiqat, bu asarga Mag’ribu Mashriq olimlari, yirik mutaxassislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta extiros bilan o’qiydilar. Shuning uchun ham taniqli olim V. R. Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q», degan edi. Beruniy mamlakat taraqqiyoti ilm-fanning ravnaqiga ko’p jihatdan bog’liq ekanligini yaxshi tushungan. Shu sababli butun hayoti davomida ilm-fan tadqiqotlari bilan shug’ullanar ekan, ayni vaqtda bu sohadagi ilg’or g’oyalarni keng targ’ib qilishga ham alohida e‘tibor bergan. U o’zining ―Hindiston‖ asarida bu haqda ―Mening fikru yodim, butun qalbim ilm-fanni targ’ib qilishga qaratilgan. Men bilim orttirishdek lazzatdan bahramand bo’ldim, buni men ulkan baxt deb hisoblayman‖, deb ta‘kidlagan edi. Abu Rayhon Beruniyning «Kitob fi axborot al-mubayyizod val-karomita» (Oq kiyimlilar va karomatlarning xabarlari haqida kitob) asari ham alohida qimmatga ega. Narshaxiy (899-956 yy.). To’liq ismi: Abu Bakr Muhammad ibn Jafar ibn Zakariyo ibn Hattob ibn Sharik. 90 «Buxoro tarixi»ni O’rta Osiyoning yerli xalqlari tomonidan qachonlardir yozilib, endi o’tmish asrlar sahifalarini yoritish uchun xizmat qilib kelayotgan nodir yozma yodgorliklarning eng qadimiylaridan biridir deyilsa, xato qilinmagan bo’ladi. Bundan 1000 yil muqaddam O’rta Osiyoning o’zida o’z farzandi qo’li bilan yozilib, tugal bir asar holida bizning kunlargacha yetib kelgan boshqa tarixiy manba hozir bizga ma‘lum emas. Shuning uchun ham «Buxoro tarixi»ni O’rta Osiyo xalqlari manbashunoslik fanidagi eng dastlabki asarlaridan biri deb hisoblanadi. Bu asar asosan O’rta Osiyoda arablar istilosi natijasida islom dinining tarqalishi (VIII asr) va undan bevosita oldingi davrlar hamda IX-XI asrlardagi Buxoro va unga yaqin qishloqlar xalqlarining iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid muhim ma‘lumotlarni o’z ichiga olgan va bu hol «Buxoro tarixi»ning qimmatli bosh manba sifatida tarix fanida zo’r shuhrat topishiga asos bo’lgan. Asarning hozirgi davrgacha yetib kelishi tarixi boshqa qo’lyozma manbalardan ko’ra boshqacharoq bo’lib, uni o’rganishdan avval bu haqda qisqacha ma‘lumotga ega bo’lib olish, unda keltirilgan ma‘lumotlardan to’g’ri foydalanish uchun albatta zaruriydir. «Buxoro tarixi» asarini Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan. Hozirda Narshaxiyning nomi O’rta Osiyoning VIII-XII asrlar tarixiga oid deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlarida tilga olinadi-yu, ammo uning hayotiga oid biror to’liq ma‘lumot keltirmaydi. Bunga sabab, uning o’z asarida ham o’sha yaqin davrlarda yashagan maulliflar asarlarida ham shunday ma‘lumotlarning keltirilmaganligidir. Faqat Samoniyning «Kitob al-aisob» asarida uning to’la nomi Abu Bakr Muhammad ibn Jafar ibn Zakariyo ibn Hattob ibn Sharik ekanligi va u Buxoro ahlidan bo’lib, 899 yilda tug’ilib, 959 yilda vafoti eslatiladi. «Buxoro tarixi» asarining Narshaxiy yozgan arabcha nusxasi saqlanmagan. Asar 1128 yil Farg’onalik (uning Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Kubaviy tarafidan birinchi bor qisqartirilib, fors tiliga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o’tgach (1178 y.) asar Muhammad ibn Zufar ibn Umar tomonidan ikkinchi marta tahrir etilgan. Shuni ham aytish kerakki, asarning bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178-1220 yillar voqealari ham qisqacha bayon etilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari uchinchi marta noma‘lum muharrir tomnidan tahrir qilingan bo’lishi kerak. «Buxoro tarixi» O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi, bu yerda islom dinining tarqalishi hamda mamlakatning Samoniylar hukmronligi yillaridagi tarixi bayon etilgan. Asarning forsiycha matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Asar rus, ingliz va o’zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillarda) ham tarjima qilingan. 91 «Buxoro tarixi» 36 bobdan iborat bo’lib, ba‘zilarning nomlanishi quyidagicha: IV bob. Buxoro va unga qo’shiladigan joylar. VIII bob. Buxoro arkining bino etilishi haqida. XIII bob. Buxoro va uning atrofidagi yerlardagi anhorlar. XIX bob. Qutayba ibn Muslimning hukmronligi va Buxoroning fath etilishi. Movaraunahrinng arab va ajam o’rtasidagi taqsimlanishi. XXVIII bob. Somoniylar hukmronligining boshlanishi.
Ibn Miskavayxdir. Uning to’la nomi Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Mushkuya (vaf. 1030 y.) bir vaqtlar Buvayhiylar (932-1062) saroyida avval xazinador, so’ngra vazir bo’lib xizmat qilgan. ―Kitob tajorib ul-ulum‖ (―Xalqlarning tajribalari haqida‖) asari muallifi. ―Kitob tajorib ul-ulum‖ asari olti jilddan iborat bo’lib, unda musulmon mamlakatlarining qadim zamonlardan 983 yilgacha tarixini o’z ichiga oladi. Kitobning 1-4- jildlari kompilyatsiya, ya‘ni avval o’tgan tarixchilar, asosan Tabariyning ―Tarixi ar-rusul va-l-muluk‖ asari asosida yozilgan. Uning 5-6- jildlari esa muallifning o’zi yaratgan va IX asr tarixi bo’yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. Unda o’z davri rasmiy hujjatlaridan keng foydalangan. ―Kitob tajorib ul-ulum‖ning Amedroz hamda Margolius (1920-1921) va Kaetani (1909-1917) tarafidan amalga oshirilgan ikkita to’la nashri mavjud. Abu Nasr Utbiy. Abu Nasr Utbiy (taxm. 961-1022 yoki 1036 y.) aslida Eronning Ray shahridan bo’lib, badavlat va nufuzli zodagon xonadoniga mansubdir. Olimning xonadoni badavlat va nufuzli zodagonlardan bo’lib, uning tog’alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat qilishgan. Abu Nasr Muhammad Utbiy ham yuqori davlat lavozimlarida turgan, Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989-998 yy.), so’ngra Ziyoriylardan Shams ul-Maoliy Qobus ibn Vushmagir (998-1030 yy.)ning shaxsiy kotibi, keyinchalik G’aznaviylardan Sabuktakin (977-997 yy.), Sulton Mahmud (998-1030 yy.) hamda Sulton Mas‘ud (1031-1041 yy.) saroyida xizmat qilgan. Masalan, Utbiy Sulton Mahmudning elchisi sifatida (999 y.) Gurjistonga borgan, keyin Ganj rustakda sohib barid bo’lib ishlagan va 1023 yili Sulton Mahmudning amri bilan xizmatdan chetlatilgan. Manbalarda, xususan al Saolobiy asarlarida aytilishicha, al-Utbiy bir necha yirik asarlar yozgan. Lekin ulardan faqat bittasi – «Tarixi Yamaniy» (Yaminiy tarixi) nomi bilan mashhur bo’lgan tarixiy asarigina saqlanib qolingan. «Tarixi Yaminiy» amir Sabuktagin hamda Sulton Mahmud zamonida G’aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va qisman Movaraunhrning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Asarda 92 Qoraxoniylarning Movaraunhrni bosib olishi (992-996 y.) haqidagi keltirilgan ma‘lumot benihoyat qimmatlidir. Asarda hukmron feodal tabaqaning maqsadi va manfaatlari hikoya qilinadi, xususan, Sulton Mahmud va uning yaqinlari ko’klarga ko’tarib maqtaladi. Shuning bilan birga olim beto’xtov davom etgan feodal urushlar, feodal zulm, turli-tuman soliq va jarimalar tufayli xonavayron bo’lgan mehnatkash xalqning og’ir turmushiga ham to’xtalib o’tadi. ―Tarixi Yaminiy‖ asarining arabcha matni 1874 yili Dehli, 1874 yili Buloq va 1883 yili Lohur shaharlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar K.SHefer, T.Nyoldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan fransuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bo’lib, eng yaxshisi Abu SHarif Nosih al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 1956 va 1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz tiliga tarjima qilgan. Al-Idrisiy. O’z davrining mashhur sayyohi va geograf olimi. ―Nuzhat almushtoq‖ yoki ―Nuzhat al-mushtoq fi xtirak ul-ofoq‖ (―Jahon bo’ylab kezib holdan toyganning ovunchog’i‖) nomli asarni yaratgan. Uning to’la ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Idris al-Idrisiydir. Al-Idrisiy 1100 yili Marokashning Seut shahrida tug’ilgan, Ispaniyaning Kordova shahrida ta‘lim olgan, Portugaliya, Fransiya, Angliya va Kichik Osiyo bo’ylab qilgan safaridan qaytgach, 1138 yili Palermo shahriga ko’chib keldi va Sitsiliya qiroli Rojer II (1130-1154 yy.) xizmatiga kirib uning topshirig’i bilan o’zining ―Nuzhat al-mushtoq‖ asarini yozgan. Olim 1165 yili vafot etgan. ―Nuzhat al-mushtoq‖ yetti iqlim mamlakatlarining, ya‘ni dunyoning geografik holatidan baxs yuritadi. Uning ayniqsa SHimoliy Afrika, Italiya, Fransiya, Germaniya shuningdek Markaziy Osiyoga oid qismlari qimmatlidir. Kitobning matni 1592 yili Rimda chop etilgan. Lotincha tarjimasi 1619 yili Parijda bosilgan. Abu Said Gardiziy. XI asrning birinchi yarmida o’tgan yirik tarixchi olim. To’la ismi: Abu Said Abdulhay ibn Zalhon ibn Mahmud Gardiziy. U o’z zamonasida unga bunchalik zo’r shuhrat keltirgan narsa uning «Zayn ul-axbor» (Tarixchilar bezagi) nomli katta kitobi bo’ldi. Asar 1049-1050 yillar orasida yozib tamomlangan va G’aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049-1053 yy.) taqdim etilgan. Gardiziy o’zining «Zayn ul-axbor» asarida rumliklarning madaniyati, turli xalqlarning diniy marosimlari va yil hisoblari, O’rta Osiyoning turkiy aholisi, Hindiston haqida degan boblardan iborat. Asarda turli xalqlarning (musulmonlar, yahudiylar, nasriylar, hindlar) diniy marosimlari va yil hisoblari hamda Hindiston haqidagi boblari Abu Rayhon Beruniy asarlari, O’rta Osiyoning turkiy aholisi 93 haqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbek Jayhoniy hamda Muqaddas asarlariga tayanib yozilgan. Abu Said Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O’rta Osiyoning arablar istilosidan to XI asrning o’rtalarigacha bo’lgan siyosiy tarixini o’rganishda muhim o’rin tutadi. Abulfayz Bayhaqiy. XI asrda o’tgan yirik tarixchi. To’la ismi: Abulfayz Muhammad ibn al-Husayn al-Kotib al-Bayhaqiy. U 995 yilda Nishopur viloyatiga qarashli Xarisobod qishlog’ida badavlat mansabdor oilasida dunyoga keldi. Abulfayz Bayhaqiyning «Ziynat ul-Kitob» (Kitoblar ziynati), «Tarixi Oli Mahmud» (Mahmud xonadonining tarixi) yoki «Jeme‘ fi tarixi Oli Sabuktagin» (Sabuktagin xonadoni tarixidan hikoyalar majmuasi) bilan mahshurdir. «Tarixi Ma‘sudiy» muallif o’zi ko’rgan va ishonchli kishilardan eshitgan manbalar, shuningdek hukumat mahkamalarida saqlanayotgan rasmiy hujjatlar asosida yozilgan. Asar faktik materiallarga boyligi, voqealarning keng va atroflicha bayon etilishi va nihoyat zo’r badiiy mahorat bilan yozilganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda Sulton Ma‘sud davrida G’aznaviylar imperiyasining ijtimoiy-siyosiy ahvoliga keng o’rin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Saljuqiylar tarixiga oid muhim ma‘lumotlar ham bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan Xorazm, Saljuqiylar, Qoraxoniylar davlati o’rtasida bo’lgan siyosiy munosabatlar haqida ma‘lumotlar ko’p. Ushbu asarning to’la ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izohlar bilan atoqli sharqshunos A.K.Arends tomonidan chop etilgan (Toshken 1962, Moskva 1969). Yusuf Xos Hojib Bolasog„uniyning «Qutadg’u bilig» (Saodatga boshlovchi asar) nomli asarida mavzular qamrovi juda keng, lekin ularda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o’rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. «Qutadg’u bilig»da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar va savdogarlarni hurmat bilan tilga oladi. U dehqonlarni hammadan ham yuqori qo’yadi. Turli tabaqalar bilan hokimiyatning qanday munosabatda bo’lishi kerakligini uqtiradi. Dehqonlar «Zarur kishilar…. Bular bilan sen aloqada bo’l va aralashgin….Hamma jonlilarga bulardan oziq yetadi, hamma o’z kiyimkechagini ulardan oladi» deb ta‘kidlanadi kitobda. «Qutadg’u bilik»da axloq, odob va ilm-ma‘rifatga doir ko’pgina qimmatli pand-nasihatlar keltiriladi. Muallif rostgo’ylik, halollik, odob, sadoqat va sevgi degan masalalar haqida hikmatli so’zlar yuritadi. U ilm va ma‘rifat saodatning kaliti deb ataydi. Shuning uchun ham o’z dostonini «Qutadg’u bilig» deb ataydi. as-Sam‟oniy. ―Kitob ul-ansob‖ (―Nasablar haqida kitob‖) nomli asarning muallifi mashhur biograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa‘d Abdulkarim ibn 94 Muhammad as-Sam‘oniy (1113-1167 y.)dir. U Marvda yirik qonunshunos olim oilasida dunyoga keldi, Marv, Buxoro hamda Samarqandda tahsil ko’rdi, 1155-1156 yillari Movarounnahr va Xorazm bo’ylab sayohat qildi, ma‘lum muddat Nishopur, Isfahon, Bag’dod, Xalab, Damashq hamda Quddus shaharlarida hayot kechirdi. Sam‘oniy ―Kitob al-ansob‖dan tashqari yigirma jildlik ―Marv tarixi‖ nomli asarning ham ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha yetib kelmagan. Taxminlarga ko’ra, bu muhim asar Chingizxon huruji vaqtida kuyib ketgan bo’lishi mumkin, chunki o’shanda Marvning eng katta va boy kutubxonasi bilan birga Sam‘oniylar xonadoniga tegishli bo’lgan ikki yirik kutubxona ham (Yoqut Hamaviy Sam‘oniylar kutubxonasini ko’rganligini aytadi) yonib ketgan. Bizgacha olimning faqat ―Kitob al-ansob‖ asarigina yetib kelgan. ―Kitob al-ansob‖ asari Ibn Xalliqonning ma‘lumotlariga ko’ra sakkiz jilddan iborat bo’lgan. Uning to’la nusxasi ham yo’qolib ketgan ko’rinadi. Kitobning tarixchi Ibn al-Asir tarafidan tahrir etilgan uch jildlik qisqartirilgan qismigina saqlanib qolgan, xolos. ―Kitob al-ansob‖ asarining arabcha matni ikki marta nashr etilgan, bosh qismi 1835 yili prof. D.S.Margoulis tarafidan chop etilgan. Uning Bayrut nashri ham bor. Bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarida, ko’proq Eron va Movarounnahrda o’tgan mashhur kishilar haqida keng ma‘lumot beriladi. ―Kitob al-ansob‖ Movarounnahrning qadimiy tarixi, yirik shaharlari, qo’shni mamlakatlar, xususan Xitoy bilan bo’lgan savdo va madaniy aloqalarni o’rganishda muhim manbalardan biri hisobanadi. Ushbu asar to’g’risida Sh.Kamoliddinov nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan va rus tilida kitob chiqargan. Ibn al-Asir. ―Al-komil fi-t-tarix‖ (―Mukammal tarix‖) nomli salmoqli asar muallifi yirik arab tarixchisi Izzuddin Abulhasan Ali ibn Muhammad (1160-1234 yy.) bo’lib, u ko’pincha Ibn al-Asir nomi bilan mashhur bo’lgan. Muarrix Dajla daryosi bo’yida joylashgan Jazirat ul-Umar shahrida katta yer egasi oilasida tug’ilgan. Umrining ko’p qismini Mo’sulda (Suriya) o’tkazgan va o’sha yerda vafot etgan. Ibn al-Asir o’z davrining keng ma‘lumotli kishisi bo’lib, bir necha tarixiy asar yozgan. ―Al-komil fi-t-tarix‖ va Muhammad payg’ambar sahobalari (izdoshlari) tarjimai holini o’zida qamrab olgan besh jildli ―Kitob usd al-g’aba fi ma‘lumot as-sahoba‖ (―Sahobalar haqida ma‘lumot beruvchi o’rmon sherlari‖, 1863 yili chop qilingan) shular jumlasidandir. Lekin Sharq mamlakatlari xalqlari, shuningdek Movarounnahr xalqlari tarixini o’rganishda uning birinchi asari ―Al-komil fi-t-tarix‖ katta ahamiyat kasb etadi. ―Al-komil fi-t-tarix‖ asari o’n ikki jilddan iborat bo’lib, unda dunyoning ―yaratilishi‖dan to 1231 yilga qadar Sharq mamlakatlarida bo’lib o’tgan 95 ijtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil, xronologik, ya‘ni davr tartibida bayon etib beriladi. Asarda ko’pgina qimmatli manbalar, xususan Tabariy hamda asSallomiyning bizgacha yetib kelmagan ―Kitob fi axbor vuloti Xuroson‖, (―Xuroson hukmdorlari haqida axborot beruvchi kitob‖) kabi qimmatli asarlardan keng foydalangan. ―Al-komil fi-t-tarix‖ning birinchi qismi (I-IV jildlari) olamning ―yaratilishi‖dan to 931 yilgacha bo’lib o’tgan voqealar bayonidan iborat. Bular avval bo’lib o’tgan olimlar Balazuriy, Tabariy, Ibn Miskavayx, as-Sulamiy va boshqalarning asarlariga tayanib yozilgan. Lekin bu qismda ham ko’p hollarda asosiy manbalarda uchramaydigan muhim va qimmatli ma‘lumotlar bor. Masalan, 751 yili Talas daryosi bo’yida arab va Movarounnahr qo’shinlari bilan xitoy armiyasi o’rtasida bo’lib o’tgan jang va unda ko’p minglik xitoy qo’shinining tor-mor etilishi haqidagi ma‘lumot shular jumlasidandir. Undan tashqari, as-Sam‘omiy va uning muhim tarixiy asari haqida ma‘lumot Ibn al-Asir tufayligina bizgacha yetib kelgan. Asarning VII-XII jildlari mustaqil, alohida ahamiyatga ega bo’lib, 924-1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek Movarounnahrda bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi va asosan qo’lyozma manbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan axborotlar hamda muallifning shaxsiy kuzatishlari davomida to’plagan boy va faktik material asosida yozilgan. ―Al-komil fi-t-tarix‖ asarining ayniqsa, mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan XII jildi alohida qiymatga ega va Movarounnahr hamda Sharq mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda asosiy manba vazifasini o’taydi. Kitobning to’la matni ikki marta (1851-1876 yillari va 1901 y.) chop etilgan. Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.Ye.Krimskiy tarjima qilganlar. Asar Xivada to’la ravishda o’zbek tiliga Muhammad Rahim soniy (1863- 1910 yy.) davrida Nurillo Muftiy, Muhammad Sharif oxund va boshqalar tomonidan tarjima qilingan bo’lib, Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida o’n uchta mo’‘tabar qo’lyozmalari saqlanmoqda.



Download 116.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling