O’zbekiston tarixini o’rganishda arab va fors manbalaridan foydalanish


Download 116.2 Kb.
bet4/5
Sana25.02.2023
Hajmi116.2 Kb.
#1231559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asad BMI

TEMURIYLAR DAVRI MANBALARI
Tojiddin as-Samarqandiy. Temur va Shoxruxning zamondoshi Tojiddin as-Samarqandiyning asari ―Zayli Zafarnoma‖ yoki ―Tarixnomai Solmoniy‖ (1410 y) diqqatga sazovordir. Muallif Shoxruxning amriga binoan o’z asarlarida Temur podsholigining oxirgi yillari va u vafot etgandan keyingi davrni (to 1409 yilgacha) ko’rsatgan. Manba sifatida ―Solmoniy tarixnomasi‖ qanchalik muhim bo’lmasin, unda shaxsan Temur haqidagi ma‘lumotlar oz, borlari ham uning hayoti oxirgi yillariga oid bo’lib Mo’g’uliston va Xitoyga yurishlariga tayyorgarlik haqidadir. Temurning kasalga chalinishi va vafot etishi esa yorqin bo’yoqlarda mufassal berilgan: ―Hijriy bo’yicha 807 yilning 18 sha‘boni chorshanba o’tar kechasi‖ uning xoni ―o’z uyidan chiqib Olloh qarorgohiga otlandi‖ va hozir undadir, u yerda Qur‘on ta‘biriga ―osoyishtalik, xushbo’ylik, rohat bog’i mavjud‖. Ayniqsa, Tojiddin tomonidan Temur vafotidan so’ng hokimiyat uchun kurashning qizib ketishiga tegishli xabarlar keltirilishi qimmatlidir. Xoja Tojuddin as-Solmoniyning ―Tarixnoma‖ asari bizning zamonamizgacha uch nusxada yetib kelgan. Ulardan biri sukutli va shu kunlarda Angliya muzeylarida saqlanmoqda. Yana ikkitasi Turkiyada, Istanbuldagi Sulaymon Fotih va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida saqlanadi. Asar G. R. Ryomer tomonidan nemis tiliga va Z. M. Buniyatov tomonidan 1991 yilda rus tiliga tarjima qilingan. Hofizi Abru. (haqiqiy ismi sharifi Shahobuddin Abdulloh bin Lutfulloh bin Abdurashid al-Havofiy) Hirotda tug’ilgan bo’lib, Temur saroyiga yaqin turgan, keyinchalik Shoxruxning saroy tarixchisi bo’lgan. 1430 yilda vafot etgan. Agar u Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin suhbatdosh bo’lgan bo’lsa, Shoxrux bilan uning yurishlarida birga bo’lgan. Uning biri jug’rofiyaga, ikkinchisi tarixga oid ikki yirik asari mavjud. Abru birinchi asarini 1414-1420 yillar orasida yozgan. U XV asrda arab tilida bitilgan. Asarda ya‘ni ―Kitob al-masolik va-p-mamolix‖ (―Yo’llar va mamlakatlar haqida kitob‖) deb atalib, asarda har bir viloyatning geografik holatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siyosiy tarixi ham bayon etilgan. 109 Asarning yaxshi qo’lyozma nusxalari Angliya va Rossiya (Sankt Peterburg) kutubxonalarida saqlanmoqda. Abruning ikkinchi asarida butun dunyo tarixi bo’yicha to’plamning (―Majmua‘ ut-tavorix‖ yoki ―Tarix to’plami‖) mundarijasi va kirish so’zi berilgan. Ushbu to’plamning birinchi jildining birinchi bo’limi Temurga bag’ishlangan. Hofizi Abru yana Temuriy Boysung’ur (Shoxruxning o’g’li) ning topshirig’i bilan yozgan asari mazmuniga ko’ra 4 ta qismga bo’lingan: 1) Islomiyatdan avval o’tgan payg’ambarlar va qadimgi Eron podsholari; 2) Muhammad payg’ambar va arab halifalari; 3) Eronning Saljuqiylar hamda mo’g’ullar davridagi (Elxon Abu Sa‘id davrigacha) tarixi; 4) ―Zubdat ut-Tavorix-i Boysunquriy‖ Hofizi Abru o’z asarlarida Temur o’limi to’g’risida ham hikoya qiladi, bunday hikoya Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy asarlarida ham yo’q. Yana shu narsani aytish lozimki, Hofizi Arbu asarlari Abdurazzoq Samarqandiy foydalangan asosiy manbadir. Xondamir. XV asr oxiri va XVI asrning birinchi yarmida o’tgan yirik tarixchi olim. To’la ismi – G’iyosiddin Muhammad ibn xoja Xolsomuddin Muhammad ibn xoja Jaloluddin ibn xoja Barhonuddin. Taxminan 1475 yilda tug’ilgan. Otasi Sulton Muhammad Mirzoning vaziri bo’lgan. Ona tarafdan Mirxondning nabirasidir. Xondamir 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning e‘tiborini qozonadi va uning xizmatiga (kutubxonasiga) qabul qilinadi. U to Navoiyning vafotiga qadar uning xizmatida bo’ladi. Navoiy Xondamir haqida masalan: «Mavlono Xondamir Mirxondning farzandlari va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida mahorati bor…» Xondamir O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga oid 10 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Xondamirning ilmiy merosida «Habib us-siyar» asari alohida o’rin tutadi va O’rta Osiyo hamda Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda muhim va qimmatli manbalardan hisoblanadi. Asar 1521-1524 yillarda yozilgan. «Habib us-siyar» umumiy tarix tipidagi asar bo’lib, muqaddimadan iborat. O’z navbatida har bir jild 4 qismga bo’linadi. Asarning I-II jildlari hamda III jildining 1-2 qismlari Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mo’g’uliston, Dashti Qipchoq, Movarounahr va Eronda hukmronlik qilgan avlodi, Mammoqnar, Kirman, Qoraxoniylar, Mozandaron hukmdorlari va Xuroson sarbadorlari tarixini o’z ichiga oladi. III jildning 3-4 qismlari esa original bo’lib, Xuroson va Movarounahrning XV asrning 90-yillaridan to 1524 yilgacha bo’lgan ijtimoiysiyosiy ahvolini chuqur va atroflicha bayon etadi. Xondamir ham hukmron feodal sinfining vakili edi. Shuning uchun mehnatkash xalqning og’ir va ayanchli ahvoli uning diqqat-e‘tiboridan chetda qolgan. Shunga qaramay, «Habib us-siyar» 110 tinimsiz urushlar tufayli xalqning yelkasiga tushgan og’irliklar xususida ayrim, lekin diqqatga sazovor faktlarni uchratish mumkin. Masalan, asarda o’z aksini topgan 1498 yili Samarqand qamali vaqtidagi shahar xalqining ayanchli ahvoli, 1512 yili Qarshi xalqining qizilboshlar va Buxoro qo’shini tarafidan qirg’in qilinishi, 1512-1514 yillari Xurosonda yuz bergan ocharchilik haqidagi xabarlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, «Habib us-siyar»da muhim ijtimoiyiqtisodiy masalalarga oid, masalan, yer egaligi, tarxonlar va suyurg’ol egalari va ularning jamiyatda tutgan o’rni, zulm, Temuriylar davlatining ma‘muriy tuzilishi haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. Mirxond. Mir Muhammad ibn Sayid Burhoniddin Xavandshoh ibn Kamoliddin Mahmud al-Buxoriy O’rta asr tarix fanining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari asli Buxorolik bo’lib, faqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur bo’lganlar. Mirxond 1433 yilda Balxda tug’ildi, lekin umrining ko’p qismini Hirotda o’tkazdi. Mirxond o’zining «Ravzat us-safo» asarida muqaddima, xotima va yetti jilddan iborat: 1) Dunyoning yaratilishidan to Sasoniy Yazdijard III (623-651 yy.) davrigacha o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar; 2) Muhammad payg’ambar va xalifa Roshiddin davrida bo’lib o’tgan voqealar; 3) O’n ikki imom tarixi: Umaniya va Abbosiya xalifaligi; 4) Abbosiylar bilan zamondosh sulolar; 5) Chingizxon va uning avlodi; 6) Amir Temur va uning zamonidan to Sulton Abu Said o’limigacha (1469y.) bo’lib o’tgan voqealar; 7) Sulton Husayn va avlodining tarixidan iborat. Abdurazzoq Samarqandiy. Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiy (1413-1482 yy.) Hirotning badavlat va nufuzli xonadonlarining biriga mansub bo’lib, otasi Shohrux huzurida qozi, askar va imomlik lavozimida turgan. 1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shohrux so’ngra Abulqosim Bobur va boshqa Temuriy shahzodalarning saroyida xizmat qildi. Abdurazzoq Samarqandiy ko’proq boshqa davlat bilan olib boriladigan yozishmalar, shuningdek elchilik ishlari bilan mashg’ul edi. 1441 yilda Janubiy Hindostonga elchi qilib yuboriladi. Temuriylar davlatining Hindiston bilan munosabatini mustahkamlash va rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixshunos olim sifatida nom qoldiradi. U Eron va O’rta Osiyoning XIV-XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidan, shuningdek Temuriylar davlatining qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy madaniy aloqalari tarixidan bahs yurituvchi «Matlai us-sa‘dayn va majis ulbahrayn» (Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo’shilishi o’rni) deb ataluvchi asari bilan mashhur bo’ldi. «Matlai us-sadayn» ikki qismdan iborat: 1)Elxon Abu Said (1317-1335yy.) davridan to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand taxtiga o’tirishigacha bo’lgan davr (1304-1405yy.) tarixi; 2) Shohruxning Temuriylar 111 imperiyasining oliy hukmdori deb e‘lon qilinishidan (1405y.) to Temuriy Abu Saidning o’ldirilishigacha (1469y.) bo’lgan davr tarixi yozilgan. Asarda voqealar xronologik tartibda keltirilgan. Bu hol asardan foydalanishda katta qulayliklar tug’diradi. Abdurazzoq Samarqandiy va uning mazkur asari rus va xorijiy mamlakatlar olimlar (B.A.Dori, V.F.Minorskiy, A.YU.YAkubovskiy, I.P.Petrushevskiy, B.G.Gaffurov, A.U.O’rinboevlar) tomonidan birinchi darajali tarixiy manba sifatida yuksak baholangan. Davlatshoh Samarqandiy. XV asrda ko’zga ko’ringan adabiyotshunos olimlardan. Davlatshoh o’zining «Tazqirat ush-shuaro» asarini 50 yoshga kirganda yoza boshlagan. Davlatshoh Samarqandiy mazkur asarini yozishda juda ko’p manbalardan: o’zidan oldin yozilgan tazqiralardan, xususan Abu Tohir Hotuniyning «Manaqob ush-shuaro», Avfiyning «Lubob ul-albob» kitoblaridan, tarixiy va geografik asarlardan, xususan Istahriyning «Kitob malolik ul-mamolik», Gardiziyning «Zayn ul-axbor» va boshqalardan keng foydalangan. «Tazqirat ush-shuaro» muqaddima, xotima va yetti qismdan iborat. Muqaddima asarining yozilish sabablari, VII-X asrning birinchi yarmida o’tgan arabiy navis shoirlardan 10 nafari haqida ma‘lumot keltirilgan. Birinchi va ikkinchi qism X-XI asrlarda Eron va O’rta Osiyoda yashab ijod etgan. 40 ta yirik shoirning qisqacha tarjimai holi va ijodiga bag’ishlangan. Uchinchi-beshinchi tabaqalarda Xorazmshohlar-Anushteginlar (1077- 1231yy.), Elxoniylar (1256-1353yy.) va Muzaffariylar (1314-1396yy.) zamonida o’tgan 54 shoir haqida ma‘lumot bor. So’nggi ikki tabaqada Temur va temuriylar zamonida yashagan 41 shoir talqin etilgan. Qisqacha «Tazqirat ush-shuaro» O’rta Osiyo va Eronning X-XV asrlardagi madaniy hayotini, uning o’zaro aloqalari tarixini o’rganishda muhim manba rolini o’ynaydi. Mirzo Ulug„bek. Tarixda o’tgan shaxslar xususida fikr-mulohaza yuritgandi hazrat Alisher Navoiyning mana shu satrlari beixtiyor xotiraga keladi: Bu gulshan ichra yo’qdir baho guliga sabot, Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bilan ot. Ha, «yaxshi ot» har qanday shaxsning hayoti va faoliyatiga baho berishda aniq va to’g’ri mezon. Lekin yaxshi ot qoldirishdek sharafga ham hatto tojdorlar ham muyassar bo’lmas ekan. Bunga yetganlar bor, yetmaganlar ham. Feodal sinfining namoyandasi va toju davlat sohibi bo’lgan Mirzo Ulug’bek bunday sharafga muyassar bo’la oldi. Lekin u bu sharafga olamshumul ilmiy muvaffaqiyatlari tufayli erishdi. 112 Mirzo Ulug’bek buyuk olim va ilm-fan hamda madaniyat homiysi sifatida tarixda qoldi. Samarqand uning zamonida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Mirzo Ulug’bek ikki yirik asar yozib qoldirdi. Bulardan biri «Ziji Jadidi Ko’ragoniy» bo’lib, klassik astronomiyaning nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan; Samarqand astronomlarning ko’p yillik ilmiy kuzatishlarini bayon etuvchi asar hisoblanadi. Ikkinchisi tarixiy asar bo’lib, unda XIII-XIV asrlarda mo’g’ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. Asar «Ulus-i arba‘yi Chingizxon» (Chingiziylarning to’rt ulusi tarixi) yoki «Tarixi arba‘ ulus» (To’rt ulus tarixi) nomi bilan mashhur. 1425 yilda yozib tamomlangan. «Tarixi arba‘ ulus» muqaddima va to’rt qismdan iborat. Muqaddima O’rta asrlar tarixchilari o’rtasida hukm surgan an‘anaga ko’ra islomiyatdan avval o’tgan payg’ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan. Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek Turk-mushul qabilalari va Chingizxon ta‘rifi bayon qilingan. Birinchi qism, Ulug’ yurt, ya‘ni Mo’g’uliston va Shimoliy Xitoy tarixi: Ugadayxon (1227-1241yy.) davridan to Ariqbug’onnning avlodi Urdayxon zamonigacha yuz bergan voqealarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi qismda Jush ulusi, ya‘ni Oltin O’rda tarixi Jujixon davridan to Shohruxning zamondoshi bo’lmish Muhammadxon zamonigacha; XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham aytish kerakki, muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor (xon) ustida qisqacha va alohida-alohida to’xtalib, ularning davrida sodir bo’lgan voqealardan eng muhimlarini bayon etgan. «Tarixi arba‘ ulus»ning ayrim qismlari, xususan uning to’rtinchi qismi ko’p jihatdan Sharofuddin Ali Yazdiyning «Muqaddimai Zafarnoma»siga o’xshab ketadi, lekin «Tarixi arba‘ ulus» bir muncha to’la asar. Bundan tashqari unda to’rt ulus o’rtasidagi siyosiy munosabatlar «O’zbek» etnomining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma‘lumotlar uchratamiz. Qisqasi «Tarixi arba‘ ulus» O’rta Osiyo va Qozog’istonning XIII-XIV asrlardagi tarixini o’rganishda, ayniqsa Chig’atoy ulusi tarixini o’rganishda muhim manbalardan biri vazifasini o’tashi mumkin. Zahiriddin Muhammad Bobir. XVI asrda o’tgan yirik olim va iste‘dodli davlat arbobi, Farg’ona hokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) to’ng’ich o’g’li, 1483 yil 14 fevralda Andijonda tug’ilgan. 1494 yil 5 iyunda 12 yoshida otasi o’rniga Farg’ona taxtiga o’tkaziladi. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, mamlakatda kuchayib ketgan feodal kurash natijasida, aniqrog’i Sulton Ahmad Tanbal bosh bo’lgan feodal guruh bilan kurashda mag’labiyatga uchrab, Farg’onani tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Uning 1497-1500 yillari Samarqand 113 taxti uchun olib borgan kurashi ham mag’lubiyat bilan tugadi. Bobur 1504 yilga qadar, Farg’ona uchun kurashdi, lekin g’alaba qozonmaydi. 1504 yil (iyun oyida) O’rta Osiyoni tark etadi va Afg’onistonga boradi. O’shanda Bobur Afg’onistondagi feodal tarqoqlikdan ustalik bilan foydalanadi va Qobulni egallaydi. 1511 yilning kuzida Bobur Eron podshosi Ismoil Safaviyning (1502- 1524yy.) harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni egallashga muvaffaq bo’ladi, lekin uning hukmronligi bir yilga ham yetmadi. 1512 yilning bahorida Ko’li Malik degan joyda bo’lib o’tgan jangda Shayboniyxolarning birlashgan kuchlari uni tormor keltiradi. Bobur Hisor orqasida 2 yil yashab, 1514 yilda Yana Qobulga qaytadi. 1514-1526 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo’ysundirish maqsadida 5 marta qo’shin tortadi, lekin faqat so’nggi yurishda 1526 yilda u boy mamlakatni bosib oladi va Boburiylar (G’arbda Buyuk mo’g’ullar) imperiyasi nomi bilan mashhur bo’lgan feodal davlatga asos soldi. Muhammad Zahiriddin Bobur 1530 yilning 26 dekabrida 47 yoshida vafot etadi. Bobur o’zining ajoyib lirik she‘rlari hamda «Boburnoma» nomli ensiklopedik asari bilan tarixda o’chmas nom qoldirdi. «Boburnoma» me‘muar tipda yozilgan asar bo’lib, o’zida Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Hisori shodmon, Chag’oniyon, Afg’oniston va Shimoliy Hindistonning XV asrning 80-90 yillari va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli yoritiladi. Bundan tashqari asar geografik va etnografik faktlarga (Farg’onaning turk-mo’g’ul qabilalari, ko’chmanchi o’zbek qo’shinlarining tuzilishi, Movaraunahr, Afg’oniston va Hindiston xalqlarining urfodati va h.k.) ham juda boy. ―Boburnoma‖ XVI asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko’p tillari: ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha martalab tarjima qilindi, sharh-izohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg’oniston, Turkiya, Yaponiya kabi o’nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadqiqotlarida ―Boburnoma‖ning insoniyat yaratgan o’lmas obidalar qatorida alohida o’rinda turishi ta‘kidlanadi. ―Boburnoma‖ning jahonga mashhur bo’lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta bo’ldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi to’liq nashrini (ingliz tilida) 1826 yilda J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta 1878 va 1909-yillarda uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij ―Boburnoma‖ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o’zida ―Boburnoma‖ning tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda ―Boburnoma‖ning professor V. Takston tomonidan AQSHda (Kembrij shahri, 114 Garvard unti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal so’zlik, ko’rsatkich va sharh-izohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995-96) ilmiy-tanqidiy matni nashr etildi. ―Boburnoma‖ qo’lyozmalari matnida 1504-1505, 1509-1518, 1520-1524 yillar tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520-yil voqealari bayoni tugal emas. Mana shu uzilish bo’lgan o’rinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar asosida ma‘lum darajada tiklaganlar. ―Boburnoma‖ 1586-yilda forschaga, undan parchalar 1705 Vitsen tomonidan golland tiliga, A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga, Pave de Kurteyl tomonidan to’la holda fransuz tiliga (1871) tarjima qilingan. ―Boburnoma‖ni tarjima qilish va tadqiq etishda, shuningdek Afg’oniston (Abdulxay Habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining xizmati ham katta. Rus sharqshunoslaridan N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkinlar ham ―Boburnoma‖dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy 1857-yilda ―Boburnoma‖ni Qozonda nashr ettirdi. ―Boburnoma‖ asarining bir necha marta soddalashtirilib, o’quvchiga tushunarli tilda nashr qilingan hamda undagi tarixiy voqealar yoritilgan ko’plab asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. Jumladan, Porso Shamsiyev, V. Rahmonov, H.Qudratillayev, T. Fayziyevlar bu borada bu sohada tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. Bu asarlar hozirda ham Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini o’rganishda boy manba bo’lib xizmat qilmoqda. Kamoliddin Binoiy o’z davrining yirik shoiri bo’lish bilan birga yirik tarixshunos olim ham edi. Binoiyning to’liq ismi – Ali ibn Muhammad alXarafiy. 1453 yilda Hirot shahrida me‘mor ustod Muhammad Sabz oilasida dunyoga keldi. Uning yoshligi, butun ongli hayoti og’ir bir zamonda – Xurosonda feodal qarama-qarshiliklar va temuriylarning toju-taxt uchun kurashi nihoyatda kuchaygan bir davrda kechdi. Qora quyunlular sulolasidan chiqqan Jahonshoh (1438-1468 yy.) Shohrux vafotidan so’ng mamlakatda kuchayib ketgan ixtiloflardan foydalanib, Fors viloyatida hokim bo’lib turgan o’g’li Pir Budoq Sulton bilan birgalikda Xurosonga bostirib kirdi va Xurosonni egalladi. Lekin ko’p o’tmay, sulton Abu Saidning tazyiqi ostida u bilan sulh tuzib, mamlakatni bo’shatib chiqishga majbur bo’ldi. Alisher Navoiy, Bobur va Xondamirlarning guvohlik berishlaricha, Binoiy o’z davrining keng ma‘lumotli kishilardan bo’lgan. Ular Kamoliddin Binoiyni yetuk shoir, ilohiyot va insho olimi, musiqashunos va iste‘dodli muarrix sifatida ta‘riflanganlar. U 1495 yilda Samarqandga keladi. Binoiy Samarqandga kelganidan keyin, dastlab Xoja Ubaydulloh Ahrorning ikkinchi o’g’li Xoja Qutbiddin Yahyo xizmatiga o’tadi, 1500 y. iyul oyida, ya‘ni Samarqand Shayboniyxon tomonidan 115 ishg’ol etilgandan so’ng, u o’zbek xonining xizmatida bo’ladi. Binoiy 1512 yilda Qarshida qizilboshlilar bilan bo’lgan urushda halok bo’ladi. Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» nomli muhim tarixiy asar yozib qoldirgan. Asarda Dashti Qipchoqda XV asrning so’nggi choragi va Movaraunahrda XVI asrning boshlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqelar haqida hikoya qilinadi. Yaqin vaqtlargacha «Shayboniynoma» O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan yagona nusxa hisoblanib kelingan. Bu noyob nusxa hisoblanadi va Shayboniyxonning shaxsiy kotibi Mirza Muhammad Munshiy tomonidan ko’chirilgan. Shuni ham alohida qayd etib o’tish kerakki, uning ba‘zi varaqlarini Shayboniyxon o’z qo’li bilan ko’chirgan, lekin ko’p tekshirishlardan so’ng, bu nusxa «Shayboniynoma»ning qisqartirilgan nusxasi bo’lib chiqdi. Asarning to’la nusxasi 1965 yilda Bo’riboy Axmedov tomonidan aniqlandi. Uni «Shayboniynomaning noma‘lum naqli» deb atadi. Asarning kengaytirilgan naqli, birinchidan, faqat 1500 yilgacha bo’lgan davr voqealarini o’z ichiga oladi, ikkinchidan og’ir uslubda yozilgan, unda ortiqcha she‘riy parchalar ham ko’p. «Shayboniynoma» to’la naqlining tili va uslubi og’ir bo’lishiga qaramasdan, uning qisqa naqlidan afzal tomonlari ko’p. Unda voqealar bir tartibda to’la-tekis yoritilgan bo’lib, qisqa naqldagi nusxada uchramaydigan ilm-fan uchun ham muhim yangiliklar bor. Agarda Shayboniyxon va ko’chmanchi o’zbeklarning 1499 yilda Shayboniyxon Samarqandni olmasdan oldin, Nasaf va Kesh viloyatlari ustiga qilgan harbiy yurishlari haqida keltirilgan ma‘lumot ham diqqatga sazovordir. «Shayboniynoma»ning kengaytirilgan naqlida Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek rasadxonasining XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi, ya‘ni Ulug’bek o’limidan 50 yil keyingi ahvoli haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchratamiz. Bu yerda aytishlaricha rasadxona o’sha vaqtda ham bus-butun bo’lgan va «Ko’hak tepaligida, Obi Rahmat bo’yida ulug’vor savlat to’kib turgan». Rasadxonani Bobur ham Samarqandda bo’lganida ko’rgan edi. Binoiy keltirgan ma‘lumtalar Ulug’bek rasadxonasi haqida «Boburnoma»da aytilgan gaplarni tasdiqlaydi. Bu esa rasadxona Mirzo Ulug’bekning fojeali o’limidan keyin, Xoja Ahror tarafdorlari tomonidan buzib yuborilgan degan gaplarning g’irt uydirma ekanligini tasdiqlaydi.



Download 116.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling