O’zbekiston tarixini o’rganishda arab va fors manbalaridan foydalanish


O’RTA OSIYONING XIII-XV ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR


Download 116.2 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi116.2 Kb.
#1231559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asad BMI

O’RTA OSIYONING XIII-XV ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
1219-1221 yillar ichida O’rta Osiyo mo’g’ullar tomonidan istilo etildi. Chingizxon vafot etgandan keyin, uning bosib olgan yerlari o’g’illari o’rtasida bo’lindi. O’rta Osiyo Chig’atoyga tegdi. XIV asrning 40-yillariga kelib, Chig’atoy ulusi ikkiga bo’linib ketdi – Yettisuv va Qoshg’arda qolgan mo’g’ullar mustaqillik e‘lon qilib, o’z davlatini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mo’g’uliston nomi bilan mashhurdir. Mo’g’ullar hukmronligi yillarida Movaraunahr xalqi ikki tomonlama: mo’g’ullar hukmdorlari (dorugalar, bosqoqlar) hamda mahalliy feodallar tarafidan og’ir ekspluatasiya qilindi. Ular asosiy daromad solig’i xirojdan tashqari talaygina boshqa soliq va jarimalar (dorug’achi, ulufa, tamg’a, qopchur yasog’i, tog’lor, begor va boshqalarni) to’lashga majbur etilgan edilar. Og’ir feodal ekspluatasiya mo’g’ul hukmdorlarining beboshligiga qarshi Buxoroda Kosib Mahmud Torobiy boshchiligida 1238 yil qo’zg’olon ko’tardilar, lekin bu qo’zg’olon boshqa shahar va viloyatlarga tarqalmaganliga uchun mo’g’ul qo’shini tomonidan bostirldi. XIV asr o’rtalariga kelib Chig’atoy ulusining g’arbiy-janubiy qismini tashkil etgan. Movaraunahrda feodal tarqoqlik yanada kuch oldi. Bu ayniqsa Qozog’on vafotidan keyin (1358y.) kuchayib ketdi. Mamlakat mayda-chuyda qismlarga bo’linib ketdi. Masalan, Shahrisabzdan Jaloir mustaqillik e‘lon qildi, Balxda Amir Husayn xon qilib ko’tarildi, Shibirg’onni Muhammad Apardi egalladi, Xuttalanda Kayxusrav o’zini podsho deb e‘lon qildi. Bundan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy hokimiyatni qo’lga oldi. 1370- 1378 yillarda u mamlakatda tarqoqlikni tugatib, Movaraunahr va Xorazmni o’ziga bo’ysindirdi. 1380-1402 yillarda Temur qo’shni mamlakatlar ustiga harbiy yurish qilib, Eron, Zakavkazya, Iroq, Kichik Osiyo va Shimoliy Hindistonni istilo qildi, Oltin O’rda xoni To’xtamishga (1376-1395 yy.) qaqshatqich zarba berib, uning poytaxti Saroy Berkanni egalladi. Temuriylar davlati tom ma‘nosi bilan markazlashgan davlat emas edi. U mayda uluslarga bo’lingan holda idora qilindi. Masalan, Temur hayotligida imperiya to’rt qismga bo’linga edi.
Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin uning davlati inqirozga yuz tutdi. To’g’ri, u Shohrux (1409-1447yy.), Abu Said (1451-1469yy.) va Sulton Husayn Bayqaro (1470-1506yy.) davrida nisbatan markazlashgan va ma‘lum harbiysiyosiy kuchga ega edi, lekin uluslarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi mavqei hamon katta edi. Ibn Xalliqon. (1211-1282 yy.) Ibn Xalliqon tarixchi-biograf olimdir. Uning to’la nomi Ahmad ibn Muhammad ibn SHamsuddin Abulabbos al-Barmakiy alArbiliydir. Ibn Xalliqon Suriyaning Xalab (Aleppo) va Damashq shaharlarida tahsil ko’rgan va yana 1238 yili Qohiraga borib o’z bilimini oshirgan. 1261 yili Damashqda qozi kalon, so’ngra Qohiraning ―al-Faxriya‖ va boshqa madrasalarida mudarrislik qilgan, ayni vaqtda shaharning qozi kaloniga noib ham bo’lgan. Uning muhim biografik asari ―Vafayot ul-a‘yon va anbo anbo uzzamon‖ (―Mashhur kishilarning vafoti va zamondoshlari haqidagi habarlar‖) 1256-1274 yillar orasida yozilgan. ―Vafayot ul-ayon va anbo anbo uzzamon‖ asarida bizning zamonamizgacha saqlanmagan ko’pgina qo’lyozma asarlar va olimning shaxsiy kuzutuvlari natijasida to’plangan faktik material asosida yozilgan bo’lib, bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha o’tgan, shuningdek Ibn Xalliqon bilan zamondosh bo’lgan mashhur olim va adiblarning tarjimai holini o’z ichiga olgan muhim ma‘lumotlar mavjud. Bular orasida bir talay O’rta Osiyolik adib hamda olimlar nomlari ham mavjud. Mazkur asar XIX asrda Gollandiya, Fransiya, Misr, Eron hamda Turkiyada chop etilgan. Kitobni de Slen ingliz tiliga tarjima qilib to’rt jildda 1842-1871 yillari chop ettirgan. Shihobuddin Muhammad Nisoviy (vafoti 1249 y. Xalab). Xalqimizning buyuk o’g’loniga bag’ishlangan noyob asar ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ (―Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai holi‖) nomli asar muallifi. Muarrixning to’la ismi Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali Muhammad Nisoviydir. Tarixchining otasi Xorazmshohlarning e‘tiborli amirlaridan biri bo’lgan. Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qal‘asining hokimi edi. Otasi vafot (1220 y.) etgach, uning mol-mulki va mansabi o’g’liga o’tgan. U 1224 yilga qadar Niso viloyatining hokimi Nusratuddin Hamzaning noibi bo’lib xizmat qilgan. Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) hamda al-Halqa (Jurjon qishloqlaridan) da mo’g’ullar bilan bo’lgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. So’ng Astrobod viloyatlaridan Kabud joma (hozirgi nomi Hojilar) hokimi Imom ud-davla Nusratuddin Muhammad huzuriga kelgan va uning yordami bilan yana Nisoga qaytishiga muvaffaq bo’lgan, lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, Nisoda o’zaro feodal kurash kuchayib ketganligi sababli u Iroqqa ketib qoladi va 1224 yili Sulton Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al-insho) lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin Muhammad 98 Nisoviy bu lavozimda 1231 yilgacha, ya‘ni sultonning o’limiga qadar xizmat qiladi. Keyin u Mayofarikin (Diyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-Malik al-Muzaffar G’oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan ko’p vaqt o’tmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin Ildegiziylar (1137- 1225) huzurida, so’ngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qal‘asiga hokim etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Salohiddin Yusuf ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. SHihobuddin Muhammad an-Nisoviy O’rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O’rta SHarq mamlakatlarining mo’g’ul istilosi davridagi (1220-1231 y.) ijtimoiy-isyosiy ahvolidan baxs yurituvchi ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ nomli qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda yozib tugallangan bo’lib, u memuar-xotira-yodnoma tarzida yozilgan. Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mo’g’ul-tatarlar, CHingizxonning kelib chiqishi, xon bo’lib ko’tarilishi masalalari ixcham tarzda bayon etilgan. V-XXII boblar xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan. XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mo’g’ul istilosi va xorazmshoh Alouddin Muhammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning hayoti va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi.Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 yillar voqealarini o’z ichiga olgan boblari original va zo’r ilmiy qiymatga ega, chunki bayon etilmish voqealarning ko’pchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor. Mana shuning uchun ham bu kitob tarix ilmi namoyondalarining diqqat e‘tiborini o’ziga jalb etmoqda. Undan ham o’tmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy (1244-1323 y.), Ibn Xaldun (1332-1406), Badruddin Ayniy (vafoti 1451 y.) qimmatli manba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar ham o’sha davrga oid tadqiqotlarida bu asarni chetlab o’ta olmaydilar. ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ nomli asarning arabcha matni, frantsuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda hamda Qohirada chop qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziyo va Ahmad Tavhid) va forsiy (tarjimonlar Muhammad Ali Nosih va Mujtab Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolidan hikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan edi. Kitobni to’la holida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr ettirgan. Jamol Qarshiy (1230 y. tug’ilgan). ―Mulhaqot as-suroh‖ (―As-suroh‖ga ilova‖) nomli kitobning muallifi XIII-XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim. Uning asli ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid, ammo olim ko’pincha Jamol Qarshiy (―Qarshi mo’g’ulcha ―qasr‖ demakdir.) nomi bilan mashhur bo’lgan. Olim Olmaliq shahrida (Ila vodiysida, G’uljaning g’arbi-shimoliy tarafida joylashgan yirik o’rta asr savdo va madaniyat 99 markazlaridan biri) ruhoniy oilasida tug’ilgan. Otasi Olmaliqning mashhur hofizlaridan (―Qur‘on‖ni qiroat bilan o’quvchi), onasi esa marvlik shayx Abu Alining avlodi bo’lgan. Bo’lg’usi olim Olmaliqlik mashhur shayx Ashraf ibn Najib al-Kosoniydan ta‘lim oldi, so’ng Chingiziylarga tobe bo’lgan mahalliy hukmdor Sig’noq takinning (vafoti 1250-1253 y.) o’g’li Elbutarning tarbiyachisi sifatida xizmatga kiradi. Bu hol, shuningdek sadr Burhoniddinning homiyligi tufayli, uning keyingi yuqori lavozim devoni inshoga ko’tarilishiga yordam berdi. 1264 yili Jamol Qarshiy, bizga ma‘lum bo’lmagan sabablarga ko’ra, iste‘foga chiqib, Koshg’arga ketib qoladi. Koshg’arda Jamol Qarshiyga sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh ibn Husayn va Sa‘duddin homiylik qildilar. Olim Koshg’arda asosan she‘r yozish bilan mashg’ul bo’ldi va sadr Sa‘duddinning taklifi bilan 1302 yili o’zining ―As-suroh min as-Sahoh‖ (―Foydali (mulohaza)dan kelib chiqqan ochiq gap‖) nomli asarini yozdi. Jamol Qarshiy 1269-1294 yillar orasida O’rta Osiyoning ko’pgina viloyatlari bo’ylab sayohat qilgan. Masalan, 1269-1270 yillari Ilamishda (Andijondan Talasga boradigan yo’l ustida joylashgan qadimiy shahar), bir necha bor (1272,1293 y.) Shoshda, 1273 yili Barchinlig’kent va Jandda bo’lgan. Olim ana shu sayohatlar vaqtida to’plangan ma‘lumotlardan o’zining yuqorida nomi qayd etilgan asarini yozishda keng foydalangan. Jamol Qarshiyning ushbu asari Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Javhariyning (vafoti 1008 y.) ―As-sahoh‖ (―Mukammal lug’at‖) nomli asariga yozilgan qo’shimcha bo’lib, ko’pincha ―Mulhaqot as-suroh‖ nomi bilan mashhurdir. Asarda XIII asrda Olmaliq va unga qaram yerlarda hukmronlik qilgan turk hukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg’arda hukronlik qilgan namoyondalari; Qoshg’ar, Xo’tan, Farg’ona, Shosh viloyatlari, shuningdek Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan bir qator yirik o’rta asr shaharlari, masalan Barchinlig’kent, Jand haqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh bo’lgan mashhur kishilar-shayxlar, olimlar, shoirlar haqida diqqatga sazovor ma‘lumotlarni uchratamiz. Umuman, Jamol Qarshiyning ushbu asari Movarounnahr hamda Markaziy Osiyo xalqlarining XIII asrdagi tarixi, madaniyati, yirik shaharlari va ularning ahvolini o’rganishda zarur manbalardan biridir. ―Mulhaqot as-suroh‖ hozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qo’lyozma nusxalari Angliya, Fransiya, Germaniya kutubxonalarida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida va Toshkentda mavjud. Mahmud Qoshg„ariy. XV asrda o’tgan yirik tilshunos olim. Asl ismi: Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshg’ariy. Mahmud Qoshg’ariy Qoraxoniylar xizmatida bo’lgan nufuzli turk beklaridan birining oilasiga mansub bo’lib, 1092-1038 yillar orasida taxminan Barsgonda tug’ilgan, lekin umrining 100 ko’p qismini Bolasog’un, Qoshg’ar, Bog’dod shaharlarida o’tkazgan. O’rta asr fanining ko’p sohalarida xususan, arab tili, turkiy tillarni, tarix hamda geografiya fanlarini chuqur egallagan. O’rta Osiyo va Eronga sayohat qilib, bu mamlakatlarning yirik shaharlarida bo’ladi. Mahmud Qoshg’ariy o’zining turkiy tillarga bag’ishlangan ikkita muhim asari bilan mashhur. Bulardan biri «Javohir an-Nal fi lug’at-it-turk», ikkinchisi «Devonu lug’at-it-turk» muqaddima va lug’at qismlaridan iborat. Lug’at qismida X-XI asrlarda turkiy xalqlar orasida iste‘molda bo’lgan so’zlar atroflicha izohlab berilgan. Lug’atning tarix uchun qimmati shundaki, unda har bir turk qabilalari (Bejanag-Pecheneg, Qipchoq, O’g’iz, Yamoq, Boshqird, Baslik, Koy, Yabuku, Tatar, Qirg’iz, Chigil, Tuxsi, Yag’mo, Uyg’ur, Igrok, Joruq, Jumul va boshqalar) ularning belgilari (tamg’alari), turar joylari hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni atroflicha ko’rsatib berilgan. Bu jihatlar Mahmud Qoshg’ariyning mazkur asari O’rta Osiyo va Markaziy Osiyo va Qozog’istonning turkiy zabon xalqlarining tarixini qolaversa, o’zbek xalqining etnik kelib chiqishi tarixini o’rganishda bosh manbalardan biri hisoblanadi. Uning qimmatli ―Devonu lug’at at-turk‖ asarining dunyoda yagona qo’lyozmasi hozir Istambulda (Turkiya) saqlanmoqda. Ushbu asarning arabcha matni 1915-1917 yillari uch jildda Istambulda, mukammal o’zbekcha sharhli tarjimasi S.M.Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960-1963 yillari Toshkentda chop etilgan. ―Devonu lug’at at-turk‖ asarining usmonli turkcha 1939- 1941 yillari B.Atali, inglizcha 1982-1985 yillari R.Dankoff bilan J.Kelli, uyg’urchasi esa 1981-1984 yillari bir guruh tarjimonlar tomonidan amalga oshirilib, chop ettirishgan. Hamdulloh Kazviniy. XIII asrning so’nggi choragi va XIV asrning birinchi yarmida o’tgan yirik geograf va tarixchi olim, davlat arbobi. Hamdulloh Kazviniy «Zafarnoma», «Tarixi guzida» hamda «Nuhzat ul-kulub» nomli asarlar muallifidir. «Zafarnoma» 75 ming baytdan iborat she‘riy asar bo’lib, unda islomiyatdan to elhon Abu Said zamonigacha Arabiston va Eronda bo’lib o’tgan tarixiy vositalar bayon etilgan. «Tarixi guzida» (Saylangan tarix) umumiy tarix tilida yozilgan asar bo’lib, unda qadim zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan voqealar bayon etilgan. Asar Hamdulloh Kazviniy vafotidan so’ng o’g’li Zaynuddin tomonidan davom ettirilgan va 1392 yilgacha Eronda bo’lib o’tgan voqealar qo’shilgan va 1392 yilgacha Eronda bo’lib o’tgan voqealar qo’shilgan. «Tarixi guzida»ning asosiy qismi Hoja G’iyosiddin Muhammadga bag’ishlangan va 1330 y. yozib tamomlangan. Asar muqaddima va 6 bobdan iborat: 1) Payg’ambarlar va avliyolar; 2) Islomiyatdan avval o’tgan Eron podsholari; 3) 101 Muhammad payg’ambar, xalifai Rashiddun, Umaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolar, Saffoviylar, Samoniylar, G’aznaviylar, Guriylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Mo’g’ullar va boshqalar. «Tarixi guzida» Eron hamda O’rta Osiyoning XIII-XIV asrning birinchi yarmidagi tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Juvayniy. XIII asrda o’tgan yirik tarixchi olim va davlat arbobi. To’la ismi: Alouddin Otamalik ibn Bahoudin Muhammad al-Juvayniy. U 1226 y. tug’ilgan. Otasi Bahouddin Muhammad Xorazmshoh Alouddin Muhammadning Xurosondagi noibi bo’lgan. Mo’g’ullar xuruji vaqtida Sulton Jaloliddin bilan birga ularga qarshi janglarda qatnashgan. Alouddin Otamalik Juvayniy Mo’g’uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi «Tarixi jahonkushoy» (Jahongir Chingiz tarixi) nomli asri bilan shuhrat topdi. «Tarixi jahonkushoy» 3 qismdan iborat: 1) mo’g’ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlari to Guyukxon davrigacha, shuningdek Jo’chixon, Chig’atoyxon va avlodlarning tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo’g’ul hukmdolari davridagi (1258y.) tarixi; 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiysiyosiy ahvoli, shuningdek Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar (1090-1258y) tarixini yozib qoldirdi. Rashiduddin. Eronlik mashhur ensiklopedist olim, tarixchi, filolog va yirik davlat arbobi. To’liq ismi: Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulxayr alHamadoniy. Rashiduddin 1247 yilda Hamadonda tug’ilgan. Yoshligida yaxshi o’qib bilim olgan. G’azonxon (1295-1304 yy.) va Uljaytuxon (1304-1317 yy.)larning vaziri bo’lgan. U Xloukiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 ming gektar hosildor yer-suvi, bog’lari va savdo do’konlari, yaylovlarda esa 250 ming qo’yi, 30 ming yilqisi, 10 ming tuyasi bo’lgan. Uning boyligi tarixiy manbalarning guvohlik berishicha 35000000 dinorga teng bo’lgan. 16 nafar o’g’li bo’lgan. Olimning bizning zamonamizgacha yetib kelgan birdan-bir asari ana shu «Jome‘ ut-tavorix» (Tarixlar majmuasi) bo’lib, u O’rta asr tarixshunosligining o’ziga xos original asari hisoblanadi. Ushbu asar 1301-1311 yillarda G’azixonning topshirig’i bilan yozilgan. Asarning turk-mo’g’ul xalqlarini o’z ichiga olgan qismi O’rta va Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega. G„iyosiddin Ali. Temur davriga oid eng ilk manbalardan biri fiqhshunos G’iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islom Yazdiyning ―Ro’znomai g’azovati Hindiston‖ asari bo’lib, bunda Amirning Hindistonga yurishining kundaligi berilgan. Bu ―Kundalik‖ shaxsan Temurning topshirig’i bilan olim tomonidan 1399-1403 yillar oralig’ida yozilgan. 102 Ushbu ―Kundalik‖ Amir Temurning Hindistonga qilingan alohida yurishiga bag’ishlangan bo’lib, bizgacha yetib kelgan mukammal qo’lyozmalardan biridir. Asarda Temurning harbiy yurishlarining ildizini, uning urushlarda va shaharlarni qamal qilishda qo’llagan strategiya hamda taktikaga oid usullarini, Temur zamonasida amal qilingan amirlar va bahodirlar tizimining mohiyati va strukturasini tushunishga taalluqli qiziqarli ma‘lumotlar, Hind xalqining Temur qo’shinlariga ko’rsatgan qarshiliklari to’g’risida muhim xabarlarning shohidi bo’lamiz. Bulardan tashqari Temur zamonalari hamda safdoshlari to’g’risida, Samarqand va boshqa shaharlar haqida ham qiziqarli ma‘lumotlar bor. 1902 yilda Toshkentda bo’lib, Turkiston xalq kutubxonasining qo’lyozma asarlari bilan tanishgan V. V. Bartold ―Kundalik‖ning qo’lyozmasiga e‘tiborini qaratadi. Qo’lyozmaning forscha matnini uning shogirdi P. A. Zimin tomonidan nashriga tayyorlandi va V. V. Bortoldning tahriri va kirish so’zi bilan chop etildi. Nizomiddin Shomiy. Olimning hayoti haqida quyidagilar ma‘lum: 1393 yili Amir Temur Bog’dodni ishg’ol qilgan vaqtda Nizomiddin Shomiy o’sha yerda bo’lgan va Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan birga, jahongirning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 1402 yilda Temur unga o’zining tarixini aniq va sodda tilda yozishni buyurgan. Nizomiddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida yozib tamomlagan. Asar buyuk jahongirning hokimiyat tepasiga kelishidan to 1404 yilgacha bo’lgan voqealarni o’z ichiga oladi. «Zafarnoma» haqiqatdan ham sodda tilda ravon uslubda yozilgan bo’lib, faktik materiallarga boy. Lekin Amir Temurning hayoti mazkur asarda bir muncha ideallashtirilgan. Asar O’rta Osiyo, Qozog’iston, Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarining XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda muhim va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. 1937 yilda Nizomiddin Shomiy asari F. Tauer tomonidan chex tilida chop etiladi. Shungacha ―Zafarnoma‖ Yevropa tillariga o’girilmagan edi. Rui Gonsales de Klavixoning «Kundaliklari» Temur va Temuriylar davri tarixidan baho beruvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404 yili Samarqandda Temur saroyida bo’lgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390- 1406 yillar) ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yo’l xotiralaridan iborat, ya‘ni uning 1403-1404 yillari Turkiya, Eron va Movaraunahr, xususan Amir Temur saroyida ko’rgan-bilganlarini o’z ichiga olgan asardir. Klavixoning Amir Temur yurtiga qilgan elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayidan boshlanib, 15 oy deganda u Samarqandga yetib keladi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paeo de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo’ldilar. Klavixoning safari Amir Temurning 1402 yilda Ispaniyaga Xoja Muhammad Qozi boshchiligida 103 yo’llagan elchiligiga javoban qilingan edi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80-90 yillarida Temur davlatining shonshuhrati Ovropa mamlakatlarigacha yetib borgan. Angliya, Fransiya, Ispaniya, Genuya va Vizantiya singari davlatlarning hukmdorlari Amir Temur bilan siyosiy va iqtisodiy (savdo) munosabatlarni o’rnatishga intilib, ulug’ jahongir huzuriga muntazam ravishda o’z elchilarini yuborib turdilar. Masalan, yuqorida tilga olingan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi don Pelagiya de Samotmatir va don Ferdinand de Polasuslos 1402 yili Amir Temur Qorabog’da turganda uning huzuriga kelishgan va o’sha yilning 20 iyulida Amir Temur bilan Boyazid I Yildirim (1389-1402 yy.) qo’shinlari o’rtasida bo’lgan eng katta qirg’in barot urushni tomosha qilishgan edilar. Jangdan keyin uyushtirilgan katta qabul marosimida bulardan boshqa yana bir necha mamlakatlarning elchilari ham qatnashdilar. Xullas, o’sha yillarda Temur bilan Ovropa davlatlari o’rtasidagi savdo va siyosiy munosabatlar qanday bo’lganligini juda ko’p rasmiy hujjatlardan bilib olish mumkin. Rui Gonsales de Klavixoning «Kundaliklari»da o’sha vaqlarda Amir Temur qo’l ostidagi mamalkatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar, qasrlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, ustaxonalar, Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O’rda, Mo’g’iliston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo’lgan siyosiy va savdo aloqalari, tartib-qoidalar va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni haqida e‘tiborga molik ma‘lumotlar keltirilgan. Bu ma‘lumotlar, shubhasiz Turkiston zaminining o’sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini, ota-bobolarimizning turmush tarzini o’rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini o’tashi turgan gap. Samarqand va unda Amir Temur tarafidan qurdirilgan binolardan ba‘zilari haqida Klavixo jumladan quyidagilarni yozadi: Samarqandning boyligi haqida «Bu yurt don-dun, may, meva-cheva, parranda go’shti, har xil go’sht, qo’yinki hamma narsa boydir…bir juft semiz qo’yning narxi bir dukat (dukat – Ispaniyada o’sha vaqtda amalda bo’lgan oltin pul)». Katta xiyobon va savdo rastalari haqida, «Samarqand shahrida har yili Xitoy, Hindiston, Tatariston va boshqa mamlakatlardan keltirilgan mollar sotiladi….Podsho ikki tarafida qator dehqonlar joylashtirilgan savdo rastalaridan tarafida qator dehqonlar joylashtirilgan savdo rastalaridan iborat ko’cha o’tkazishni buyurdi. Mazkur ko’cha shaharning bir chekkasidan boshlanib, qoq o’rtasidan o’tib, ikkinchi chekkasidan chiqishi lozim edi… Ko’chaning tepasi gumbaz shaklida yopilgan bo’lib, yorug’lik tushib turadigan tuynukchalarga qo’yilgan». 104 «Shu yili (1404 y.) iyul oyida Xonbaliq shahridan qariyb 800 tuyadan tashkil topgan savdo karvoni Samarqandga yetib keldi». Ko’ksaroy qasri va undagi podshohga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida «Shahar chetidagi bir qasr bo’lib….Tevarak atrofi suv oqib turgan xandaq bilan o’ralgan bo’lib, qasr yo’lab bo’lmaydigan istehkom bo’lib qolgandi. Qasrda podshohning farmoyishiga binoan, bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgandi. Ular saltanat uchun yil bo’yi sovut, dubulg’a, kamon, nayza yasaydilar». Umuman Klavixo o’zining «Kundalik» igida quyidagi asosiy masalalar haqida ham to’xtalib o’tadi:  Amir Temurning o’zi bilan birga olib yuradigan ko’chma masjid haqida;  Mahalliy xalqning (uni Klavixo Chig’atoylar deb ataydi) turmush tarzi haqida;  Feodal majburiyatlarning biri haqida;  Amir Temur saroyida ayollarning mavqei haqida;  Shahzodalar va Amir Temur saroyidagi xotinlar tasviri to’g’risida to’xtaladi. Jumladan, Xonzoda begim va Saroymulxonimni tasvirlab bergan. «Kundalik»da shunga o’xshash qiziqarli ma‘lumotlar juda ko’p. Klavixoning «Kundalik»ida ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy asari «Temur Zafarnomasi» va «Jahongir Temur tarixi» nomlari bilan ham ma‘lum. Tarixchi va shoir Mavlono Sharafuddin Ali Yazdiy, Yazd shahridagi yirik olim shayx Hoji Yazdiyning o’g’li bo’lib, o’spirinlikda otasi kabi shahardagi so’fiylik oqimiga mansub shayxlar bilan muloqotda bo’lgan. Ma‘lum vaqtdan so’ng u Shohruxning o’g’li Fors hokimi Sulton Ibrohim saroyiga yaqinlashishga muvaffaq bo’ldi. Noqulay vaziyatning vujudga kelishi – uning sotqinlikda ayblanishi, saroyni tark etishga majbur qildi va ma‘lum vaqt Samarqandda yashadi, keyinchalik o’zining qadrdon qishlog’i Yazd yaqinidagi Taftga qaytib keladi. Shu qishloqda Alisher Navoiy bilan Sharafuddin Ali Yazdiyning uchrashganligi ma‘lum. Yazdiy 858 (1454 y.) yilda vafot etdi. «Zafarnoma»dan tashqari uning qalamiga mansub bir nechta boshqa asarlar, shu jumladan nazm tarzida yozilgan «Temur tarixi» ham mansub. Muallif o’z «Zafarnoma»sini «Sohibqiron fathnomasi» yoki «Jahongir tarixi» deb ham nomlaydi. Temuriy shahzodalardan Sulton Ibrohim istagi bilan «Zafarnoma» Sharafuddin Ali Yazdiy tomonidan 858 (1424-1425 yy.) yillarda tugallanadi. «Zafarnoma»ning asosiy matnida 1414 yilda yozilgan kirish («Zafarnoma» muqaddimasi), ayrim hollarda Boshlanish (Iftitah) deb ataladigan qism ham 105 berilgan. Mazkur qismda Temurning nasl-nasabi, O’rta Osiyo Chingizxondan boshlab to Temurgacha mo’g’ullar tarixi va Temur tarixga oid birinchi hamda uning vafotidan so’nggi qator voqealar tafsiloti beriladi. Qo’lyozmaning bir necha tahriri, jumladan qisqartiligani ham mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiy ko’p asarlari va asosan Nizomiddiy Shomiyning asari negizida yozilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomiddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning ba‘zilariga yangi tarixiy manbalar asosida aniqliklar kiritdi; unga yangi fakt va dalillar bilan boyitdi. To’g’ri, Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida Temurning shaxsi nihoyatda idellashtirilgan. Shunga qaramay, uning shaxsiyat va faoliyatidagi qaramaqarshiliklar, ya‘ni uning tomondan zolim fotih ekanligi, ikkinchi tomondan esa Movaraunahrda feodal tarqoqlikka barham berib, markazlashgan feodal davlatga asos solganligi bir muncha haqqoniy va to’g’ri tasvirlangan. Sharafuddin Ali Yazdiyning zo’r qimmati shundaki, unda mo’g’ul imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O’rda, Elxoniylar, Chig’atoylar ulusi, shuningdek Movaraunahrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo bo’lishigacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib berilgan. Asarning bu qismi «Tarixi jahongir» yoki «Muqaddimai Zafarnoma» nomi bilan yuritiladi va 1419 yilda yozib tamomlangan. «Zafarnoma»ning asosiy qismi, muallifning dastlabki rejalariga ko’ra, 3 qismdan iborat bo’lmog’i, birinchi qismida Temur tarixi, ikkinchi qismida Shohrux va nihoyat, uchinchi qismida Ibrohim Sulton davrida bo’lib o’tgan voqealar bayon etilishi mo’ljallangan edi. Lekin biz hozir asarning birinchi qismigagina egamiz, xolos. Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. «Zafarnoma»ning asosiy qismi 1425 yili yozib tamomlangan. Keyinchalik ―Zafarnoma‖ matni shoir Lutfiy tomonidan fors, Xotifiy (1521 yilda vafot etgan) tomonidan tojik tilida she‘riy usulda yoziladi. XVI asr boshlarida bu asar matnini Muhammad Ali ibn Darvishali Buxoriy o’zbek tiliga o’giradi. Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖ sining fors tilidan fransuz va ingliz tillarida birinchi tarjimasi 1722-1723 yillarda chop etildi. Tarjimon Peti dell Krua tarjimasining inglizcha rivoyati, 1885-1888 yillarda Kal‘kuttada Hindiston kutubxonasi seriyasida ikki tomlik tarjima amalga oshirildi. Rus tilida ―Zafarnoma‖ dan parchalar Peterburgda amalga oshirilgan edi. XVI-XIX asrlarda al-Buxoriy, al-Xivokiy tomonidan o’zbek tiliga, alAjomiy tomonidan turk tiliga o’girilgan matnlar qo’lyozma tarzida mavjud. Eng yangi aynan nusxa nashri 1972 yilda Toshkentda A. K. Arends tahriri ostida Asom O’rinboyevning mufassal kirish so’zi bilan chiqdi. «Temur tuzuklari». «Tuzuki Temuriy» (Temur tuzuklari), «Malfuzoti Temuriy» (Temurning aytganlari) va «Voqiomi Temuriy» (Temurning boshidan 106 kechirganlari) nomlari bilan atalmish bu asar e‘tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidandir. «Temur tuzuklari»ni butun jahonning ko’rgina mamlakatlarida, masalan, Rossiya, Angliya, Franciya, AQSH, Finlandiya, Daniya, Eron, Turkiya, Misr, Hindiston, Yaman kutubxonalaridan topsa bo’ladi. O’z-o’zidan ma‘lumki, qaysi asar qimmatli, amalda zarur bo’lsa, undan ko’proq nusxa ko’chirilgan. Bizgacha yetib kelgan qo’lyozmaning asli Xurosonlik Abu Tolib al-Husayn Arabiston bo’ylab sayohati davrida Yaman vodiysi Ja‘far podsho kutubxonasidan topib, turkiy tildan fors tiliga tarjima qilingan. O’zi tarjima qilgan bu qo’lyozmani u 1047 (1036-1038 yy.) yillar oralig’ida Buyuk Boburiylardan Shohjahonga (1628- 1659yy.) taqdim qilgan. Shohjahonning topshirig’iga binoan shu yilning o’zida qo’lyozma matni Muhammad Afzal Buxoriy tomnidan tahrir qilinib, undagi tafsilotlar to Temur vafotigacha, 1405 yilgacha «Yulduzlar baxtli ravishda uyg’unlashgan kishining hikmatli so’zlari» nomida yetkazilgan. «Temur tuzuklari» - podsholarning turish-turmushi va odob-axloq normalarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismida, jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste‘dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning yetti yoshi (1342 y.)dan to vafotigacha (1405 y. 18 fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqroq qilib aytganda, uning Movaraunahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo’shni yurt va mamlakatlarni o’z tasarrufiga kiritish bayon etilgan. Ikkinchi qism, jahongirning nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. «Tuzuk» yozish odati Amir Temurdan ham avval bo’lgan, keyin ham. Bu odat asli xitoylardan va turk-mo’g’ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk hoqonlaridan qolgan «Qonunnoma», Chingizxondan qolgan «Bilik», Xondamir yozgan «Qonuni Humoyun», Ruzbehxonning qalamiga mansub bo’lgan va shayboniylardan Ubaydulloxonnning topshirig’i bilan yozilgan «Suluk al-mulk» (Podsholarga yo’l-yo’riq) shular jumlasidandir. Bunday asarlarda davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalari vazifalari, xayri-sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to’plash tartibi, harbiy yurishlarni o’tkazish va qo’zg’olonni bostirish qoidalari bayon etilgan. «Temur tuzuklari» ham o’sha jamiyat sharoitida bitilgan boshqa asarlar singari hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilgan, o’sha sinfning 107 dunyoqarashini ifoda etgan. Asarda Amir Temurning harbiy yurishlari, buzuq odamlarning ko’payishini oldini oluvchi harakat deb, o’z ozodligi va Vatanning mustaqilligini himoya qilgan xalqlar esa kofir, buzg’unchi, bezori deb atalgan. Temurning o’zi esa odil va insonparvar podsho sifatida tasvirlanadi, uning shaxsi ko’p jihatdan ideallashtiriladi. Shunga qaramay, asarda fan uchun muhim ma‘lumot va faktlar ko’p. Ulardan ayrimlarini misol tariqasida qayd qilamiz. Asarda aytilishicha davlat asosini 12 ijtimoiy toifa: 1) Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) Ishbilarmon, donishmand odamlar; 3) Xudojo’y, tarki dunyo qilgan kishilar; 4) No’yonlar, amirlar, mingboshilar, ya‘ni harbiy kishilar; 5) Sipoh va raiyat; 6) Maxsus ishonchli kishilar; 7) Vazirlar sarkotiblar; 8) Hakimlar, tabiblar, munajjimlar, muhandislar; 9) Tafsir va hadis olimlar; 10) Ahli hunar va san‘atchilar; 11) So’fiylar; 12) Savdogar va sayyohlar tashkil etadi. Uning taqdarini esa uch narsa: podsho, xazina va askar hal qiladi. Ikkinchi misol. Qo’shin asosan, o’n, yuz, ming va tumanga bo’lingan, o’n kishilik harbiy bo’linma tepasida turgan boshliq – o’nboshi, yuz kishilik qismining boshlig’i no’yon deb atalgan. Asarda ularning haq-huquqlari, oylik maoshi ham aniq ko’rsatilgan. Masalan, oddiy sipohiy mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2-4 ot barobarida, o’nboshi qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki barobar ortiq maosh olishgan. Mingboshilarning maoshi esa yuzboshinikidan uch barobar ortiq bo’lgan. Uchinchi misol. Amir Temur o’zining ulkan imperiyasini uluslarga bo’lib, idora qildi. Movaraunahrdan boshqa uning tasarrufida bo’lgan barcha viloyat va mamlakatlar 4 ulusga bo’linadi. «Tuzuklar»da Amirlar haqidagi ma‘lumotlar ham diqqatga sazovor. Bunda keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, amirlar asosan harbiy kishilar bo’lishgan va Amir Temurga tobe bo’lgan qirq aymoqdan 12 tasi: barlos, arg’in, jasoir, tulkicha, duldoy, mo’g’ul, sadus, tug’oy, qipchoq, arlot, tatar va tarxonlar ichidan tanlab olingan. Amirlik rutbasi Amir Temur faoliyatining dastlabki paytlarida u bilan birga bo’lgan 313 kishiga berilgan. «Tuzuklar»da vazirlar, amirlar va hokimlarga beriladigan in‘omlar haqida ham gapirilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qo’shinni yengsa yoki mamlakat olsa uni uch narsa: 1) tug’, nog’ora va bahodirlik martabasi; 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi: 3) Biron sarhadning noibligi bilan saylangan. «Tuzuklar»da Amir Temur davrida alohida undiriladigan soliq va jarimalar haqida e‘tiborga molik ma‘lumotlar bor. O’sha vaqtda soliq to’lovchi xalqdan xiroj, molu jihot, sovurin, kunalga, boj, shilon puli singari soliq va jarimalar undirilgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, xiroj ba‘zan sug’oriladigan yerlardan olinadigan hosilning uchdan bir qismi, yomg’ir suvi bilan bitgan yerlarda umumiy daromadning to’rtdan bir qismi hajmida to’langan.



Download 116.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling