O’zbekiston tarixini o’rganishda arab va fors manbalaridan foydalanish


O’RTA OSIYONING XVII-XIX ASRLAR TARIXIGA OID MANBALAR


Download 116.2 Kb.
bet5/5
Sana25.02.2023
Hajmi116.2 Kb.
#1231559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asad BMI

O’RTA OSIYONING XVII-XIX ASRLAR TARIXIGA OID MANBALAR
Muhammad Yusuf Munshiy. XVII asrda o’tgan yirik tarixchi olim. Asarida keltirgan ayrim faktlarga qaraganda, u asli Balxlik bo’lgan va Subhonqulixon (1651-1681 yillarda Balx, 1681-1702 yillarda Buxoro xoni) hamda Muhammad Muqimxon (1697-1707 yy.) Balx xoni saroyida munshiy bo’lib xizmat qilgan. Muhammad Yusuf Munshiy yuqorida zikr etilgan Muhammad Muqimxonga bag’ishlangan «Tarixi Muqimxoniy» asari bilan mashhur. Asar 1697-1704 yillar orasida yozilgan bo’lib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asr tarixini bayon etgan. «Tarixi Muqimxoniy» muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddimada turkiy xalqlarning afsonaviy onasi Alankuvi: Chingizxonning ota-bobolari; mo’g’ul qo’shinlar tomonidan Movaraunahr, Balx va Badaxshonning bosib olinishi tarixi bayon etilgan. Asarning birinchi bobida Shayboniylar davrida Movaraunahrning umumiy ahvolidan hikoya qilinadi. Asarning eng asosiy va muhim qismi uning II-III boblaridir. Ikkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti, shuningdek Buxoro va Balx xonliklarining Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg’ar bilan bo’lgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda esa 1702-1704 yillar voqealari, xususan, Buxoro bilan Balx o’rtasidagi boshlangan qurolli kurash o’rin olgan. Asarda xonlar va feodallar zulmi, mehnatkash xalqning og’ir mashaqqatli ahvoli haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchraydi. «Tarixi Muqimnoniy» asarining qo’lyozma nusxalari ko’pgina xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda. Mir Muhammad Amin Buxoriy. Buxorolik o’qimishli va fozil kishilardan (XVII asr): 1645 yilda tug’ilgan. Ashtarxoniylardan Subhonqulixon va Ubaydulloxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan. Mir Muhammad Amin Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiluvchi va «Ubaydullanoma» 117 nomi bilan mashhur bo’lgan muhim asar muallifidir. Bu asar 1617 yilda yozilgan va muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat. Muqaddima qismida Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan. 1-80 boblarda, yuqorida aytilgandek Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1716 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif asarda yer egaligi; aholidan olinadigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining davlat tuzumi; tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning sabablari kabi misollarga ham keng o’rin berilgan. Undan tashqari, asarda geografik va etnografik ma‘lumotlar ham ko’p. «Ubaydullanoma»ning 10 dan ortiq qo’lyozma nusxasi mavjud. Asar to’la ravishda rus tiliga tarjima qilingan (A.A.Semyonov) va 1957 yilda nashr etilgan. Abdurahmon Davlat. Ubaydullaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.) saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixshunos olim. Abdurahmon Davlat «Tarixi Abulfayzxon» nomli tarixiy asar yozib qoldirgan. Mazkur asar hajmi jihatidan kichik (161 varaq) bo’lib, yuqorida zikr etilgan «Ubaydullanoma»ning davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi tarixini o’z ichiga oladi. Ma‘lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoroning iqtisodiy va siyosiy ahvoli yanada zaiflashadi, ulus boshliqlarining, ya‘ni mahalliy hukmdorlarning mustaqillik harakati kuchaydi, ularning ayrimlari (masalan Balx va Samarqand) markaziy hokimiyatga bo’ysunmay qo’ydilar; Farg’ona XVIII asr boshlarida 1709 yil Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va bu o’lkada mustaqil Qo’qon xonligi tashkil topdi: 1722 yilda Samarqandda mustaqillik e‘lon qilindi va Rajabxon ismli shaxsni xon deb e‘lon qildilar (1722-1728yy.), o’zaro kurashlar boshlanib ketdi. «Tarixi Abulfayzxoniy» mana shu masalarni keng yoritib bergan. Bundan tashqari, asarda Buxoro xonligining davlat tuzumi va o’zbek xalqining etnik tarkibi ham ayrim diqqatga sazovor faktlar va ma‘lumotlar bor. «Tarixi Abulfayzxoniy»ning to’la ruscha tarjimasi zarur izohlar bilan 1959 yilda A.A.Semyonov tomonidan nashr qilingan. Muhammad Kozim. XVIII asrda o’tgan O’rta Osiyolik mashhur tarixnavis 1721 yilda Marida tug’ilgan. Otasi jahongir Nodirshohning yaqin kishilaridan bo’lib, uning dastlabki harbiy yurishlarida qatnashgan va muhim diplomatik topshiriqlarni bajargan. Muhammad Kozim «Nomayi alamoroyi Nodiriy» (Nodirshohning jahonga bezak bo’luvchi tarixi) atalmish yirik asari 1750-1752 yillarda yozilgan. Asar uch jilddan iborat. Uchinchi jildi Eron, qisman O’rta Osiyo, Hindiston, Turkiy va Zakavkazening 1743-1747 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. O’zbekistonning XVIII asirdagi tarixni o’rganishda asarlarning II va III jildlari asosiy manbalardan sifatida katta rol o’ynaydi. Ayniqsa asarlarda Eron qo’shinlarining 1737 yilda O’zbekiston hududiga bostirib kirishi va G’o’zor, 118 Qarshi va boshqa rayonlarning talon-taroj qilinishini; Buxoro xonligini Nodirshoh tomonidan bo’ysindirilishi (1740 y); Xorazmning 1746 yildagi og’ir ahvoli, Eron askarlarining O’rta Osiyo territoriyasiga yana bostirib kirishi (1747 y)va shu tufayli mehnatkash xalq ayanchli ahvolga tushib qolishdi; 1741-1742 yillarda Kulob, Xisori, Badaxshon, Balx va boshqa viloyat xalqining feodal zulm va chet yel bosqinchilariga qarshi qo’zg’olonlari xususida ma‘lumotlar zo’r ilmiy qimmatga ega. Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif. XVIII asrlarning ikkinchi va XIX asrning birinchi yarmida o’tgan buxorolik tarixchilar.Ularning qalamiga mansub bo’lgan «Tarixi amir Haydar» asarlaridir. «Amir Haydar tarixi» kichik asar (96 varaq) muhim tarixiy manbalar asosida yozilgan va Buxoro xonliginig Ashtarxoniylar, shuningdek asosan Mang’itlar sulolasi bo’lgan amir Haydar hukumdori (1800-1826 y) davrida ijtimoiy-siyosiy tarixni o’z ichiga olada. Asar 81 bobdan iborat. 1-2 boblar Buxoro shahri tarixiga bag’ishlangan: 3-6 boblar Ashtarxoniylar tarixi qisqa tarzda bayon etilgan; 7-81 boblarda esa Buxoro amirligining amirzoda Haydarning tug’ilishidan to uning vafotigacha (1821 y. 6 oktyabr) bo’lgan tarixi hikoya qilinadi. Mir Olim Buxoriy. buxorolik tarixchi olim. U amir Nasrullo hukmronligi (1826-1860 yy.) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi bilan "Fathnomai Sultoniy" ("Sulton fathnomasi") tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan to amir Nasrullaxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz ichiga oladi. Shohmurodning Afgʻoniston hukmdori Temurshohga qarshi harbiy yurishlari tasvirlangan. Muarrix Nasrullaxon davri voqealarini batafsil yoritadi. Uning vafoti tufayli asarning 2qismi yozilmagan. "Fathnomai Sultoniy"ning Muhammad Murod Samarqandiy. "Rustam filni oʻldirishi" (16-asr oxiri, Firdavsiyning "Shohnoma" asariga ishlangan). Birinchi qismi O. Chexovich tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (lekin, nashr etilmagan). Asar qoʻlyozmasi va ruscha tarjima Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. «Tarixi Abulxayrixoniy» - o’zbeklar tarixiga oid muhim manba. XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoq ko’chmanchi o’zbeklar davlati tashkil topadi va u 40 yil mobaynida faoliyat ko’rsatadi. O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari tarixida katta rol o’ynagan mazkur davlatning asoschisi Jo’chixonning beshinchi o’g’li Shayboniyning Avlodi Abulxayrxon edi. Mazkur davlat XV asr o’rtalarida shimolda Sibirdagi To’ra, Tobol va Tumanchaga, janubda Orol dengizi va Sirdaryo bo’ylarigacha bo’lgan hudud, shuningdek Xorazmning g’arbiy qismini o’ziga biriktirgan ulkan davlat edi. Bu davlat nafaqat Dashti Qipchoq aholisini o’z 119 tasarrufiga kiritib olgan, shuningdek Temuriylar davlatining ichki ishlariga ham aralashib turar edi. Dashti qipchoq hamda Movaraunahrdagi XV asr birinchi yarmidagi siyosiy vaziyat ham ko’chmanchi o’zbeklar va ularning boshliqlariga qo’l kelgan edi. Shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, Abulxayrxon davlati, shaxsan uni o’zi, Dashti qipchoqning bepoyon bag’rida ko’chib yurgan turkmo’g’ul qabilalarining XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarix fanida hanuzgacha kam o’rganilgan. O’sha paytda qozoqlar xususida ham aynan shunday deyish mumkin edi. O’rta Osiyoning chuqur bilimdoni P.P.Ivanov o’z vaqtida «O’rta Osiyo tarixiga oid ocherklar» degan asrida o’sha paytdagi o’zbeklarning ijtimoiy-siyosiy tuzumiga oid ayrim fikrlarni bayon qilgan. Yana bir mashhur sharqshunos olim A.A.Semyonov ham o’zining bir qator maqolalarida bu masalaga to’xtab o’tgan. Chet el tarixchilaridan G.Xovors «Tarixi Abulxayrxoniy» va Abulg’ozixonning «Shajarai turk» asari to’g’risida ayrim fikrlar aytgan. Lekin, baribir bu masala hanuzgacha puxta o’rganilmagan. Fors tilidagi ayrim noyob manbalarda ko’chmanchi o’zbeklar tarixiga oid ba‘zi ma‘lumotlar mavjud. Chunonchi, Fazlluloh ibn Ro’zbexonning «Mehmonnomayi Buxoro», Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma», Ma‘sud ibn Usmon Ko’histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy» asarlari shular jumlasidandir. Ayniqsa, «Tarixi Abulxayrxoniy» asarida ko’chmanchi o’zbeklar davlati to’g’risida material ko’p. «Tarixi Abulxayrxoniy» tarixiy asar bo’lib, dunyoning «yaratilishi» dan to XV asrning 60-yillarigacha islom mamlakatlari tarixini o’z ichiga oladi. Asarning xulosa qismi original bo’lib, ko’chmanchi o’zbeklar davlatining asoschisi Abulxayrxoniyning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan, shuningdek, ko’chmanchi o’zbeklar va ularning ijtimoiy-siyosiy tarixi talqin etiladi. Asar muallifi Ma‘sud ibn Usmon Ko’histoniydir. Uning hayoti va ijodi to’g’risida, o’z asarida aytilganlardan tashqari ma‘lumot yo’q. Chunonchi, ko’chmanchi o’zbek tomonidan 1431 yilda Xorazmning bosib olinishiga oid bo’limda maullif Abulxayrxoniyning o’g’li Suyunchxojaxonning kotibi bo’lib xizmat qilgani to’g’risida ma‘lumot bergan. «Tarixi Abulxayrxoniy»ning katta qismi boshqa asarlardan ko’chirmadir. Uni yozishda muallif o’zidan avval o’tgan Juvayniy, Juzjoniy, Binoiy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi tarixchilar asarlaridan keng foydalanilgan. Asarning xulosa qismida esa, muallifning so’zlariga qaraganda, Abulxayrxoniyning safdoshlari birinchi navbatda otasining barcha ishlarida faol ishtirok etgan o’g’li Suyunchxo’jaxonning esdaliklari asosida bayon etilgan. 120 Muallif o’z asarini 10 ta (214-222) kichik qismlarga bo’lgan. Birinchi qismida no’g’ay-mang’it ulusida norozi ko’chmanchi feodallarning g’ozibiy eliga qarshi kurashlari to’g’risida gap boradi. Ikkinchi qismida (222-224) Abulxayrxoniyning kuchli shayboniy Mahmudxo’jaxonga qarshi olib borgan urushlari hikoya qilinadi. Mazkur xon qarorgohining aniq joylashgan yeri to’g’risida ma‘lumot yo’q. Faqat uning qarorgohi Tobol daryosi bo’ylarida joylashgan deb aytiladi va Abulxayrxoniy bilan Mahmudxo’jaxon ulusi o’rtasida jang shu yerda bo’lgan deyiladi. Shularga asosan Mahmudhojahonning ulusi Tobol va Ishim daryolari oralig’ida joylashgan deb taxmin qilishi mumkin. Abdurazzoq Samarqandiyning hikoya qilishicha, ko’chmanchi o’zbeklar Xorazmga ikki marta yurish qilganlar: birinchisi 1431 yilda, ikkinchisi 1434/35 yillarda bo’lgan. Shundan kelib chiqib, Abulxayrxon Mahmudxo’jaxongi qarshi 1430 yilda jang qilgan deb aytish mumkin. Asarning uchinchi va to’rtinchi qismida (225-227) ko’chmanchi o’zbeklarning Xorazmga qarshi yurishiga bag’ishlangan. Bu yurish natijasida mazkur mamlakat, ayniqsa uning poytaxti Urganch batamom vayron qilingan. Iqlimi noqulay bo’lganligi sababli bu yerni ko’chmanchi o’zbeklar tashlab ketishganliklari to’g’risida ma‘lumot bor. A.A.Semyonov esa ko’chmanchi o’zbeklarning Xorazmni tark etishlariga bu yerda tarqalgan o’lat kasali sabab bo’lgan degan fikrni bildirgan. Beshinchi qism (227-229)da Abulxayrxonning jo’jiy shahzodalar, ya‘ni og’a-ini Ahmadxon hamda Mahmudxonlarga qarshi kurash olib borganligi, og’ainilarning qarorgohi joylashgan Ekri tub mavzeyiga hujum qilganligi haqida hikoya qilinadi. Ma‘sud ibn Usmon Ko’histonning aytishicha bu urushda og’ainilar mag’lubiyatga uchraganlar. XV asr 40-yillarning ikkinchi yarmida o’zbek zodagonlari o’zaro kurashlari kuchayib ketdi. «Tarixi Abulxayrxoniy»ning oltinchi qismi ana shu voqealar tafsilotiga bag’ishlangan (229-230). Dashti Qipchoqlik o’zbek xonlaridan biri Mustafoxon bu urushda 4500 ga yaqin odamidan ayrilgan. Bularning 1000 ga yaqini zodagonlar bo’lgan. Ammo fikrimizcha, bu o’rinda raqamlar ancha oshirib ko’rsatilgan. Yettinchi bo’limda (230-231) Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan shaharlar: Signoq, So’zak, O’zgand, Oqqo’rg’on va Arquqda ko’chmanchi o’zbeklar xoni hokimiyatining o’rnatilishi haqida hikoya qilinadi. Bu voqea 1446 yilda sodir bo’lgan, chunki oilasi yilning bahorida, muallifning ta‘kidlashicha Abulxayrxon Shohruh vafotidan voqif bo’lgach, hamda Movaraunahrda Ulug’bekning yo’qligini bilgach, yaylovga ko’chishni bir qadar kechiktirib, tezlik bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Ko’chmanchi o’zbeklar o’shanda Samarqand atrofini talab, katta o’lja bilan qaytib kelganlar. Ammo bu fakt boshqa manbalarda 121 uchramaydi, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamirlar shu voqea to’g’risida biron narsa yozib qoldirmaganlar. Ulug’bek qatl etilgach, temuriylar o’rtasida hokimiyat uchun kurash avjga chiqdi. Asarning sakkizinchi qismi ana shu voqealarga bag’ishlangan (231-237). Bu qismda Ulug’bek va Abdulazizxonning qatl etilishi to’g’risida ham ma‘lumot beriladi. Ulug’bek Samarqand va Shohruxiya qal‘alarining darvozalari yopib qo’yilgach, u Abulxayrxonning qarorgohiga yo’l olmoqchi bo’lganligi aytiladi. Ammo o’g’lining marhamatiga umidvor bo’lgan Ulug’bek hokimiyatni topshirib, qolgan umrini ilm-ma‘rifatga bag’ishlash maqsadida Samarqandga qaytib keladi. Mazkur qismda Abdulatifning qatl etilishi, sulton Abu Saidning toju-taxt uchun kurashlari, Abu Saidning Abulxayrxon va ko’chmanchi o’zbeklar yordamida Samarqand taxtini egallab olganligini bayon etadilar. Shuni alohida qayd qilib o’tish lozimki, musulmon tarixchilari ichida faqat Ma‘sud ibn Usmon Ko’histoniygini Abu Saidning Abulxayrxondan yordam so’rab, uning qarorgohiga bormoqchi bo’lganligi to’g’risida ma‘lumot keltirilgan. To’qqizinchi qism (238-239)da Abulxayrxonning qalmoqlar bilan qilgan jangi tasvirlangan, bu jangda Abulxayrxon to’la mag’lubiyatga uchraganligi Abulxayrxon Signoq qal‘asiga kirib yashirinishga majbur bo’lganligi, Qalmoqlar va Signoq, Turkiston va Shohruxiya va Toshkent atroflarini talab va vayron qilib, o’z yurtlariga Chu vodiysiga qaytib ketganliklarini yozadi. Bu voqea 1456 yilda sodir bo’lgan edi. Uchinchi qism (214-244)da ko’chmanchi o’zbeklarning temuriylarning oliy hokimiyat uchun olib borgan kurashiga aralashuvlari to’g’risida hikoya qilinadi. Bu gal ko’chmanchi o’zbeklar Abdulatifning o’g’li Muhammad Jo’qiy tomonidan turib sulton Abu Saidga qarshi kurash olib bordilar. Mazkur qismda mashhur «Shayboniynoma» asarining muallifi Muhammad Solihning otasi amir Nursaidning tarjimai holi to’g’risida ma‘lumot beriladi. Asarning so’nggi qismida aytilishicha, Abulhayrxon 1468 yilda 57 yoshida vafot etgan. Asarning (246-247) varaqlarida uning naslu-nasabi ro’yxati (shajarasi) keltirilgan. Shuningdek, ko’chmanchi o’zbek qabilalari boshliqlarining ismlari ham qayd etiladi.
Xofizi Tanish Buxoriy va uning «Sharafnomayi shohiy» asari.O’rta Osiyo, Qozog’iston va ular bilan qo’shni bo’lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi tarkibi bo’yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy»dir. U ko’pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirigi bilan 1584-1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish Ibn Mir Muhammad al-Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma‘lumotlar kam. Ma‘lumki, Abdullaxon Buxoroni 1557 yilda egallagan. Lekin 122 Movarounnahr faqat XVI asrning 80-yillari boshida batamom Abdullaxon qo’liga o’tadi. Bunga qaraganda Hofizi Tanish Buxoriy Abdullaxonning xizmatiga u otasi o’rniga taxtga o’tqazilgan yili – 1583 yil xonning yaqin kishisi Qulbobo Ko’kaltoshning vositachiligi bilan kirgan. Agar u o’sha paytda 36 yoshda bo’lsa, unda Hofizi Tanish 1547 yili tug’ilgan bo’lib chiqdi. Hofiz Tanish boshda «Sharafnomayi shoxiy» asarini muqaddima ikki maqola va xotimadan iborat qilib yozishni rejalashtirgan edi. Muqaddima va har ikkala maqola yozilgan. Lekin, xotima yozilmay qolgan. Hofiz Tanish Buxoriy og’ir bir zamonda, ya‘ni Movarounnahrda feodal tarqoqlik kuchaygan, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markaziy davlat apparatini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib borgan zamonda hayot kechirdi. Asar mazmuniga o’tishdan avval, shuni ham aytish kerakki, Hofizi Tanish Buxoriy zamon taqozosiga ko’ra, asarda ma‘lum darajada hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ifoda qilishga harakat qilgan, xon va uning atrofidagi aslzodalarni boylar va no’yonlarni ko’klarga ko’tarib maqtagan, mehnatkash xalqning hol-ahvoli bo’lsa ko’p o’rinlarda soyada qolgan. Lekin asar faktik materialga boy, voqealar ozmi-ko’pmi ob‘ektiv yoritilgan, ayrim o’rinlarda xonlar, sultonlar va amirlarning ba‘zi xislati va xarakteri ham ochib berilgan. Masalan Olim Abdullaxonning bobosi Jonibek sulton haqida gapirar ekan, uni mo’minmusulmon, dinparvar va odil bir kishi sifatida ta‘riflaydi. Xullas, «Sharafnomayi shohiy» yirik shoh asar bo’lib, uni Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» va Rashiddinning «Jome‘ut-Tavorix» asarlari qatoriga qo’ysa ariziydi. Yirik sharqshunos olim V.V. Velyaminov-Zernov juda to’g’ri ishlasang unda o’rganish lozim bo’lgan shuncha ko’p faktlar ochiladi. Muallif asarni yozishda xon saroyida yuritilgan maxsus kundaliklar, ishonchli va voqealarning shohidi bo’lgan kishilar og’zidan yozib olingan ma‘lumotlardan foydalangan. Masalan bir ikki misol. U 1551/52 yili Abdullaxon bilan Navro’z Ahmadxon (Barakxon) o’rtalarida Koson yonida bo’lgan urush tavsilotini bayon etarkan, uni «o’sha voqea tepasida bo’lgan va uni o’z ko’zi bilan ko’rgan bir guruh odamlardan eshitdim» deb yozadi. Hofiz Tanishning axborotchilari ko’proq keksa va xonning yaqin kishilari bo’lgan. Asarda bayon etilgan ko’p voqealar muallifning ishtirok etgan va o’z ko’zi bilan ko’rgan voqealaridir. Manbalarning bu qadar ishonchli bo’lishi, shubhasiz, asarning qimmatini oshirgan. Muqaddima Abdulxayrxonning naslu-nasabi, uning o’sha zamonning yirik ruhoniylaridan xoja Muhammad Islomga muridligi, Chingizxon, Jo’chixon, Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma‘lumot keltiriladi. 123 Birinchi maqola Movarounnahr, Janubiy Turkiston va Xuroson 1557-1583 yillar orasida bo’lib o’tgan voqealar, ya‘ni Abdullaxon II davlatining tashkil topishidan to Abdullaxonning xonlik mansabiga o’ltirishi va o’z nomiga xutba o’qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan feodal urushlar orqasida mayda-mayda qismlarga bo’linib ketgan Movarounnahrni o’z tugi ostiga birlashtirib, markaziy davlat tuza olishga muvaffaq bo’ldi. Ikkinchi maqola 1583-1588 yillar, ya‘ni Abdullaxon II ning taxtga o’tirishidan to Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so’ng Shayboniylar qo’shini tarafidan fath etilishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan. Shu davr ichida kechgan tarixiy voqealar batafsil va atroflicha bayon etilgan. Asarda tarixiy voqealar bayoni bilan bir qatorda Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, madaniy hayoti, shayboniylar davlati va qo’shinining tuzilishi, Buxoro xonligining Eron, Turkiya, Hindiston, Sharqiy Turkiston va Rusiya davlatlari bilan olib borgan siyosiy va savdo aloqalari haqida ham qimmatli ma‘lumotlar berilgan. Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma‘lumotlar orasida «iqto», «suyurg’ol», «tanho» va «jogir» feodal institutlari, ulus tartibi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mohiyati va urish, aholidan yigilladigan turli – tuman soliq va jarimalar: xiroj, (mol), ixrojat, tagar, ulufa, kunalga, begor, madadi lashkar, boj, tamg’a, tansukot, tuhfa (sovg’a, tortiq, hadya) va h.q. ma‘lumotlar, shuningdek, harbiy-feodal zodagonlar hayotida katta o’rin tutgan harbiy o’lja haqidagi ma‘lumotlar alohida qimmatga egadir. Asarda xonlar, yirik feodallar tarafidan Jizzax, Nasaf, Hisori, Shodmon, Jayxunning so’l qirg’og’idagi viloyatlardagi ko’rik yerlarning maxalliy aholini safarbar qilish yo’li bilan (mardikor ishlatish yo’li bilan) o’zlashtirilishi, shahar suv omborlari, sardobalar qurilishi haqida ham ma‘lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hunarmandchilikning umumiy ahvoli haqida ham ko’p muhim ma‘lumotlar uchratamiz. Asarda shayboniylar davlatining tuzilishi haqida ham muhim ma‘lumotlar uchratish mumkin. Markaziy davlat boshqaruvi-devonlari turli-tuman mansabdorlar: otaliq, naqib, vaziri a‘zam, vazir, devonbegi, miroxur, chuxra og’asi, mushrif, xazinachi, shig’ovul, eshik og’aboshi, parvonachi, sadr, tavochi, jarchi, munshiy, tug’begi, bakavul, farrosh kabilari va ularning jamiyatda tutgan o’rni, huquq va vazifalari haqida diqqatga molik ma‘lumotlar uchratamiz. Shayboniylar qo’shini esa Hofiz Tanish Buxoriy keltirgan ma‘lumotlarga qaraganda, otliq va piyoda askarlar, shuningdek, o’ziga xos zambarakchilaridan tashkil topgan. Uning asosiy qismini lashkar, ya‘ni harbiy yurish oldidan viloyatlardan to’planadigan askarlar tashkil etgan. Asrkalar asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, gurzi va narvonlar bilan qurollangan. XVI asr o’ratlariga kelib, shayboniylar 124 qo’shinida asosan xorijiy mamlakatlardan keltirilgan pilta miltiqlari va kichik zambaraklar paydo bo’ldi. Asarda mamlakatda XVI asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmidan boshlab ilm-fan va madaniyat ham bir qadar rivojlanganligini ko’rsatuvchi ma‘lumotlar bor. Fan va madaniyat xonlik poytaxti bo’lmish Buxoroda ravnaq topdi. Birinchidan, Abdullaxon davrida shahar atrofi (6-7 km) masofada bo’lgan Sumijon (Juybor) qishlog’ini ham shaharga qo’shib, uning janubiy-g’arbiy tarafida yangi devor olinadi. Bundan tashqari, Abdullaxon II davrida faqat Buxoroning o’zida emas, balki to’rtta madrasa (Abdullaxon, Govkashon, Fatxulla, Qulibegi, Xoja Muhammad Parso madrasasi), yangi Chorsu (1570 y.), Karmana yaqinida Zarafshon ustiga ko’priq (1582 y.) qurildi. Shahar markazida qurilgan Abdullaxon timi deb atalgan usti yopiq bozor esa nafaqat Movarounnahrda, balki butun jahonda mashhur bo’ldi. Masjit, madrasa, karvonsaroylar, hamom va boshqa oliy binolar Samarqand, Toshkent, Balx singari katta shaharlarda ham qurildi. Xonlik shaharlarida ilm-fan, adabiyot va kitob san‘ati ham ravnaq topdi. Biz so’z yuritayotgan «Sharafnomayi shoxiy» Amin Ahmad Roziyning «Haft iqlim» kabi qimmatli tarixiy asarlari va boshqalar Abdullaxon davrining mahsulidir. Asarda Buxoroda yashab ijod etgan ko’plab ilohiyot olimlari, o’zia xos va xattotlik va naqqoshlik maktabi shakllangani haqida ham muhim dalillar bor. Asarda Buxoro xonligining Eron, Hindiston, Turkiya, Qoshg’ar, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan XVI asrda olib borgan elchilik, savdo va madaniy aloqalari haqida ham ilm-fan uchun o’ta muhim ma‘lumotlar keltiriladi. Bu ma‘lumotlarda Buxoro xonligi va Hindiston o’rtasidagi 1572, 1573, 1577, 1578, 1586 yillari elchilik almashinuvi, 1583 yili Buxoro elchisining Moskvadan qaytib kelishi, 1584 yili Sharqiy Turkiston, Mog’uliston Xorazm va Eron elchilarining Buxoroga kelishi, Turkiyalik mergan o’qchilarning shayboniylar qo’shinida xizmat qilishi haqidagi tavsilotlar zo’r qimmatga ega. Umuman «Sharafnomayi shohiy»da keltirilgan bu va boshqa ma‘lumotlar Buxoro xonligining tashqi siyosatini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Hofiz Tanish Buxoriyning bu asarida Movarounnahr va uning hududlarida shuningdek Janubiy Turkiston XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo’g’ul qabilalari: jaloir, nayman, qorluq, qipchoq, umuman 30 ta qabililar to’g’risida ma‘lumotlar keltiriladi. Bahr ul-Asror. Bahr ul-Asror (to’la nomi: «Bahr ul-Asror fi manoqib ulahyor» - «Olijanob kishilarning inson shavkati haqida sili dengizi») – qomusiy asar bo’lib, o’rta asr fanining ilmi nujum, jug’rofiya va tarix sohalarini o’z ichiga oladi. Asar ashtarxoniylardan Balx xoni Nodir Muhammadxon (birinchi hukm. 1606- 1642yy, ikkinchi 1647-1651 yy.) topshirig’iga binoan yozilgan. 125 Asar muallifi Saroy kitobdori yirik olim va shoir Mahmud ibn Vali, uni Amir Xoloti Kosoniy ham deb atashgan. Muallif «Bahr ul-Asror» asarini 7 jilddan iborat qilib yozishni mo’ljallagan: 1) Dunyoning yaratilishi, yer yuzidagi tog’, daryo, dengizlar va ularning xalqi, hayvonot olami haqida; 2) Islomga o’tgan payg’ambarlar va hakamlar; 3) Muhammad Alayhisalom tarixi; 4) Xalifalar va imomlar tarixi; 5) Abbosiylar bilan asrdosh bo’lgan Tohiriylar, safforiylar, somoniylar, g’aznaviylar, buvayxiylar, saljuqiylar, xorazmshohlar sulolaridan bo’lgan Eron va O’rta Osiyo hukmronlari tarixi; 6) Chingizxondan ashtarxoniylardan Nodir Muhammadxon davrigacha Xitoy, Eron va O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan voqealar; 7) Movaraunahr, Xuroson, Eron hamda Hindistonda o’tgan Amir Temur va uning avlodlari tarixidan iborat. Asarning bizgacha faqatgina birinchi va oltinchi jildlarigina yetib kelgan. Bahr ul-Asror oltinchi jildining daslabki uch rukani Rashiddinning mashhur «Jome‘ ut-tavorix», Mirza Ulug’bekning «Tarixi arbai‘ ulus», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Mirza Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy», Hofiz Tanish Buxoroiyning «Sharafnomayi Shohiy» va boshqa yirik muharrirlarning asarlariga asoslangan holda yozilgan. Asarda xususan, ashtarxoniylar sulolasining kelib chiqishi tavsiloti berilgan. Ashtarxoniylar sulolasi asoschisi Joni Muhammad nomi bilan joniylar sulolasi deb ham yuritiladi. Sulolaning bobokaloni To’qay Temurdan sulola asoschisi Joni Muhammadgacha bo’lgan voqealar, To’qay Temur ulusi tarixiga doir ma‘lumotlar berilgan.
Download 116.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling