Markaziy Osiyoning yo‘qolib borayotgan 10 turdagi jonzoti
III bob. O’simliklar va hayvonlarni muhofaza qilish
Download 1.6 Mb.
|
O’ZBEKISTONDA KAMYOB VA YO’QOLIB BORAYOTGAN HAYVONLAR ULARNING MUHOFAZASI
III bob. O’simliklar va hayvonlarni muhofaza qilish
3.1. O’zbekiston “Qizil kitobi” Ko’lmakdagi krevetka balig’i Yo’qolib borayorgan turlar Kaliforniyaning markaziy vodiysidagi mavsumiy suv havzalarida yashaydi. Ifloslanish shahar urbanizatsiyasi kengayishi va boshqa ta’sirlar vodiydagi 90 % bahoriy ko’lmaklarni yo’qolib ketishiga olib kelmoqda. Bu turlarning yo’qolib borishi ularning kelib chiqishi va paydo bolishi holatlarining beqaror bo’lib borishga sabab bo’lmoqda. 1-rasm. Kaliforniya kondori Bu noyob tur - Kondorning yoqolib ketish xavfi 20-asr oxirlariga kelib kuchayib ketdi. Ba’zi kondorlar yovvoyi tabiat qo’ynida asrab qolindi. Cho’l toshbaqasi Yo’qolib borayotgan cho’l toshbaqasi kelajagi beqaror bo’lib bormoqda. Insoniyat taraqqiyoti AQSHning janubi-g’arbida yashaydigan cho’l toshbaqasi hududlarining qisqarib borishiga sabab bo’lmoqda. Janubiy dengiz suvsari Dengiz suvsari Tinch okeanining AQSHga tegishli qismidagi sayoz suv havzalarida yashaydi. Asrlardan buyon dengiz suvsarlari noyob juni uchun ovlanib kelingan. Pelikanlarni saqlab qolish muammosi Pelikanlar baliq va akvatik o’simliklarni yeyishga moslashgan qushlardir. 20 asr o’rtalarida DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AQSH da DDT preparati qishloq xo’jalik ekinlariga qiron keltiruvchi hashoratlarni yo’q qilish uchun nazorat sifatida keng ko’lamda ishlatila boshlandi. Bu holat pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo’ldi. CHunki pelikanlarning tuxumlari ingichka shaklga o’tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan chiqish holati ruy berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo’qoldi. 2000 yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortiq jigarrang pelikanlar yashamoqda 3. Hayvonot dunyosi Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir. Ma’lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo’y, echki, to’ng’iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo’jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni qo’riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi. Tabiat qo’ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o’ziga xos foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo’yna, dorivor vositalar, oziqovqat mahsulotlari, jun olinadi. O’zbekistondagi asosiy xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan hayvonlar: suvda suzuvchilar, sayg’oqlar, ondatralar, toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog’ echkilari va umurtqasizlar hisoblanadi. Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko’p bo’lib, ularning bir yarim milliondan ziyod turi bor. O’simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning 50%ini o’simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o’zlashtirib, organik modda o’txo’r va etxo’r hayvonlarga o’tadi. Tuproq tarkibini yaxshilashda va uning hosildorligini oshirishda hayvonlarning, xususan, yomg’ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali er qazuvchilarni va boshqalarning ahamiyati juda katta. Bu hayvonlar tuproqni yumshatadi, aralashtiradi, najas va o’simlik qoldiqlari bilan o’g’itlaydi. O’simliklarni changlanishida, urug’ va mevalarini tarqatishda ham hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni (kemiruvchilarni) qirib, o’simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba’zi hasharotlar o’simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo’q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar o’rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. Bir hujayrali dengiz hayvonlarning qoldiqlaridan cho’kindi jinslar (bo’r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar hayvonlarni chiroyli terisi, mazali go’shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan bo’lsa o’ta johil kishilar ov qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo’q qilishgan. Manbalardan ma’lumki 1872 va 1874 yillar mobaynida AQShdagi Kanzas temir yo’li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 2,5 mln. bizonni otib tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go’shti va na terisi qiziqtirmagandir. Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning ozginasi maxsus qo’riqxonalarda saqlanib qolgan. Shuni aytish kerakki O’zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin va ularningko’payishiga sharoit yaratib berilgan bo’lmasin goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi. O’zbekiston hayvonat olamining turi ko’p va ular rang-barang. Hududimizda 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo’lib, shulardan 83 baliq turi, 3 ta amfibiy, 58 tur sudralib yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofza qilish borasida so’z borar ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e’tibor berish lozim bo’ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi ifloslanishi, suvdagi suv salmog’ining ayrim joylarda ortib borishi ma’lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari brakonьer ovchilar ham baliqlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. O’lkamizda baliq ovlash xo’jaliklari maydoni 38 mln.ga dan iborat. O’lka hududidan turon yo’lbarsi, shuningdek, qizil bo’ri butunlay yo’qolib ketgan bo’lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo’l-yo’l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo’qolib ketish xavfi bor. Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Surxon – Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho’l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go’zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi. Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat’iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik va ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur. O’zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51 tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan O’zbekiston mustakillikga erishgan kunidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatnimuxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»(1992), Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida»(1993), Xayvonot olamini muxofaza kili shva undan foydalanish tugrisida»(1997),shuningdek Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami muxofaza kilinmokda Bulardan tashkari O’zbekiston Respublikasi 1995 yilda Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro axamiyatga ega, ayniksa suvda suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar tugrisidagi (2001 yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan. О’zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik ishlari tobora takomillashtirilib borilmoqda. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish tо’g’risida” (1992 y.), “Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tо’g’risida” (1993 y.), “Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish tо’g’risida” (1997 y.) kabi qonunlar asosida hayvonot olami muhofaza qilinmoqda. Ona tabiatimizning rang-barangliligi kecha, bugun paydo bо’lgan emas, balki bu bebaho ne’mat bir necha ming yillar davomida ajdodlarimizdan bizga qoldirilgan aziz merosdir. Shuning uchun ham har birimiz tabiat boyliklarini muhofaza qilish, uni kо’z qorachig’iday avaylab-asrashimizda о’zimizni mas’ul, javobgar sezishimiz darkor. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling