Markaziy va tijorat bankning xarakteristikalari


Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari


Download 32.88 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi32.88 Kb.
#1413341
1   2   3   4
Bog'liq
pul va bank 123456789

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.

TIJORAT BANK


Maqsadi: Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir. tijorat banklarining asosiy maqsadi foyda olishdir.
FUNKSIYALAR VA XIZMATLAR: Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi.
Mulk turi: Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.
Mijozlari:Tijorat bankining asosiy mijozlari yuridik va jismoniy shaxslar bolib ulardagi bosh turgan mablaglarni depozitga qoyib kretit shaklida qaytarishga asosan yunaltirilgan.


Download 32.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling