Markaziy va tijorat bankning xarakteristikalari


Download 32.88 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi32.88 Kb.
#1413341
1   2   3   4
Bog'liq
pul va bank 123456789

FUNKSIYALAR VA XIZMATLAR:
An'anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:
а) mamlakatning emission markazi, ya'ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega;
b) banklar banki, ya'ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi instansiya kreditori), nazorat qilish;
v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining zachyoti (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;
g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ.
Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.
..Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma'lumot oladi.
Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya'ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me'yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.

MULK TURI: Markaziy bank moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga;tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas
MIJOLAR: Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:
- informatsion;
- tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.

Download 32.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling