Маркетинг асослари


Taqsimot kanallari - bu o’z tovarlarini iste’molchiga etkazishning bir usuli bo’lib, quyidagicha bo’lishi mumkin


Download 1.66 Mb.
bet50/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Taqsimot kanallari - bu o’z tovarlarini iste’molchiga etkazishning bir usuli bo’lib, quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • davlatlararo;

  • davlat ichidagi;

  • pirovard iste’molchilar yoki xaridorlar.

  1. Marketing xizmatining tarkibi to’g’risidagi qaror. Firmalar o’z faoliyatlarining xalqaro marketing bo’yicha boshqaruvini kamida uch xil yo’l bilan tashkil qiladilar:

  • eksport bo’limi;

  • xalqaro filial;

  • transmilliy kompaniya.

Eksport bo’limi tovarlarning chet elga jo’natilishiga qarab tashkil qilinadi. Agar tovar jo’natish hajmi ortib borsa, firma turli xil marketing xizmatlarini o’z ichiga olgan eksport xizmatini tashkil qiladi.
Xalqaro filial firmadagi ishlar turli mamlakatlarda olib borilgan taqdirda tashkil etiladi
Transmilliy kompaniyalar - firmaning xalqaro filial darajasidan ko’tarilib, ko’pmillatli tashkilotga aylanib borishidir. Firma rahbariyati bir necha davlat vakillaridan tuziladi va faqat firmaning ijroiya qo’mitasigagina bo’ysunadi.

7.2. Jahon miqyosidagi (global) marketing


An’anaviy marketing doim asosiy e’tiborni firmaning turli mamlakatlardagi voqelikka moslashuviga qaratsa, global marketingda firma butun jahon bozoriga yuzma‑yuz keladi. Turli mamlakatlardagi bozorlarning xarakteristikasi marketing faoliyatini murakkablashtirmaslik uchun yagona bozor sifatida qayta guruhlanadi (Masalan, aholining daromadliligi, urf‑odatlar, an’analar va hokazo).


Global marketing xalqaro mehnat taqsimoti, ish muddatlarining bir paytga kelishtirilishi, mehnat unumdorligining umumiy rivojlanishi, bir xil moliyaviy intizom, bozorlarning jamlanishi va boshqa shu kabi vazifalarning alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rivojlanadi. Jahon bozorida tovar hayot siklining bir jinsliligi ahamiyatli hisoblanadi (32‑rasmga qarang).
Globallik turli bozorlarda joylashgan firmalar asosida qo’shma korxonalar tashkil etish, ishtirok etish, qo’shilish, xarid qilish va sarmoyalash yo’li bilan amalga oshiriladi va boshqariladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling