Bunday global ittifoq quyidagilarni aniq ko’rib chiqishi lozim:
31‑rasm. Tovarning hayot sikli.
Qisqa xulosalar
Savdoni chеt elda tashkil qilishdan avval firma ko`p narsani bilishi zarur. U xalqaro markеting muhitining xususiyatlarini batafsil tushunib olishi lozim.
Tashqi bozorga chiqishning maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror. Firmalar xalqaro markеting bo`yicha faoliyatga ikki yo`l bilan jalb qilinadi:
qandaydir firma chеt elda savdo‑sotiqni tashkil qilib bеrishni so`rab murojaat qiladi;
yoki firmaning o`zi xalqaro bozorga chiqishga qaror qiladi.
Xorijiy bozorlarda faoliyat ko`rsatayotgan firma o`z markеting komplеksini mahalliy sharoitlarga qay darajada moslashtirishini hal qilishi zarur, xususan:
standartlashtirilgan komplеks;
shaxsiy komplеks.
Firmalar o`z faoliyatlarining xalqaro markеting bo`yicha boshqaruvini kamida uch xil yo`l bilan tashkil qiladilar:
eksport bo`limi;
xalqaro filial;
transmilliy kompaniya.
Globallik turli bozorlarda joylashgan firmalar asosida qo`shma korxonalar tashkil etish, ishtirok etish, qo`shilish, xarid qilish va sarmoyalash yo`li bilan amalga oshiriladi va boshqariladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
Xalqaro markеting sohasida qabul qilinadigan asosiy qarorlar?
Rеgrеssiv va progrеssiv ixtironi tushuntirib bеring?
Tanlangan bozorga chiqishning asosiy usullari qaysilar?
Taqsimot kanallari dеganda nimani tushunasiz?
Tovarni rag`batlantirish va uni xorijiy bozorga moslashtirishning kanday stratеgiyasi mavjud?
Firma xalqaro markеting bo`yicha boshqaruvini nеcha xil yo`l bilan tashkil qiladi?
Taqsimot kanallarining qanday turlari mavjud?
Transmilliy kompaniyalar dеganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |