Маркетинг асослари


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.66 Mb.
bet54/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Nazorat va muhokama uchun savollar:



  1. QK ochishda sabab bo`ladigan omillar qanday?

  2. Savdo QKlarini ochishdagi qulayliklar qanday?

  3. Tеxnologiyalarni bеrish dеganda nimani tushasiz?

  4. Tеxnologiyalarni bеrishning qanday usullari bor?



Asosiy adabiyotlar



  1. Багиев Г.Л. и др. Маркетинг. - М.: Питер, 2005.

  2. Голубков Е.П. Маркетинговые исследования. –М:. Финпресс, 2003

  3. Аакер Д. И др. Маркетинговые исследования. –СПб.: Питер, 2004.

  4. Березин И. Маркетинговый анализ. –М.: ООО Журнал, Управление персоналом, 2004.

  5. www.marketing.al.ru/index_0007.shtml

  6. www.marketing.uef.ru/students-news.php



9-bob. MARKETINGNI BOShQARISh

9.1. Boshqaruvning mohiyati


Korxona marketingini boshqarish jarayoni bozorlarni va firmaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish, bozorlarni tanlash, marketing kompleksini va uning rejasini ishlab chiqish hamda bu rejani amalga oshirishni o’z ichiga oladi.







32‑rasm. Marketingni boshqarish tizimi.

Savol tug’ilishi mumkin: bundan ilgari tovar har qanday bozor faoliyatining asosidir, degan edik. Endi nima uchun biz gapni bozorlarni tahlil qilishdan boshlayapmiz? Javob shunday: 32‑rasmdan kompleksning halqali tuzilishga ega ekanligi ko’rinib turibdi. Shu sababli, marketing boshqaruvining butun kompleksini ishlab chiqishni boshlash uchun bundan muhimroq element yo’qdir.


Buning ustiga, mazkur kompleksdaga hamma narsa o’zaro bir‑biriga bog’liq bo’lib, halqaning hali u elementiga, hali bu elementiga murojaat qilib, ishni tinimsiz to’g’rilab turishga to’g’ri keladi. Tovar haqiqatdan ham tijoratning hal qiluvchi nuqtasidir va u boshqarsa bo’ladigan omildir, ya’ni uni iste’molchi qanday ko’rinishda olmoqchi bo’lsa, ana shunday shaklga keltirish mumkin.
Bozor esa boshqarib bo’lmaydigan omildir, bozorga unga mos keladigan tovarni yaratib, taklif qilish yo’li bilan moslashish zarur. Ammo bozordagi real vaziyatni bilmay turib, unda taklif qilinadigan tovarning qanday bo’lishi lozimligini aytib berishning hech qanday imkoniyati yo’q. Shuning uchun ishni doim bozorni tahlil qilishdan boshlash to’g’ri bo’ladi. Bozorning ayni paytda ham geografik, ham tovar jihatlariga ega bo’lishini eslatib o’tamiz.
“Bozor” deganda biz “tovar” deyishimiz ham shart - bular bir olmaning ikki yarmidir. Agar qanday tovarni sotish hali noma’lum bo’lsa, bozorni tahlil qilib o’tirishning ham keragi yo’q.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling