Bunday savollar ro’yxatiga javob berish uchun ko’p vaqt va mablag’ zarur, bunday ishlarning rejasi quyidagi sxema bo’yicha tekshiriladi:
Bozorni tanlash. Algoritmik tanlash.
Bu usuldan endi ish boshlayotgan korxona ham, tajribali korxona ham foydalanishi mumkin. Bu usul ko’plab bozorlar ichidan eng diqqatga sazovorini tez ajratib olish imkonini beradi. Tadqiqotlar o’tkazilayotgan ko’rsatkichlar sonining cheklangan bo’lishi marketing xarajatlarining to’xtovsiz o’sishining oldini oladi.
Bozorni algoritmik usulda tanlash sakkiz bosqichdan iborat:
Birinchi qadam: Bu bozorda daromad ta’minlanganmi?
Bozorda barqarorlikning o’sish yoki talabning kamayish tendensiyalarining mavjudligi o’rganiladi. Siznikiga o’xshash tovarlarga talab kuchli bo’lgan bozorlarni qidirish zarur.
Ikkinchi qadam: savdo hajmi ta’minlanganmi?
Boshqacha qilib aytganda, firma erishishi mumkin bo’lgan bozor ulushi uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga muvofiq keladimi? Aks holda bunday bozordan voz kechiladi.
Uchinchi qadam: Savdo‑sotiqning barqarorligi ta’minlanganmi?
Savdoning beqarorligi muntazam (haftalik, mavsumiy) yoki muntazam bo’lmasligi mumkin. Haftalik beqarorlik shanba va yakshanba kunlari tovarlarga bo’lgan talabning keskin o’zgarishi bilan bog’liq. Muntazam bo’lmagan beqarorlik valyuta kurslarining keskin o’zgarishi, siyosiy o’zgarishlar va boshqa sabablardan kelib chiqadi. Muntazam bo’lmagan beqarorlik hamma uchun ham xavflidir, chunki uning oldindan bilib bo’lmaydi.
To’rtinchi qadam: Xaridorlarlar hayrihohmi?
Bu savolning javobi tovarlar keltirilayotgan mamlakat bilan savdo olib borilayotgan mamlakat o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilish natijasida topiladi. Tovarlar keltirilayotgan mamlakatning nufuzi hisobga olinsa, hayrihoh bo’lmagan xaridor bozorni g’oyatda qiyinlashtirib yuboradi va bu bozor endi boshlayotganlar uchun mutlaqo kirib bo’lmaydigan bozorga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |