Маркетинг асослари


Demak, marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat


Download 1.66 Mb.
bet55/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Demak, marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:

  1. Bozor imkoniyatlarini tahlil qilish.

  2. Maqsadli bozorlarni tanlab olish.

  3. Marketing kompleksini ishlab chiqish.

  4. Marketing tadbirlarini amalga oshirish.

Bozor imkoniyatlarini tahlil qilish doim to’g’ri tanlash imkonini beruvchi bir nechta puxta tayyorlangan variantlarni o’z ichiga olishi lozim. Tabiiyki, tanlash uchun ma’lum bir axborotga ega bo’lish kerak. Axborotni bir necha yo’llar bilan olish mumkin:
Birinchidan, bu mijozlar bilan, ta’minotchi va hamkorlar bilan uchrashish, ko’rgazma va sayillarda bo’lish, raqobatchilarni kuzatish, matbuotdagi iqtisodiy sharhlar bilan tanishishdir. Bunday axborot foydalanishga qulay shaklda sistemalashtiriladi.
Ikkinchidan, bozorlar dinamikasi va ulardagi tarkibiy o’zgarishlarni muntazam kuzatib borish.
Kuzatuvlarning xarakteri shunday bo’lishi kerakkki, bozorni istalgan paytda tahlil qilish mumkin bo’lsin. Firma rahbariyati analitiklar oldiga quyidagi ba’zi vazifalarni qo’yadilar:

  • qachon sotish kerak?

  • qonunlar qanday?

  • hukumatning roli qanday?

  • qaerda sotish kerak?

  • raqobat qanday ahvolda?

  • istiqbollar qanday?

  • muvaffaqiyatlar ehtimoli bormi ?

  • kimga sotish kerak?

  • qancha sotish mumkin?

  • xaridor qanday assortimentni talab qilmoqda?

  • qanday xizmat ko’rsatish kutilmoqda?

  • tovar harakati va savdosining optimal sxemalari qanday?

  • savdo xarajatlarini qanday kamaytirish kerak?

  • qanday qilib talabni shakllantirish va savdoni rag’batlantirish kerak?

  • reklamani qanday qilib jozibali qilish mumkin?

  • tovar nima uchun xarid qilinmoqda?

  • xaridorlar tovardan qanday foydalanishyapti?


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling