Reja: Kalit iboralar
Download 27.97 Kb.
|
14-ma’ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yo’lovchi stansiyalarining turlari Bajariladigan ishlarning xarakteridan kelib chiqib yo’lovchi stansiyalar quyidagilarga ajratilgan: 1) shaxsiy yo‘lovchi
14-ma’ruza. Yo‘lovchi stansiyalari va vokzallari haqida umumiy ma’lumotlar. REJA: Kalit iboralar Shaxsiy yo’lovchi stansiyalari, texnik yo’lovchi stansiyalar, birlashtirilgan yo’lovchi stansiyalar, zona yo’lovchi stansiyalari, o’tkazib yuboruvchi yo’lovchi stansiyalari, berk turdagi yo’lovchi stansiyalari, vokzal. 2. Yo’lovchi stansiyalarining turlari Bajariladigan ishlarning xarakteridan kelib chiqib yo’lovchi stansiyalar quyidagilarga ajratilgan: 1) shaxsiy yo‘lovchi – vokzali, qabul qilib jo’natish parki, yo’lovchilarni chiqarish va tushirish uchun platformalari, o’tish ko’priklari va tunellari mavjud bo’lgan stansiyalar. Ushbu stansiyalar yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, harakatni boshlayotgan yoki tugatayotgan poyezdlarni qabul qilib jo’natish va tranzit poyezdlarni o’tkazib yuborish bilan bog‗liq ishlarni bajaradi. Shu qatori yo’lovchilar va bagajni tashish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha barcha tijoriy jarayonlarni bajaradi; 2) texnik – yo’lovchi tarkiblarini ekipirovka, qayta tuzish, ta‘mirlash va olib qo’yish uchun yo’l va qurilmalarga hamda vagon ta‘mirlash va depo qurilmalariga ega bo’lgan stansiya. Ba‘zi holatlarda bunday stansiyalarda bagaj xamda pochta qurilmalari ham bo’ladi. Ushbu stansiyalar harakatini boshlayotgan va tugatayotgan poyezdlar tarkiblari bilan jarayonlarni bajarishga mo’ljallangan; 3) birlashtirilgan - yo’lovchi tashish harakati va barcha turdagi yo’lovchi poyezdlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha barcha turdagi ishlarni bajarishga mo’ljallangan; 4) xududiy - Shahar atrof yo’lovchi poyezdlar harakati nisbatan ko’p bo’lgan uchastkalarda tashkil etiladi. Bu erda shahar atrof yo’lovchilariga xizmat ko’rsatishdan tashqari shahar atrof poyezdlarining bir qismi aylantiriladi va ularning texnik ishlov berilishi amalga oshiriladi. Ba‘zi hollarda ularning ekipirovkasi ham o’tkaziladi. Ba‘zi bir hollarda zonaviy stansiyalarda lokomotiv va vagon ta‘mirlash depolari ham joylashtiriladi. Bulardan tashqari shahar atrof liniyalarida faqatgina yo’lovchilarni poyezdlarga chiqarish va tushirish uchun ―to’xtash punktlari‖ ham tashkil etiladi va ular ajratish punktlari sirasiga kiritilmaydi. Bundan tashqari yo’lovchi stansiyalari quyidagilarga ajratiladi: 1) o‘tkazib yuboruvchi – stansiyaning yuqori darajadagi o’tkazuvchanlik qobiliyatini ta‘minlashga xizmat qiluvchi stansiyalar bo’lib undan poyezdlar to’xtamasdan o’tib ketishi mumkin; 2) berk turdagi – bunday stansiyalarning qabul qilib jo’natish yo’llari berk bo’ladi. Bunday stansiyalarning qurilishi hozirgi kunda Mintransning maxsus 112 ruxsati bilangina amalga oshirilmoqda, chunki bunday stansiyalardagi poyezdlar harakati ko’plab qaytariladigan marshrutlarni amalga oshirilishini talab etadi va bu stansiyaning o’tkazuvchanlik qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Bundan tashqari bunday stansiyalarning qabul qilib jo’natish yo’llaridan foydalanish koeffitsienti juda ham past. Poyezdlar harakat miqdorining oshishi bilan bunday stansiyalar berilgan poyezdlar harakat miqdoriga ishlov berishni ta‘minlay olmaydi va ularni kelajakda qayta jihozlash lozim bo’ladi va bu o’z navbatida katta kapital qo’yilmalarni talab etadi. Ba‘zi hollarda bunday stansiyalarni o’tkazib yuboruvchi stansiyalar turiga aylantirishga yoki ularning qurilishini yangi joyda amalga oshirishga to’g‗ri keladi.; 3) aralash (berk-o‘tkazib yuboruvchi), ham berk, ham o’tkazib yuboruvchi yo’llarga ega bo’lib, faqatgina mahalliy va Shahar atrof poyezdlari uchun qo’llaniladi. Download 27.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling