14.3 YO„LOVCHI STANSIYALARI YO„LLARINING
IXTISOSLASHTIRILGANLIGI
Yo’lovchi poyezdlarining aylanish doimiyligi stansiya park va yo’llarini
nafaqat ma‘lum bir ish turlari uchun ajratilishini ta‘minlabgina qolmay balki aniq
bir raqamli poyezdlar uchun butun bir poyezdlar harakat grafigi davri uchun
biriktirilishini ham ta‘minlaydi.
Stansiya ishini to’g‗ri tashkil etish maqsadida yo’lovchi texnik
stansiyalarning parklari, har bir parkdagi yo’llari tutashgan liniyalar, harakat
yo’nalishlari, poyezdlar turlari uchun maxsus bir ishlar uchun ixtisoslashtiriladi.
Bir nechta parklari bo’lgan yo’lovchi stansiyalarida har bir parkni stansiyaga
tutashgan yo’nalishlarda pn keluvchi va jo’novchi poyezdlar uchun ajratish xamda
poyezdlarning aloqa turlari bo’yicha ajratishning imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |