Nazorat va muhokama uchun savollar:
Markеtingni boshqarish jarayoni nеcha bosqichdan iborat?
Bozorni Algoritmik usulda tanlash nеcha bosqichdan iborat?
Markеtingni funtsional boshqaruv tizimini izohlab bеring?
Korxonada markеtingni tashkil etish jaraеni qanday amalga oshirildi?
Markеtingning axborot tizimi dеganda nimani tushunasiz?
Firmaning markеting stratеgiyasiga ta'sir etuvchi omillar kaysilar?
Markеting tashqi muhiti dеganda nimani tushunasiz?
Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
Asosiy adabiyotlar
Багиев Г.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг. 3-изд. –М.: “Питер”, 2005.
Фатхутдинов Р. А. Стратегический маркетинг. Учеб. для вузов. Изд. 3-е. -СПб.: Питер, 2003.
Косимова М.С., Эргашхужаева Ш.Ж. Маркетинг. Ы=ув =ылланма.– Т.: ТДИУ, 2004.
10-bob. INQIROZ MARKETINGI
Mazkur bobda bugungi kunda bozor sharoitlarida omon qolish masalasini yakka o’zi hal qilishga majbur bo’layotgan korxonalar haqida so’z boradi. Bu korxonalar so’nggi vaqtlarda tobora tez‑tez inqirozga uchramoqdalar, bu bobda ularga shunday vaziyatlardan chiqish imkoniyatlari haqida ba’zi tavsiyalar beriladi.
Inqiroz vaziyatida turgan ko’pchilik korxonalar savdo muammosiga duch kelmoqdalar. Bunda kon’yunktura rivojlanishi, yangi va kuchli raqiblarning paydo bo’lishi, bozordagi ahvolning o’zgarishi, yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi, xaridorlar nuqtai nazarining o’zgarishi yoki doimiy xaridorlarni yo’qotish kabi omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Omillarning o’zgarishi qandaydir vaqt davomida yuz berganligi sababli, bu o’zgarishlarga tezkorlik bilan moslashish va zarur choralarni ko’rish maqsadida ularni oldindan ba’zi belgilariga qarab aniqlab olish juda muhimdir. Xavfni quyidagilar o’rtasida taqsimlash yo’li bilan savdo sohasida inqiroz vaziyatining oldini olish mumkin:
mahsulot guruhlari;
xaridorlar guruhlari;
bozorning turli segmentlari.
Ko’p sonli tadqiqotlardan ma’lumki, savdo muammolari korxona inqirozining, shuningdek, to’lovga layoqatsizlik va bankrotlikning asosiy sababi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |