Marketing asoslari


Download 50.45 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi50.45 Kb.
#1622181
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazi

Xizmatlar (uy-ro‘zg‘or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, ijtimoiy, intellektual) — marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. Ularning sifati o‘zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog‘liq va ularni standartlash qiyin.
G‘oyalar rivojlanish va prognoz ssenariylari, loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me’yorlar va an’analar, ehtiyojlar va ularning iyerarxiyasini o‘z ichiga oladi. G‘oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta’minotining rivojlanishiga uzviy bog‘liqdir.
Tashkilot marketingning ob’ekti sifatida tashkiliy struktura va modellar jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro‘izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko‘rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga marketing ob’ektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo‘jalik qurilishlari, investitsiya ob’ekti sifatida yer ham kiradi. Ancha kengroq ma’noda hududlar marketingi haqida gapirganda ko‘chmanchilar, turistlar, biznesmenlar kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin.
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek, madaniyat, san’at, siyosat, fan, ta’lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar.
Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan:
1. Mavjud yoki potensial talabni aniqlash yo‘li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.
2. Haridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.
3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish.
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o‘rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko‘rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo‘naltirish.



Download 50.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling