Marketing asoslari
Download 50.45 Kb.
|
1-Mavzu “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-chizma. Marketingni vazifalari 2 .
Marketingning maqsadlari
Marketing maqsadi ishlab chiqarishni haridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda uni tashkil etgan narx, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: haridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; narxning faoliyatini haridorlar ehtiyojiga moslashtirish; avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish; tovarlar reklamasini tashkil etish, haridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish; tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadkikotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish; tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amlaga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiklashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Marketingni vazifalari quyidagi chizmada berilgandir. 1-chizma. Marketingni vazifalari2. Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati anik natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: bozorni egallash; rentabellik; moliyaviy barqarorlik; ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash; bozordagi mavjud va prestijni tashkil etish va mustahkamlash. Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo‘lish mumkin. Ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar va firmaning o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo‘lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga umumlashgan tarzda to‘rtta muqobil javob mavjud: 1. Maksimal yuqori iste’molga erishish. 2. Iste’molchilarning maksimal qondirilishiga erishish. 3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta’minlash. 4. Hayot sifatini maksimal ko‘tarish. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko’pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o’sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag‘batlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko’p sotib olsa va qancha ko’p iste’mol qilishsa, shuncha baxtli bo’ladilar degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar massasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo’lgan maksimal iste’molga erishishdangina iborat emas ekan. Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki iste’molchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi iste’moli ko’p bo’lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining ko’pligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada iste’molchilarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste’molchilarning talabining qondirilish darajasini o’rganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda. Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal ta’minlash va iste’molchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining talabiga to’liq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko’pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati”ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi; 2) mehnatga haq to’lash darajasi; 3) madaniy muhitning sifati va boshqalar. Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo‘lib hisoblanadi. Marketingni qo‘llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha ta’riflaydi: Download 50.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling