Marketing fanidan kurs ishi mavzu
Download 200.47 Kb.
|
leksika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- M U N D A R I J A
- I. BOB. O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO BO‘LISHI. 7
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN Muhandislik-Texnologiyalari Instituti Marketing Kafedrasi MARKETING FANIDAN KURS ISHI Mavzu:
NAMANGAN 2022 M U N D A R I J A
Kirish Mavzuning dolzarblilgi: Dunyo tilshunosligining hozirgi xolati jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar, boshqa fanlarda bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligi oldiga ham yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”1 asarida aloxida ta’kidlanganidek fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank, moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish zarur atama va iboralar, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ona tilimizni ma’naviy boyligimiz sifatida asrab-avaylash, boyitish, undan amaliy foydalanish, samaradorlikni oshirish, qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari tilshunoslar oldiga ham aniq talablarni qo‘ymoqda. Barcha tillarda bo‘lgani kabi tilshunoslikning morfologiya sohasida ham qadimdan shug‘ullanib kelgan. Shunga qaramasdan so‘zlarning morfologik tuzilishi, xususan lug‘at tarkibidagi so‘zlarni turkumlarga ajratish hozirga qadar o‘z yechimini topgan emas. O‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish sohasida diqqatga sazovor yangicha ilmiy qarashlar yuzaga kelmoqda, ammo zamonaviy tilshunoslikda so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi yangicha qarashlar ham turli tuman bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bular qatoriga taqlidiy so‘zlarning mustaqil so‘z turkumi sifatida talqin etlishi undov, modal so‘zlarning so‘z-gap deb yuritilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo‘yicha, ayniqsa, leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi o‘zlashma neologizmlar shu vaqtga qadar to‘liq o‘rganilgan emas. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko‘p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan,jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so‘z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir. Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi. Tillarning o‘zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o‘zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o‘rinda bo‘lgan. O‘zbek tilidagi o‘zlashma neologizmlarning tadqiqiga bag‘ishlangan an’anaviy yo‘sindagi ishlar mavjud emas. Lekin o‘zbek tilidagi o‘zlashma neologizmlar sistem tadbirlar asosida o‘rganilmagan. Sababi shuki, lug‘aviy materialni sistem o‘rganish fonetika, morfologiya yoki sintaksis materiallarini sistem o‘rganishga qaraganda qiyinroq kechadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi boshqa tillarda bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligida ham ot tarkibidagi so‘zlar bajarayotgan vazifalariga ko‘ra an’anaviy ravishda mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari deb keyinchalik esa ular mustaqil, yordamchi va alohida so‘z turkumlari sifatida, hatto mustaqil, yordamchi va oraliq so‘z turkumlari deb talqin etila boshlandi. Zamonaviy tilshunoslikda esa so‘zlarni turkumlarga ajratish sintaktik ma’noviy va morfologik nuqtai nazardan tadqiq etilmoqda. Garchi ushbu mavzu tilshunoslar tomonidan atroflicha o‘rganilgan bo‘lsa-da ularda hanuzga qadar bir to‘xtamga kelinmaganligining guvohi bo‘lamiz. Tilimizning lug‘at tarkibida o‘zimizniki bo‘lgan so‘zlardan tashqari boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud. Bu tabiiy holdir. Chunki o‘zbеk xalqi o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lib kеlgan. Mana shu aloqa-aralashuv natijasi o‘laroq tilimizga boshqa tillardan so‘zlar kirib, o‘zlashib kеtgan. Shu nuqtai nazardan adabiy til so‘zarini tarixiy kеlib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1. O‘z qatlam so‘zari. 2. O‘zlashgan qatlam so‘zari. O‘z qatlam so‘zari. O‘z qatlamga turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan hamda o‘zbеk tilining o‘ziniki bo‘lgan so‘zlar kiradi. Turkiy tillar uchun umumiy,mushtarak bo‘lgan so‘zlar umumturkiy so‘zlar dеyiladi. Umumturkiy so‘zlar asrlar davomida o‘zbеk, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, turkman, ozarbayjon va boshqa turkiy tillarda qo‘llanib kеlgan so‘zardir. Bunday so‘zlar o‘zbеk tili lug‘at tarkibining asosini tashkil etadi. Umumturkiy so‘zlar dеyarli barcha so‘z turkumlarida mavjud. Bularga tog‘, suv, tosh, til, qo‘l, bola, еr (otlar), oq, qora, qizil, ko‘k, sariq, yaxshi, yomon (sifatlar), bir, ikki, uch, bеsh, olti, sakson, tuqson, yuz, ming (sonlar), mеn, sеn, u, biz, siz, ular, qanday, qachon (olmoshlar), kеlmoq, bormoq, turmoq, qaramoq, olmoq (fе'llar), ildam, erta, indin, ilgari (ravishlar) kabilar misol bo‘la oladi. Mazkur so‘zlarning ba'zilari fonеtik jihatdan yoki talaffuz qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Lеkin shunday bo‘lsa-da, ularning kеlib chiqish asosi birdir. O‘zbеk tilining o‘z ichki imkoniyatlari, qonun-qoidalari asosida yaratilgan so‘zlar o‘zbеkcha so‘zlar dеb yuritiladi. O‘zbеkcha so‘zar quyidagi yo‘llar asosida yaratiladi: 1. Asli o‘zbеkcha so‘zlarga shu tilga oid qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasalgan so‘zlar. Bunda –chi, -ma, -lik, -gich, -im singari o‘zbеkcha qo‘shimchalar vositasida yasama so‘zlar hosil qilinadi: suvchi, tеrimchi, o‘quvchi, o‘qituvchi, boshlovchi, kеsma, tеrlama, boshqarma, qorishma, bosma, otalik, onalik, bolalik, yaxshilik, yomonlik, suzgich, muzlatgich, o‘g‘itlagich, sovitgich, tеrim, yig‘im, bo‘lim va boshqalar. 2. Boshqa tillardan kirgan so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasalgan so‘zlar. Bunda o‘zbеkcha so‘zar quyidagicha hosil qilinadi: 1) tojikcha so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish asosida yaratiladi: jangchi, mardlik, tanburchi, dutorchi, vayronalik, sabzavotchilik, chorvachilik; 2) arabcha so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish vositasida hosil qilinadi: maorifchi, maslahatchi, jamoatchi, murabbiylik, zamondosh, vazirlik, rahbarlik, ovqatlanmoq; 3) ruscha-baynalmilal so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi: traktorchi, sportchi, shofyorlik, dеmokratlashtirish, elеktrlashtirish, mеxanizatsiyalashtirish, bеtonlamoq singarilar. 3. Boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma qatlamdan hosil qilingan so‘zlar. Bunda qo‘shimcha o‘zga tilga oid bo‘ladi, asos so‘z o‘zbеkcha, tojikcha, arabcha, ruscha so‘zlardan tashkil topadi: kitobxon, jurnalxon, bilimdon, savodxon, ma'rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, partiyaviy, ommaviy, soatsoz, vagonsoz, uysoz, mashinasoz, noaniq, sеrish, sеrtarmoq, sеrhosil, madadkor, bunyodkor, notinch, bеish, chizmakash, yo‘lsoz, ilmiy, tarbiyaviy, oilaviy kabilar. Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun ona tilini sevish, puxta o‘rganish, uni billurdek musaffo saqlash. Kamol toptirish milliy tilimiz. Ona xalqimiz jonajon Vatanimizda bo‘lgan beqiyos muhabbatimiz ramzidir. Til avlodlarni avlodlarga. Asrlarni asrlarga bog‘laydi, chunki biz va siz tasawur qila olmaydigan o‘tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgan. Dunyoga yangi kelgan chaqaloq ham ona tilida alia eshitiborom oladi, har erta tongda televideniye. Radio to‘lqinlaridantaraladigan Davlat madhiyasini ona tilimizda eshitib, undanfaxrlanamiz. Dastawal shuni aytish kerakki, o‘zbek tilini XV asrda davlat tili darajasiga ko‘tarish, uni ravnaq toptirish uchun buyuk bobokalonimiz hazrati Mir Alisher Navoiy ko‘p kuch sarf qildi. U o‘zining "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy". "Muhokamatul lug‘a-tayin", kabi qator o‘lmas asarlarini shu tilda yaratdi. Sulton Husayn homiylik qilib, A. Navoiyning bu sohadagi ishlarini qo‘llab-quwatlagan hamda maxsus farmon bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi. O‘tgan besh asrdan ko‘proq davrda o‘zbek tilining ahamiyati kamaygani yo‘q. Ammo yetmish yillik mustabid tuzumining siyosati sababli o‘zbek tilining ish ko‘fish doirasi chegaralanib qoldi va ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimiz doim mustaqil bo‘tish. Erkin yashash yo‘lida kurashib keldi va Cho‘lpon, Fitrat. A.Qodiriy, A.Avloniy, G‘.g‘ulom, Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar adabiy tilimizning raynaqi yo‘lida tinmay ijod qildilar Bu kurashlar samarasiz ketmadi. 1989 yil 21 oktabrda o‘zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida o‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun mustaqillikka erishish arafasida turgan davlatimiz hayotida unitilmas voqea bo‘lib tarixga kirdi. 1990-yil- 19-fevralda o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 101-sonli qarori bilan ushbu qonunni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi. Shu boisdan davlat dasturida "Davlat tili haqida"gi Qonun qabul etilgan kun "Ona tili kuni" deb e'lon qilindi (l-qism,7-modda). Ushbu davlat tili haqidagi qonunning asl mohiyati nimalardan iborat edi? 1. Qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, awal o‘zbek tiliningqadr-qimmatini, hududini. O‘rnini tiklaydi. Qonunning 1 -moddasida o‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga o‘zbekistoti o‘zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qilinishini ta'mmlaydi, deb uqtiriladi (1- modda) . O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma'naviy mulkidir va shuboisdan uning ravnaqi, qo‘llanishi va muhofazasini ta'minlashgaoid barcha masalalar o‘zbekiston Respublikasining huquqiydoirasiga kirishi ko‘rsatilgan (2-modda). O‘zbekiston Respublikasining barcha korxona, muassasa,tashkilotlarida ish respublika davlat tilida olib boriladi (7-modda),bu esa xalqimiz uchun yangiliklar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining hunar-texnika, o‘rtamaxsusva oliy o‘quv yurtlarida ular qaysi mahkamada bo‘lishiga qaramay.respublika davlat tilida o‘qitiladi (14-modda). Respublika miqyosidagi eng yirik anjumanlardan kichikyig‘ilishlargacha davlat tilida olib boriladi (5-modda) debko‘rsatilishi o‘zbek tilining salohiyatini yanada oshiradi. Xalqimizning orzu-istaklari, maqsadlari ifoda qilingan bu qonun o‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so‘ng qayta ko‘rib chiqildi. 1995 yil 21-dekabrda "o‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi va amalda qo‘llash uchun joriy etildi. Yangi tahrirdagi Qonun 24 bobdan iborat bo‘lib, unga mustaqillik ruhi bilan sug‘orilgan bir qancha o‘zgarishlar kiritildi. '"Davlat tili haqida"gi Qonunni amalga oshirish sohasida o‘tgan o‘n yildan ortiq davrda katta ishlar qilindi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 band, Xulosa, va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Download 200.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling