Marketing fanining mazmuni va mohiyati


Marketing deganda nimani tushunasiz?


Download 27.55 Kb.
bet3/4
Sana21.02.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1217290
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing fanining mazmuni va mohiyati

6. Marketing deganda nimani tushunasiz?
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
7. Tizimli yoki zamonaviy marketing
Zamonaviy marketing – eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir. Zamonaviy marketing – bu bozor raqobati sharoitida bozorni kompleks tadqiq etish orqali, iste’molchilarni real talab, ehtiyojlarini maksimal qondirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatini boshqarishni tashkil etish tizimidir
8. Talab va taklif qonuni
Talab qonuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi. Talab qonuni talab miqdorining narxga teskari bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatni quyidagi ikkita omilga ko‘ra izohlash mumkin:

  1. Daromad omili. Odamlar tovarni arzon narxda qimmat narxdagiga qaraganda ko‘proq sotib olishga ishtiyoqmand bo‘lishadi, chunki tovar narxining pasayishi is te ’molchilarning xarid qobiliya tini oshiradi. Masalan, bozorda go‘sht narxi tushsa, odamlar oldin xarid qilayotgan oilaning isteʼmol savatidagi narsalarni kamroq pul sarflab sotib olishadi. Natijada, qanchadir pul ortib qoladi. Bu pulga qo‘shimcha miqdorda yana go‘sht yoki boshqa tovarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  2. Almashtirish omili. Xaridorlar narxi qimmat bo‘lgan tovarni, uning o‘rnini bosadigan boshqa arzon tovarga almashtirishadi. Masalan, yoz kunlarida olma narxining pasayishi bois isteʼmolchilar mevaga bo‘lgan ehtiyojlarini olma sotib olib isteʼmol qilish bilan qondirishadi. Chunki, bu davrga kelib olma narxi apelsin yoki banan narxiga nisbatan ancha arzon bo‘lib qoladi. Shuning uchun qimmat apelsin va banan o‘rnini olma egallaydi.

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling