Marketing fanining mazmuni va mohiyati


Taklif qonuni[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 27.55 Kb.
bet4/4
Sana21.02.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1217290
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing fanining mazmuni va mohiyati

Taklif qonuni[tahrir | manbasini tahrirlash]


Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi. Talab tushunchasi bilan tanishganimizdek, taklif miqdorining o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarning turli maʼlumotlardan xabardorliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
9. Marketing fani qanday fanlar bilan aloqador?
«Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar
10. Markitengda boshqarish deganda nimani tushunasiz?
Marketingni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to‘rtta komponentni o‘z ichiga oladi:

  • korxona bozor imkoniyatlarining tahlili;

  • maqsadli bozorlarni tanlash;

  • marketing kompleksini ishlab chiqish;

  • marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish.

11. Marketingni axborot bilan ta’minlash to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
Marketing axboroti tizimi – dolzarb, o’z vaqtida va aniq axborotlarni yig’ish, turkumlashtirish, tahlil etish, baholash va tarqatish uchun mo’ljallangan, insonlar, uskunalar va uslubiy yo’llar o’zaro aloqasining doimiy faoliyat yurituvchi tizimidir. Ushbu axborot, marketing sohasi boshqaruvi tomonidan, rejalashtirishni takomillashtirish, marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish va ulardan foydalanish ustidan nazorat o’rnatish maqsadida foydalaniladi.
Marketing tadqiqotlari - bozorda o’z tovarlarini yaxshiroq o’tkazish maqsadida tovar va xizmatlar bozori, talab va taklif, iste’molchilar xulqi, bozor kon’yunkturasi va narxlar dinamikasini o’rganishdir. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil, o’xshatishlar usuli va prognozlashdan foydalaniladi.
Marketing axborotlari kompaniyaga:
-moliyaviy tavakkalchilikni va firma obro’si uchun xavfni pasaytirish;
-raqobat ustunliklariga ega bo’lish;
-marketing muhitini kuzatish;
-strategiyani muvofiqlashtirish;
-faoliyat samaradorligini baholash;
-menejerlar sezgirligini oshirish imkonini beradi.
Marketing axboroti tizimining ahamiyatini alohida qayd etish maqsadida axborot ta’minotining kontseptsiyasini keltirish maqsadga muvofiq (3.4 - rasm).
Marketing tadqiqotlari – xalqaro faoliyat bilan shug’ullanuvchi firma oldida turgan marketing vaziyati munosabati bilan, lozim bo’lgan ma’lumotlar doirasini tizimli tarzda aniqlash, ularni yig’ish, tahlil etish va natijalari to’g’risida hisobot berishdir. Firma marketing tadqiqotlarini o’z kuchi (marketing bo’limi) yoki ixtisoslashgan milliy va xalqaro tashkilotlar yordami bilan amalga oshiradi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari quyidagilar:

-bozor tavsiflarini o’rganish;


-bozorning potenstial imkoniyatlarini hisoblash;

-firmalar o’rtasida bozor ulushlari taqsimotining tahlili;


-savdo tahlili;
-ishbilarmonlikning faollik tendentsiyalarini o’rganish;
-raqobatdoshlar tovarlarini o’rganish;
-qisqa muddatli prognozlash;
-yangi tovarga bo’lgan ta’sirni o’rganish va uning hajmini bilish;
-uzoq muddatli prognozlash;
-narxlar siyosatini o’rganish.
12. Talab va taklifni o’rganish qay tarzda amalga oshadi?
Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling