Marketing tadqiqotlarida so’roq uslubi ko’p jihatdan anketa (so’rov
varaqasi) vositasida ko’p tashkil etiladi. Anketa o’z ichiga tayinli tizimga solingan,
mantiqan bog’langan savollar ko’lamini olib, asosan ikki shaklda axborotlar
to’plashga xizmat qiladi. Birinchi shakl axborot olish davrida respondent
javoblarini maxsus mutaxassis og’zaki so’rab, belgilab, umumlashtirib borishga
asoslanadi. Ikkinchi yozma shaklida esa, taqdim etilgan anketa savollariga bevosita
respondentning o’zi, guruhlarga ajratilgan muqobil javoblami belgilaydi.
Ko’pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan
tashkilotlar anketa vositasida quyidagi yo’nalishdagi muammolar bo’yicha
tadqiqotlami tashkil etadilar:
-xaridorlaming yangi tovarlarga nisbatan munosabati, qanoatlanish darajasiga
oid izlanishlar;
-xaridorlaming muayyan tovar assortimenti turi bo’yicha ta’minlanishi,
ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo’naltirilgan izlanishlar;
-xaridorlami muayyan tovarlarga bo’lgan ishtiyoqi, iste’mol qilish xususiyati,
daromadlari va boshqa belgilaiga ko’ra segmentlarga ajratish bo’yicha izlanishlar;
-xaridorlaming shakllanayotgan talablarini o’rganish, tovarlar sifatini
yaxshilash, xizmat ko’rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar;
-tovarlami xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat
muammolarini hal etishga yo’naltirilgan izlanishlar va boshqalar.
Anketa vositasida o’tkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma mahsulotlarini
sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan ekspertlar, muayyan manzil
aholisi jalb qilinadi. Tadqiqotlar o’tkazilish davriga ko’ra, doimiy va doimiy
bo’lmagan turlarga bo’linadi. Bu xususiyat marketing izlanishi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |