Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Download 57.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1535188
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Тема №2 Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari

Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga 
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, 
ya'ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi 
marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. 
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu 
holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash 
zarurligini bildiradi, ya'ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. 
Talab o‘zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda Sinxromarketing 
turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan 
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab 
mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar 
taklifi talabga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi 
talab va taklif me'yorini tekislashdan iborat. 
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tyokisda 
bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda Qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan 
foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar 
assortimentini to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan 
talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. 
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu 
holatda Demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni 
ko‘tarish, servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga 
pasaytirishdan iborat.



2.1-rasm. Talab har xil holatlarda qo‘llaniladigan marketing turlari 
Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan paydo 
bo‘ladi. Bunda Qarama qarshi harakatlanuvchi marketing norasional 
ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki 
butunlay yo‘q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.
ko‘tarish, servisni qisqartirish yo‘li bilan 
talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga 
pasaytirishdan iborat.

Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling