Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
Marketingning asosiy vazifalari
Download 57.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Тема №2 Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning asosiy maqsadi Maqsadlar Ko‘rsatkichlar
2.3. Marketingning asosiy vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o'zgarishlarga tezda moslashish, iste'molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon'yunkturani o'rganish va bashorat qilish hamda ta'sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygandir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni o‘rganish; tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma'lumotlar olish; to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish; tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Korxonaning asosiy maqsadi Maqsadlar Ko‘rsatkichlar Bozorni egallash Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi bozorlarni qamrab olish Rentabellik Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs 5 kapitalini rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi Moliyaviy barqarorlik Kreditga layoqatligi, likvidligi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi Ijtimoiy maqsadlar Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy ximoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish Bozordagi pozisiya va prestij Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni tan olishi Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash. Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar. 2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi. 2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki talabga ta'sir ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta'sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni 6 hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish barajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz. Download 57.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling