Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Marketingning asosiy vazifalari


Download 57.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1535188
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Тема №2 Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari

2.3. Marketingning asosiy vazifalari 
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini 
yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o'zgarishlarga tezda 
moslashish, iste'molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni 
vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon'yunkturani o'rganish 
va bashorat qilish hamda ta'sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini 
o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygandir. 
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi 
lozim: 
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 
avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni 
o‘rganish; 
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma'lumotlar 
olish; 
to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot 
yig‘ish; 
tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir.
Marketingni 
bosh 
vazifasi 
korxonaning 
mavjud 
va 
potensial 
imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni 
muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Korxonaning asosiy maqsadi
Maqsadlar 
Ko‘rsatkichlar 
Bozorni egallash 
Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, 
yangi bozorlarni qamrab olish 
Rentabellik
Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs 



kapitalini rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi 
Moliyaviy barqarorlik 
Kreditga layoqatligi, likvidligi, o‘z-o‘zini 
moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi 
Ijtimoiy maqsadlar 
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy 
ximoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish 
Bozordagi pozisiya va 
prestij 
Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, 
jamiyatni tan olishi 
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida 
amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari 
bilan o‘zaro aloqadordir. 
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: 
bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash. 
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni 
shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni 
kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi 
vazifalar. 
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. 
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga 
mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi. 
2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari 
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki 
talabga ta'sir ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta'sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? 
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni 



hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish barajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va 
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, 
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini 
tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir 
qancha strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va 
unga mos keluchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz. 

Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling