PRni 3 ta katta guruhga boʻlish mumkin
Siyosiy PR birinchi navbatda maʼlum maqsadga erishishga qaratilgan axborotni boshqarish jarayonidir. Oʻzini eng yaxshi tomondan koʻrsatish nafaqat siyosatchilar, balki ishbilarmonlar uchun ham muhimdir. Siyosiy PRda asosiy vazifa saylovda maʼlum miqdordagi ovozlarni toʻplash va PR kampaniyasi imkon qadar tezroq amalga oshirish boʻladi.
Savdo sohasidagi PR korxona tomonidan ishlab chiqilgan har qanday mahsulotini, savdo tashkilotini yoki xizmat turini ijobiy imidjini yaratish va saqlash, savdo kompaniyalari va maxsulotlarning brendlari va logotiplarini shakillantirish, reklama kampaniyalarini tashkil etish, tovar va xizmatlarni ilgari surish vazifalarini bajaradi
Media sohasidagi PR ommaviy axborot vositalarida PR boʻlib, matbuotda materiallar yozish va chop etish, televideniyeda axborot tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish uchun tadbirlar tashkil etish, reklama, yangiliklarni „yaratish”, kompaniya yoki alohida shaxslarning ijobiy imidjini yaratish, ommaviy axborot vositalari yordamida jamiyatni ishontirish vazifalari bor.
Konfliktli. Uning zamirida qarshilik va kurash yotadi.
Ijtimoiy.Xayriya va aholining ayrim qatlamlarining hayot sifatini yaxshilash bilan bogʻliq.
Virusli.Unda foydalanuvchilar oʻzaro baham koʻradigan aksiyalar va flesh-moblardan foydalaniladi.
Amaldagi usullarga koʻra PR turlarini 3 ta katta guruhga boʻlish mumkin
E’tiboringgiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |