Madaniyat, sivilizasiya va qadriyat falsafasi
Download 78,91 Kb.
|
MADANIYAT, SIVILIZASIYA VA QADRIYAT FALSAFASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
MADANIYAT, SIVILIZASIYA VA QADRIYAT FALSAFASI Madaniyat: tushunchasi, shakllari, turlari va funktsiyalari. Madaniyat tushunchasi. «Madaniyat» - hozirgi falsafa va fanda eng keng tarqalgan tushunchalardan biri hisoblanadi.Shu bilan birga u nafaqat ilmiy leksikada, siyosatchilar, iqtisodchilar, harbiylar, muhandislar va boshqa mutaxassislarning so’zlarida ham uchraydi. Har kunlik turmushimizda biz ham bu tushunchaga ko’plab murojaat qilamiz. U nimani ifodalaydi? Bu savolga javob berish unchalik ham oson emas. Har xil sabablarga ko’ra ilmiy adabiyotlarda “madaniyat” tushunchasiga ikki yuzdan ortiq ta’riflar berilgan. Nimaga bunday ko’p,degan savol tug’iladi? Chunki, madaniyat –insoniyat borlig’ining eng murakkab va ko’p o’lchovli hodisalardan biridir. U ko’p tarmoqli strukturaga, ko’p funktsiyalarga, shakl va har xil turlarga ega. Har xil tarixiy bosqichlarda va har xil falsafiy mulohaza bildirgan olimlar va faylasuflar madaniyatni qanday tushunganligini qarab chiqamiz.
Shunday qilib, xulosa o’rnida madaniyatning tushuntirish va ta’rif berishda bir nechta asosiy yondashuv va g’oyalar qarab chiqamiz, Birinchidan, “Tabiat” (yovvoyi tabiat)ning “madaniyat” (insoniyat jamiyat yoki tabiatni yaxshilash) dan farqi to’g’risidagi g’oya. Bu yerda insoniyatning faol ijodiy asosi va uning yaratuvchanlik faoliyati ko’rsatiladi. Bunday yondashuvda “jamiyat” va “madaniyat” tushunchalari deyarli bir biriga qo’shilib ketadi. Ikkinchidan, madaniyat jamiyat tomonidan yaratilgan qadriyatlar yig’indisi to’g’risidagi g’oya. Bu yerda ijtimoiy hayotning qadriyatlar (aktsiologiya) jihatiga diqqat qaratiladi. Biroq, eng qamrovlisi uchinchi yondashuv bo’lib, unda madaniyat insoniyatning barcha eng yaxshi ijodiy yutuqlarining sintezi ( ijtimoiy jihat), shuningdek odamga insoniylik o’lchovi - uning aqllilik va jo’shqinligi o’lchovi (shaxsiy jihat) sifatida qabul qilinadi. Download 78,91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling